1-amaliy mashg’ulot mavzu: Qurilish qorishmalarini rivojlanish bosqichlari. Qurilish qorishmalarni klassifikatsiyasi. Qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun
Download 205.44 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Amaliy mashg\'ulot
3. Quruq qurilish qorishmalari Quruq qurilish qorishmalari – bu kо‘p komponentlardan tashkil topgan bо‘lib, ularning tarkiblarida mineral bog‘lovchi va tо‘ldirgichdan tashqari, mineral bog‘lovchining qotishi va mustahkamligini boshqarish va qorishma qotgandan keyingi zarur fizik-mexanik xossalarga erishishini ta’minlash maqsadida kimyoviy qо‘shimchalar kompleksi mavjuddir. Hozirgi vaqtda qurilish ishlarini quruq qurilish qorishmalarisiz tasavvur etib bо‘lmaydi, chunki ular zavod sharoitida qorishmaning turi va foydalaniladigan joyiga qarab, barcha komponentlarning nisbati aniq о‘lchab tayyorlanadi. Quruq qurilish qorishmalarining asosi sifatida ohak, yoki gips, yoki sementdan foydalaniladi. Qurilish qorishmalariga zarur xossalarni berish uchun qо‘shimchalardan foydalaniladi. Polimer qо‘shimchalar yopishish qobiliyatini oshiradi. Quruq qurilish qorishmalari yordamida yuqori ishlov berish mumkinligini ta’kidlash zarur. Bundan tashqari ular quyidagilarni imkonini beradi: - vaqt va joyni iqtisod etish, ya’ni hamma komponentlarni xarid qilish, saqlash va murakkab bо‘lgan tarkiblarni aralashtirib tayyorlashdan voz kechiladi; - har qanday murakkablikdagi tarkiblarga buyurtma berish imkonining mavjudligi, chunki quruq qurilish qorishmalari zamonaviy uskunalar yordamida tayyorlanadi; - nobudgarchilikning yо‘qligi, ya’ni hoxlagan vaqtda zarur miqdordagi qorishmani tayyorlash mumkin; - transport xarajatlarining iqtisodi, ya’ni quruq qurilish qorishmalaridan foydalanish qurilish maydoniga doim tayyor qorishmani tashib keltirishdan voz kechish imkonini beradi; - yuqori sifat kafolatining mavjudligi, ya’ni tarkib komponentlarini aniq о‘lchash hisobiga qorishma retseptining aniqligi (quruq qurilish qorishmalarining sifatini qurulish maydonida komponentlarni о‘lchab tayyorlangan qorishmalarning sifati bilan solishtirib bо‘lmaydi). Zamonaviy quruq qurilish qorishmalarining nomenklaturasi juda kengdir. Qurilish materiallari bozori hozirgi vaqtda suvoq, shpaklyovka, zatirka, yelim, gruntovka va boshqalarning xilma-xil turlarini taklif etmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda 40 yaqin kichik va о‘rta biznes tadbirkorlari tomonidan quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarilmoqda. О‘zbekiston quruq qurilish qorishmalari bozorida о‘zimizning mahalliy quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqaruvchilarimizdan KNAUF, «Alimix Prodution», OOO "REAL BUILDING MATERIALS" (Qorasaroy qurilish materiallari) kompaniyalari, OOO Eleron Elit Servis, SP BAUPLAST, «Rademus-servis» xususiy kompaniyasi, VENTUM, OOO "New Live Buildis", «RAHNAMO» kompaniyasi, MEGAMIX kompaniyasi, OOO «ZEIGER IMPEX», OOO "RAZATA", OOO "BI Vermiulit Group" va boshqalar yetakchilik qilmoqda (1-rasm). Eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan zavod-avtomatlarda yuqori sifatli, dunyo standartlari talablariga javob bEyeradigan suvoq qorishmalari, shpaklEyevkalar, gruntovkalar, quyma pollar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. Download 205.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling