1-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Pedagogik texnologiyalarning turlari, qo’llanish darajalarini aniqlash. Darsning maqsadi
Download 20.28 Kb.
|
1-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modulli ta`lim texnologiyasi
Muammoli ta`lim deb, o`qituvchi tomonidan pedagogik ta`sir ko`rsatishning eng muqobil varianti yordamida, fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda, o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilish ehtiyojini qondirish maqsadiga yo`naltirilgan, shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi.
Muammoli darslarni keyingi yillarda yangi nom bilan (“Tafakkur bo`roni” B.R.Qodirov), (“Miyaga hujum”, “Fikrlar to`qnashuvi”, “Fikrlar jangi” V.M.Karimova, F.A.Akramova), (“Aqliy hujum” J.G.Yuldoshev) nomlash rasm bo`ldi. Muammmoli dars (“Aqliy hujum”) quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi: I – bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan o`quvchilardan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish. II – bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo`lgan o`quv tоpshiriqlаrini tаrqаtish vа ulаrni tоpshiriqning didаktik mаqsаdi bilаn tаnishtirish. III – bosqich. O`quvchilarning bilish faoliyatini o`quv muammolarini hal etishga yo`naltirish. IV – bosqich. O`quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo`yicha axborotlarini tinglash. V – bosqich. Kichik guruhlar o`rtasida o`quv bahsi va munozara o`tkazish VI – bosqich. Umumiy xulosa yasash. Modulli ta`lim texnologiyasi modullarga asoslanadi. Modul lotincha so`zdan olingan bo`lib, qism (blok) degan ma`noni bildiradi. Biologiyani o`qitishda modulli ta`lim texnologiyalaridan foydalanishda darsda foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya`ni modullarga ajratiladi va har bir qismni o`quvchilar mustaqil o`zlashtirishlari uchun o`quv topshiriqlari tuziladi. Shu o`quv topshiriqlari asosida, har bir modul yakunida savol-javob o`tkaziladi va xulosa chiqariladi. Modul dasturining didaktik maqsadini aniqlashda o`qituvchi biologiyani o`qitishning didaktik maqsadlar majmuasi (DMM), ya`ni biologiyani o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsadni, mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari asosida, darsda foydalaniladigan modul dasturining didaktik maqsadi (MDM)ni, mavzu ajratilgan modullardan kelib chiqadigan xususiy didaktik maqsadni (XDM)ni aniq tasavvur qilishi zarur. Hamkorlikda o`qitishning asosiy g`oyasi o`quv topshiriqlarni nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o`qishni o`rganishdir. MDM – modul dasturining didaktik maqsadi - bu bir dars davomida erishilishi lozim bo`lgan maqsad, XDM - xususiy didaktik maqsad bu - modul dasturidan o`rin olgan modullarni o`rganishdan ko`zlangan maqsadlar deb tushunmoq kerak. -Hamkorlikda o`qitish har bir o`quvchini kundalik qizg`in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o`rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni tarbiyalash, har bir o`quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg`usini vujudga keltirish, o`z kuchi va qobiliyatiga bo`lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda ma`suliyat hissini shakllantirishni ko`zda tutadi. Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi har bir o`quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o`quv topshiriqlarini sifatli bajarishga, o`quv materialini puxta o`zlashtirishiga, o`rtoqlariga hamkor bo`lib, o`zaro yordam uyushtirilishiga zamin tayyorlaydi. Download 20.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling