1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Download 244.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana18.06.2023
Hajmi244.58 Kb.
#1560846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

Yozuvlar 
Qo‘llanilgan davri 
Ahamiyati va 
kamchiliklari 
Qadimiy turkiy yozuv 
Arab 
Kirill 
Lotin 
3-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnni so‘zlab bering.
Til va nutq 
Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy tuyg`u bo‘lsa, bu millatning milliy 
o‘zligini anglash tuyg`usidir. Milliy o‘zlikni anglashning birinchi belgisi esa bu 
milliy tilni bilish demakdir. Til nafaqat aloqa vositasi, balki milliy madaniyatning 
ulkan yutug`i, xalq ma’naviy hayoti rivojining ko‘zgusi hamdir. Til shu til egasi 
bo‘lgan xalqqa kuch va qudrat, ruhiy barkamollik beradi, milliy faxr-iftixor 
tuyg`usini shakllantiradi. Shaxsning madaniy va ma’naviy saviyasi uning ona tilini 
mukammal bilishi bilan belgilanadi. O‘z ona tilisini bilmagan kishi boshqa 
xalqlarning tillarini bilgan taqdirda ham uning qadriga yeta olmaydi. 
Ta’lim sohasida ham davlat tilining mavqeini tiklashga yo‘naltirilgan sa’y-
harakatlar o‘z samarasini bermoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda 
“Ta’lim to‘g`risida”gi qonun oliy o‘quv yurtlari zimmasiga barcha fanlar qatori rus 
guruhlarida o‘zbek tili ta’limini yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi. 
Jumladan, bo‘lajak iqtisodchi-pedagoglarni, oliy o‘quv yurtining rus guruhlaridagi 
talabalarni iqtisodiyot materiallari asosida davlat tili – o‘zbek tilidan foydalanishga 
Aijtimoiy sohada hamda iqtisodiyot doirasida turli matnlar tuza olish va matnlarni 
isloh qilish malakalarini shakllantirish, muayyan nutqiy vaziyatlarda tilga xos 
grammatik bilimlarni berish dolzarb vazifalardan biridir. 
Til va nutq bir-biri bilan chambarchas bog`liq, ammo ayni paytda bir-biridan 
farqlanishi kerak bo‘lgan hodisalardir. Tilsiz nutqning, nutqsiz tilning mavjud 
bo‘lishi mumkin emas. O‘zbek adabiy tilining asoschisi ulug` Alisher Navoiy 
"Mahbub ul-qulub" asarida so‘zning sharafli sifatlari haqida so‘zlash asnosida til va 
nutq munosabati xususida quyidagi nazariy fikrni bayon qiladi: "Til muncha sharaf 
bila nutqning olami (quroli) dur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa, 
tilning ofatidur." Demakki, til nutq uchun qurol, bu quroldan foydalanib nutq 
tuziladi, nopisandlik, e’tiborsizlik qilinsa, nutq maqbul bo‘lmaydi va bu tilning ofati 
bo‘ladi. Til va nutq bir-biridan farq qiladigan, lekin o‘zaro aloqador ikki ijtimoiy, 
ruhiy-ma’naviy hodisadir. Ya’ni til aloqa quroli, fikr bayon qilish vositasi bo‘lsa, 



nutq so‘zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shunday jarayon 
natijasida yuzaga keladigan faoliyatdir. Bu ikki hodisani qiyoslaganda oradagi 
farqlar yanada oydinlashadi. Ya’ni, bir auditoriyada o‘tirgan talabalarning 
gaplashadigan tillari bir bo‘lsa-da, lekin nutqlari har xil bo‘lishi tabiiy. Birining 
nutqi salohiyatli bo‘lsa, ikkinchisiniki esa mutlaqo talab darajasida bo‘lmasligi 
mumkin. Til faqatgina aloqa vositasi bo‘lib qolmasdan, balki dunyoni ko‘rish, 
eshitish, bilish, idrok etish vositasi hamdir. Tilni xalq yaratadi, nutq esa shaxsiy 
boylik sanaladi. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, shaxsiy fikrlash layoqatiga 
qarab gap tuzadi va so‘zlaydi. Shuning uchun ham nutq oldiga nihoyatda ulug` bir 
talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Zero, nutq aqlning tarozisi, 
aqlning o‘lchovi. 
Darhaqiqat,
nutqimizning salohiyati til qoidalarini yaxshi va zarur 
darajada bilishimizga bog`liqdir. Bundan tashqari, tilning ruhiy va estetik hodisa 
ekanligini ham yoddan chiqarmasligimiz zarur. Til bamisoli - ummon. Unda barcha 
fikrlar uchun «libos»lar topiladi. Lekin tilning jozibasi, kamalak misol tovlanishi 
bevosita nutq orqali, nutq jarayonida yuz beradi. Ba’zan nutq jarayonida tilning 
jozibasi, jilolanishi, mo‘jizakorligi yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Shu bois nutq 
sohibi so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini to‘la anglashi, har bir so‘zning 
uslubiy mezonlarini, ma’no qirralarini ongli idrok etishi talab etiladi. 
Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to‘plash, saqlash, keyingi avlodlarga 
yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go‘zallik kategoriyalarini voqelantirish 
kabi qator vazifalarni bajarishiga qaramasdan, uning asosiy funktsiyasi kishilar 
o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir.Nutq til vositalari orqali so‘zlashish, muomala 
jarayonidir. So‘nggi yillarda nutq kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa 
qilishning usuli deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Til umumiylik, nutq esa 
xususiylik belgilari bilan farqlanadigan ijtimoiy hodisalar bo‘lib, ikkalasi ham 
jamiyatga xizmat qiladi. 
Har ikkala soha, ya’ni til va nutq, inson nutqi bilan aloqadadir. Ularning har 
ikkalasi ham kishilar nutqiy faoliyatining foydali, ta’sirchan, o‘tkir bo‘lishi uchun 
kurashadi. Insonning nutqiy madaniyati, uning nutqiy holatini o‘stirishga xizmat 
qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik ham nutqiy odam, nutqiy go‘zallik, nutqiy 
mantiq qonuniyatlaridan oziqlangan holda ish ko‘radi. Ammo, shunga qaramasdan 
bizning nazarimizda nutqiy san’at ma’nosidagi notiqlikni, ya’ni favqulodda nutqiy 
mahorat va qobiliyat bo‘lgan notiqlikni ommaviy nutqdan farqlash lozim. Ba’zi 
shaxslarda uchraydigan notiqlik san’ati og`zaki nutq sohasida shaxsiy qobiliyat va 
faoliyat tufayli erishiluvchi alohida san’atdir. Notiqlikda qobiliyat va mahoratning 
mehnat bilan qo‘shilib ketaganini ko‘rish mumkin. Har bir xalqning o‘tmish 
madaniy hayotida u xalqdan yetishib chiqqan va chin ma’noda notiq degan nomga 
sazovor bo‘lgan mo‘tabar shaxslarning unchalik ko‘p emasligi ham aslida ana 
shunday omil tufaylidir. 
4-topshiriq.Til va yozuv haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib, ularni Venn 
diagrammasi asosida solishtiring. 
VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini 
solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. 



Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini 
rivojlantiradi. 
5-topshiriq. O‘qing. Quyidagi hikmatli ibora va fikrlarning ma’nosini 
izohlang. 
So‘zlaringda bo‘lsin bo‘sin fikru o‘y yoniq, 
Bo‘lsin har so‘zingda bir nuqta aniq (Xisrav Dehlaviy). 
“O‘ylamasdan so‘zlama, har bir so‘zni oʻylab gapir, to aytgan so‘zingdan 
pushaymon boʻlmagaysan” (Kaykovus). 
“Ey farzand, so‘zning yo‘z va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, 
so‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir”( Kaykovus). 
“Shunday so‘zlagilki, bu so‘z bekor va zoye ketmasin”( Kaykovus). 
“So‘z eshitishdan qochma, kishi so‘zni eshitish bilan notiq bo‘ladi”(Kaykovus). 
“Agar, nutq noaniq bo‘lsa, u maqsadga erishmaydi” (Aristotel). 
"So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin, 
Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin."(Yusuf Xos Hojib). 
"Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi, 
Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi" (Yusuf Xos Hojib). 
"Aql ko‘rki so‘zdir va til ko‘rki so‘z, 
Kishi ko‘rki yo‘zdir, bu yo‘z ko‘rki koʻz" (Yusuf Xos Hojib). 
"Tug`ilgan o‘ladi, ko‘r, nom-nishonsiz qoladi, 
So‘zingni ezgu so‘zla, oʻzing abad o‘lmaysan." (Yusuf Xos Hojib). 




Download 244.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling