1-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Pedagogik texnologiyalarning turlari, qo’llanish darajalarini aniqlash. Darsning maqsadi
Download 20.28 Kb.
|
1-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga
1-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Pedagogik texnologiyalarning turlari, qo’llanish darajalarini aniqlash. Darsning maqsadi: Pedagogik texnologiyalarning turlari, qo’llanish darajalarini aniqlash. Kerakli jihozlar: Pedagogik texnologiyalar turlari jadvali, dars ishlanmalari tasvirlangan slaydlar, plakatlar. Asosiy ma’lumotlar: Pedagogik texnologiya – o`qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni qo`llash, ularning o`zaro ta`sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Bu yerda inson salohiyati deyilganda o`qituvchining pedagogik va o`quvchilarning bilish faoliyati, texnik resurslar deganda o`qitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda. Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya – ta`lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonida o`qituvchining pedagogik va o`quvchining o`quv-bilish faoliyatini uyg`un ravishda tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali o`qitish metodlari, vositalari va shakllarini qo`llash, ularning o`zaro ta`sirini aniqlashga imkon beradigan tizimlar majmuasidir. Biologiya darslarida foydalaniladigan texnologiyalar guruhiga: Didaktik o`yin texnologiyalari; Muammoli ta`lim texnologiyalari; Modulli ta`lim texnologiyalari; Hamkorlikda o`qitish texnologiyalari; Loyihalash texnologiyasi; An`anaviy ta`lim texnologiyalari kiradi. Ta`lim jarayonida didaktik o`yinli texnologiyalar didaktik o`yinli dars shaklida qo`llaniladi. Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayonini o`yin faoliyati bilan uyg`unlashtiriladi. Shu sababli, o`quvchilarning bilim olish faoliyati, o`yin faoliyati bilan uyg`unlashgan darslar didaktik o`yinli darslar deb ataladi. - Didaktik o`yinli darslarni o`quvchilarning bilim olish va o`yin faoliyatining uyg`unligiga ko`ra syujetli-rolli o`yinlar, ijodiy o`yinlar, ishbilarmonlar o`yini, konferensiyalar, o`yin-mashqlarga ajratish mumkin. DMM - Didaktik maqsadlar majmuasi biologiya o`quv fani yoki bobni o`rganishda ko`zda tutilgan maqsad bo`lsa, Download 20.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling