1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


-mavzu: Ozbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi


Download 244.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana18.06.2023
Hajmi244.58 Kb.
#1560846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

2-mavzu: Ozbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi. 
Fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohalariga xos leksik 
birlik va so‘z birikmaci atama (termin) deyiladi. Maxsus leksika deganda ma’lum 
bir sohaga tegishli lug‘aviy birlik va ularga tenglashgan birikma tushuniladi. 
Bunday maxsus leksika terminologiya ham deb yuritiladi: lingvistik terminologiya
fizik terminologiya. 
Atamalarning chegaralangan qo‘llanishga egaligi ularning boshqa soha 
vakillari uchun tushunarsiz bo‘lishi degani emas. Masalan, [to‘g‘ri chiziq], [gap], 
[so‘z turkumi], [tezlik] atamalari ko‘pchilik uchun tushunarli, soha kishilaridan 
boshqalar nutqida kam iste’molli. 
Atamalar, ko‘pincha, umumiste’mol leksikadan ma’lum bir ma’nolarining 
maxsuslashuvi asosida hosil bo‘ladi. Masalan, [fojia], [ega], [ot], [qo‘shish], 
[ayirish] leksemalari umumiste’mol birlik. Ammo ilmiy terminologiyada ham 
shunday leksema mavjud. Xo‘sh, ularni ko‘p sememali leksemaning ma’lum bir 
ma’nosida qo‘llanishi deyish kerakmi yoki alohidami? Agar atamalar alohida 
leksema deb qaraladigan bo‘lsa, ular umumiste’moldagi leksema bilan omonimik 
munosabatdami? 
Kasb -hunar atamalari turli kasb-hunar egalari nutqida qo‘llanuvchi 
leksemalar. Kasb-hunar atamalari shu hunar egasi qaysi sheva vakili bo‘lsa, shu 
sheva leksikasi tarkibiga kiradi. Masalan, Shahrisabz shevasiga mansub 
hunarmand ishlatadigan atama Buxoro shevasida bo‘lmasligi mumkin. Shuning 
uchun kasb-hunar leksemasi ikki hissa chegaralangan leksikani tashkil etadi. Bu 
leksika, birinchidan, ma’lum bir sheva doirasida bo‘lsa, ikkinchidan, shu shevada 
so‘zlashuvchi ayrim kishilar nutqiga xos. 
Ilmiy atamalar ko‘p holda tarjimasiz bo‘lganligi tufayli dunyo fanini bir 
butunlik sifatida ushlab turadi. Masalan, [fonetika], [morfologiya], [sintaksis],
[molekula], [yadro], [ekologiya], kabi termin dunyo tilshunosligi uchun umumiy.  
Turli soha termini o‘xshash bo‘lishi mumkin. Masalan, [morfologiya
atamasi tilshunoslikda ham, zoologiyada ham ishlatiladi. Ularni omonim 
leksemalar sifatida qarash maqsadga muvofiq.  
Termin (atama) ma’lum bir tilga xos yoki baynalmilal bo‘lishi mumkin. 
Masalan, tilshunosligimizdagi [gap kengaytiruvchisi][gap markazi] atamalari 
faqat o‘zbek tiliga xos, [atom][vodorod][natriy][leksema][semema] atamalari 
baynalmilal. Baynalmilal atamani tarjima qilishga, ularga muqobil variant 
qidirishga urinish ma’qul emas. 

Download 244.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling