1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘zi ag‘dargich avtomobillar tuzilishi Ishdan maqsad
Download 387.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ishning mazmuni
- 3. Adabiyotlar.
- Qurilish o‘zi ag‘daruvchilaridan
1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘zi ag‘dargich avtomobillar tuzilishi 1. Ishdan maqsad: O‘zi ag‘dargich (samosval) avtomobillar tuzilishi va asosiy texnikaviy xarakteristikalarini o‘rganish 2. Ishning mazmuni 2.1. O‘zi tushiruvchi avtomobillar ta`rifi, tasnifi va turlari bilan tanishish. 2.2. Ko‘tarish mexanizmi qurilmalari vazifasi, tuzilishi va ishlashi bilan quyidagi tartibda tanishish: - quvvat tashlash qutisini o‘rganish; - moy nasosi konstruksiyasini ko‘rib chiqish; - boshqarish tizimi elementlari konstruksiyasini o‘rganish (pnevmotaqsimlagich krani, boshqarish klapani, bortni berkitish, pnevmosilindri, elektropnevmo klapan, boshqarish krani, platformani ko‘tarilishini cheklovchi klapan, taqsimlagich kran, nasoslarni qo‘shish avtomati); - gidrosilindrlar konstruksiyasini o‘rganish; - qo‘shimcha jihozlarni avtomobilda joylashuvi va mahkamlanishi (naychalar, filtr, moy baki) bilan tanishish 2.3. o‘zi tushiruvchi avtomobillar platformalari konstruksiyasini o‘rganish. 3. Adabiyotlar. [3], 103-132 b.; [4], 282-305 b.; [7]; [9], 8-10 b. 4. Umumiy ma’lumotlar: O‘zi tushiruvchi platforma (kuzov) bilan jihozlangan IHT o‘zi ag‘daruvchi avtomobil (samosval) deyiladi. Vazifasiga ko‘ra o‘zi ag‘daruvchilar qurilish, qishloq xo‘jalik va karyerlarda foydalanilgan shassi turiga ko‘ra avtomobil, tirkama va yarim tirkama; ag‘darish yo‘nalishiga ko‘ra ikki yonboshga, uch tomonga, orqaga va avval yuk ko‘taruvchi turlarga bo‘linadi. Qurilish o‘zi ag‘daruvchilaridan sanoat obyektlari, turar joylar, avtomobil yo‘llari va h.k. qurilishlarida sochiluvchan (qum, shag‘al, tuproq....) va suyuq qorishmalar (beton, ohak...) ni tashishda keng foydalaniladi. Bu o‘zi ag‘daruvchilar 6x4, 4x2 g‘ildirak formulali bo‘lib 1,6 dan 10 km gacha masofada shahar va magistral yo‘llarning hamma kategoriyalarida karyer yoki qurilish maydonlariga kirish bilan ishlaydi. Bunker yoki ekskavator yordamida yuklanadi. Hamma o‘zi ag‘daruvchilar oddiy utag‘on avtomobillar bazasida yaratilgan bo‘lib, SAZ-3504, ZIL-MMZ-555, KamAZ-5511, MAZ-5549 va KrAZ-256B1 keltirish mumkin. Download 387.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling