5-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu : Leksik omonimiya, antonimiya, paronimiya yuzasidan tahlil.
Reja:
1. Leksik omonimiya va antonimiya yuzasidan tahlil.
2. Leksik paronimiya.
1- topshiriq.
1.O‘zbek tili omonimlari lug‘atidan 3 so‘z turkumi doirasida omonimlik hosil qiladigan so‘zlardan kamida 10ta misol toping va ularni qaysi jihatiga ko‘ra omonimlik hosil qilganiga izoh bering.
2.Quyidagi matnda ishtirok etgan so‘zlar orasidan sinonimi mavjud so‘zlarni aniqlang va sinonimik qatorini hosil qiling:
Kuy janub shabadasi,iliq tun yulduzlar ostida suzib ketayotgan yelkanni eslatardi, hayotga butkul o‘xshamasdi.Bepoyon, jozibador, yop-yorug‘ kengliklar o‘ziga chorlardi.Go‘yo boshqa olamga xos qudratli to‘lqin guvullar,g‘am-anduh chekingan, chegaralr g‘oyib bo‘lgandi.Bu yerda faqat nafosat,ohang va muhabbat hukmron edi.(Erix Mariya Remark “Uch og‘ayni” b-197)
Quyidagi savollarga javob bering
1.Omonimlarning qanday turlari mavjud?
2.O‘zbek tilida frazeologik omonim ko‘rinishlariga misol keltiring.
3.Derivatsion omonimiya nima va misol keltiring.
4.Oksimoron hodisasi nima va uni izohlang
5.Qaysi so‘z turkumiga oid so‘zlar doirasida antonimlar vujudga keladi?
6.quyidagi so‘zlarning bparonimlarini aniqlang: asl, qisim,shox,adl,adib
7. asl, qisim,shox,adl,adib ushbu so‘zlarning paronimlari ma’nosi va turkumi bo‘yicha izohlang.
8.Dominant so‘zga izoh bering
9.Qo‘shimcha qo‘shilganda ham omonimlikning saqlanishi qanday holatlarda yuz beradi?
10.derivatsion-grammatik omonimiya nima?
6-amaliy mashg‘ulot.
Mavzu : O‘z va o‘zlashgan qatlamga oid so‘zlar, so‘z o‘zlashtirish yo‘llari; Emotsional-ekpressiv bo‘yoqdor,bo‘yoqsiz, nutqiy-uslubiy xoslangan va xoslanmagan so‘zlar.
Reja:
1. O‘z va o‘zlashgan qatlamga oid so‘zlar, so‘z o‘zlashtirish yo‘llari;
2. Emotsional-ekpressiv bo‘yoqdor,bo‘yoqsiz, nutqiy-uslubiy xoslangan va xoslanmagan so‘zlar.
1- topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |