1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari 1-amaliy ish. “Tushunchalar tahlili”


Download 71.33 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi71.33 Kb.
#1205123
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


1-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari
1-amaliy ish. “Tushunchalar tahlili” metodi orqali mavzuga oid tayanch tushunchalarga izoh bering. Oʻqituvchi tomonidan berilgan qoʻshimcha ma’lumotlarni 3-ustunga yozib chiqing.



1

2

3

Tushunchalar

Tushunchalar izohi

Qoʻshimcha ma’lumotlar

Fonetika







Turkiy tillarda unlilar







Undosh tovushlar







Singormanizm






Talabalar 2 ta kichik guruhlarga bo‘linadi va har bir guruhga quyidagi tarqatma material tarqatiladi.


Turkiy tillarga xos xususiyatlar


II bosqich. Kichik guruhlarda quyidagi jadval to‘ldiriladi va muhokama qilinadi.
Turkiy tillar bo’yicha kimlar tadqiqot olib borgan?



Kim?

Asar nomi

Qachon?

Qanday masala ko’tarilgan?

1

Shoira Usmonova

Oltov tillarida mushtakar maishiy leksika

2016

Maishiy leksika

















































Singarmonizm

Labial

Polatal























































Turkiy tillarda dastlabki bo‘g‘indagi unlilarning lablanishi natijasida keyingi bo‘g‘indagi unlilar ham lablanadi: qirg‘. köllärdä, alt. kalda, yoq. qorobun “ko‘ryapman”; turuoxput “turamiz”, oğolar “bolalar”, qirg‘. quldor “qo‘llar”, turk. kolu “qo‘li” .Turkiy tillardagi labial singarmonizm unli hosil bo‘lishida labning ishtirokiga asoslanadi: o, ö, u, ü unlilari lablangan, a, a, ı, i, unlilari lablanmagan unlilardir. Labial singarmonizm, ayniqsa, qirg‘iz tilida yaqqol ifodalanadi: duioloro “tuyalarga”, oglonloro “o‘g‘illarga”, qopoloq “kapalak”, tundo “tunda”, koldorunuzdun “qo‘llaringizdan”. Singarmonizmning bu turi o‘g‘uz va qipchoq guruhiga mansub tillarda keng tarqalgan bo‘lib, o‘zbek va xakas tillarida kam kuzatiladi.


Turkiy tillardagi singarmonizm hodisasi oldingi bo‘g‘in (yoki o‘zak)dagi unliga keyingi bo‘g‘in (yoki bo‘g‘inlar)dagi unlilar, ba’zan undoshlarning artikulyatsiya o‘rni va usuliga ko‘ra moslashuvidir. A.M. Sherbak ta’kidlaganidek, bir bo‘g‘inli so‘zlardagi unli sifat jihatidan doimiy va mustaqil bo‘lib, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlardagi keyingi unlilar esa birinchi bo‘g‘inga muvofiqlashadi. Masalan, -ga (o‘zbek tili qipchoq shevalari), yüksältmäk (ozarbayjon tili). Singarmonizmning bu ko‘rinishi palatal yoki tanglay singarmonizmida birinchi bo‘g‘in unlisi mustaqil bo‘lib, keyingi bo‘g‘indagi unlilar unga tobe bo‘ladi, ya’ni birinchisiga moslashadi. Palatal yoki tanglay singarmonizmi qadimiy bo‘lib, turkiy bobo til davriga oiddir.


Turkiy tillarda undoshlar tizimidagi umumiy jihatlar quyidagicha:
- sof turkiy so'zlar sonor tovush bilan boshlanmaydi (bunday so'zlar
uchrasa, ular boshqa tildan o'zlashgan yoki keyingi fonetik taraqqiyot
natijasida yuzaga kelgan bo'ladi);
- sonorlar ko'proq so'zning oxirgi qismida uchraydi. Sonor bo'lmagan undoshlar esa so'zning boshida ham, oxirida ham keladi. Bu hodisa turkiy
tillar tarixining eng qadimgi davrlarida kuchli bo'lgan;
- turkiy bobo til va undan keyingi davrlarda jarangli undoshlar so'z boshida juda kam qo'llangan. Umuman, turkiy tillar taraqqiyotida so'z boshida jarangli undoshlarning kelishi kam kuzatiladi;
-turkiy bobo til davrida r, 1, m, n, b, d, с kabi undoshlar so'z boshida kelmagan. A.Sherbak tiklagan bir bo'g'inli turkiy bobo til o'zaklari ichida na (nima) o'zagidan boshqa sonor yoki jarangli undosh bilan boshlangan o'zak uchramaydi (y bilan boshlangan o'zaklar bundan mustasno).
Hozirgi turkiy tillarda jarangli undoshlar bilan boshlanadigan o'zaklar fonetik o'zgarishlar orqali hosil bo'lgan ikkilamchi hodisadir.
Turkiy tillarning o 'g 'u z guruhi (turkman, turk, ozarbayjon tillari)da so'z boshida undoshlarning jaranglilashuvi keng tarqalgan: boshqa turkiy tillarda so'z boshida keladigan k, p, t kabi jarangsiz undoshlar o'rnida bu tillarda g, b, m, d jarangli undoshlari keladi. Masalan, o'zbek tilidagi kel, ko'r, tog', tosh35 so'zlari ozarbayjon tilida gal, gur, dag, das ko'rinishiga ega.

Adabiyotlar
1. Абдурасулов Ё. Туркий тилларнинг қиёсий-тарихий грамматикаси.
-Тошкент, 2009.
2. Рафиев А. Туркий тилларнинг қиёсий-тарихий грамматикаси. -Тошкент, 2004.
3. Dadaboyev H., Xolmanova Z. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi.-T., 2015.
4. Исследование по лексике и грамматике тюркских языков. –Т.: Фан, 1980. -148 с.


Bar – bor, baar bag’ir. Sook – sovuq
Download 71.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling