1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘zi ag‘dargich avtomobillar tuzilishi Ishdan maqsad
Qishloq xo‘jalik o‘zi ag‘daruvchilari
Download 387.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karyer o‘zi ag‘daruvchilari
Qishloq xo‘jalik o‘zi ag‘daruvchilari mineral va mahalliy o‘g‘itlar, yem,
g‘alla va h.k. yuklarni og‘ir yo‘l sharoitlarida tashish uchun mo‘ljallangan. Qurilish samosvallaridan kuzovini hajmini kattaligi hamda ikki va uch tomonga yukni ag‘darishligi bilan farq qiladi. Bu o‘zi ag‘daruvchilar manevrchanligi, o‘tag‘onligi va minimal tezligini pastligi bilan ajralib turadi. Misol tariqasida SAZ- 3503, ZIL-MMZ-554M, KAZ-4540, KamAZ-55102 va Ural-5557 rusumlarni keltirish mumkin. Karyer o‘zi ag‘daruvchilari tog‘ jinslari va qattiq foydali qazilmalarni hamda ochiq turdagi tog‘ ishlarida tuproq tashish uchun mo‘ljallangan. Odatda bunday avtomobillarni yo‘ldan tashqari avtomobillar deyiladi, chunki o‘qlarga to‘g‘ri keluvchi yuklanmalarni kattaligi tufayli bularni odatdagi yo‘llarda harakatlanishi mumkin emas. Bu turdagi o‘zi ag‘daruvchilarga BelAZ, YuKLID, KOMASU va KATAPILLER oilasidagi avtomobillar misol bo‘ladi. Bazasini qisqaligi, gidromexanik, eletromexanik transmissiya, gidropnevmatik osma, yuqori quvvatga ega bo‘lgan dizel (300...2000 kvt) va haydovchi uchun barcha sharoitlar yaratilgan kabina bilan jihozlanganligi bilan farq qiladi. Ommaviy ravishda ishlab chiqarilayotgan yuk avtomobillar shassisiga o‘zi ag‘daruvchi qurilma o‘rnatilishi natijasida o‘zi ag‘dargich avtomobillar yaratiladi. O‘zi ag‘daruvchi avtomobillar ramasini mustahkamligini va manevrchanligini oshirish maqsadida rama va avtomobil bazasini uzunligi, aksariyat qisqartiriladi. Ko‘pchilik hollarda o‘zi ag‘dargich avtomobilini tortish xususiyatini yaxshilash uchun asosiy uzatmasining uzatish soni oshiriladi. O‘zi ag‘daruvchi qurilma platforma va ko‘tarish mexanizmidan iborat. O‘zi ag‘daruvchilarni ekspluatatsion sharoitga moslashtirish, tanlash ko‘p jihatdan ularni komponovkasiga bog‘liqdir. 11.2 rasmda gidravlik ko‘tarish mexanizmli o‘zi ag‘daruvchilarni keng tarqalgan prinsipial sxemalari keltirilgan. Sxemalarni bir-biridan farqi platformani ag‘darilish yo‘nalishi, asosiy ijrochi organ-gidrosilindrni joylashuvi va ko‘trish mexanizmining tuzilishidadir. Download 387.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling