1-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Pedagogik texnologiyalarning turlari, qo’llanish darajalarini aniqlash. Darsning maqsadi


Download 20.28 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi20.28 Kb.
#1559120
1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot

Loyihalash texnologiyasining asosiy g`oyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik bo`lgan muammoni hal etish jarayonida ko`zlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy muammoni loyihalash lozim bo`lsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo bo`lsa, amaliyotga qo`llash masalasi bo`yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. O`quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarini egallagan bo`lishlari, muammoni anglash va uni hal etish yo`llarini izlashlar,i bu borada avval o`zlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bog`lanishlarini tasavvur qilishlari zarur.
Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati ma`lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali o`quvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli bilimlarni egallashlari, fanlararo bog`lanishlarni amalga oshirish sanaladi.
Loyihalash texnologiyasining asosiy tezisi: “O`rganilayotgan bilim, ko`nikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda va qay tarzda foydalanishni bilaman” sanaladi. Bu tezis o`quvchilarning fan asoslarini ongli o`zlashtirishlari, hayotga moslashishlari va mo`ljalni to`g`ri olishla­ri­ga yordam beradi.
An`anaviy ta`lim texnologiyalari asosida olib boriladigan ma`ruza, seminar, an`anaviy dars va sinov darslarining ta`lim jarayonida tutgan o`rni va qimmatini kamaytirmagan holda, hozirgi zamon talablari asosida ularni takomillashtirishga asoslanadi. Mazkur darslarni takomillashtirishda quyidagilarga e`tibor qaratildi:

  1. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish. Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish. Bunda pedagogik munosabatlarda hukmronlik qilayotgan avtoritar yondoshuvga barham berish. Sub`ekt - sub`ekt munosabatlarni vujudga keltirish. Ta`lim-tarbiya jarayonini o`quvchilar bilan hamkorlikda tashkil etish.

  2. Ta`lim jarayonini demokratizasiyalash. O`quvchilarga o`z fikri va nuqtai nazarini erkin bayon etish, o`quv topshiriqlarini xilma-xillashtirish orqali ularga tanlash huquqini berish. O`quvchi shaxsini hurmat qilish, ularni kamsitish va o`rinsiz tanbehga barham berish.

  3. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, o`zaro hamjixatlikka asoslangan qulay ijtimoiy-psixologik muhit yaratish.

  4. Talabalarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish.

  5. Ma`ruza, seminar, an`anaviy va sinov darslarida ta`lim texnologiyalari elementlari va metodlaridan foydalanish;


Download 20.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling