1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Topshiriq - Talabalarga minerallarning solishtirma og‘irligi, radioaktivligi va magnitlik xususiyatlarini ta'riflab berish. Buning uchun


Download 162.92 Kb.
bet14/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Topshiriq - Talabalarga minerallarning solishtirma og‘irligi, radioaktivligi va magnitlik xususiyatlarini ta'riflab berish.
Buning uchun:
l.Ish daftari;
2.Qalam, ruchka, chjizg'ich;
3.Minerallar ro'yhat jadvali zarur bo'ladi.
Minerallarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish lozim.
Topshiriq vazifasini bajarish tartibi:
1. Minerallarning solishtirma og‘irligi, radioaktivligi va magnitlik xususiyatlari bilan tanishish va ta'riflash.
Hisobot turi: Mashg'ulot yakunida talabalar yozma hisobot yozib, og'izaki topshiradilar.


7-amaliy mashg‘ulot.
Minerallar jadvalini tuzishni o‘rganish. Sof tug‘ma elementlar. Sulfidlar.


Ishning maqsadi: Amaliy mashg‘ulot ishimizdan maqsad minerallarning muhim diagnostik xususiyatlarini aniqlash, ularning hosil bo‘lishini va sanoatdagi amaliy ahamiyatini o‘rganish.
Nazariy asoslari: sof tug‘ma holda uchraydigan elementlarning soni 80ga yaqin. Sof tug‘ma metallarga: oltin, kumush, mis, temir, platina, vismut, surma, margimush va boshqalar kiradi.
Minerallarni ta’riflash jadvali quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

    1. Mineralning nomi.

    2. Mineralning kimyoviy formulasi.

    3. Mineralning singoniyasi.

    4. Mineralning rangi.

    5. Mineralning yaltirashi.

    6. Mineralning ulanish tekisligi.

    7. Mineralning qattiqligi.

    8. Mineralning solishtirma og‘irligi.

    9. Mineralning hosil bo‘lishi.

    10. Mineralning amaliy ahamiyati yoki ishlatilishi.

Sof tug‘ma elementlardan oltin, olmos, oltingugurt, grafit minerallarning ta’rifini byeramiz oltin - Au, olmos - C, oltingugurt — S
Oltin - Au
Oltin insonga qadimgi zamonlarda ma’lum bo‘lgan metallarning biridir. Singoniyasi kub;
Oltin kristallari kam topiladi, topilganlari ham doimo oktaedr, kamroq rombododekaedr va kamdan-kam kub shaklida bo‘ladi. Odatda kvars yoki ma’dani massasi orasida joylashgan noto‘g‘ri shaklli donador ko‘rinishda bo‘ladi. Tub kon ma’danlari orasidagi bo‘shliqlarda sof tug‘ma oltinning kristallari bilan bir qatorda dendritsimon kristalli ham uchraydi.
Rangi - tilla sariq (kumushga boy xillari och sariq) bo‘ladi. Chizig‘i metallga o‘xshash, sariqdir.
Yaltirashi. tipik yaltiroq metalldir. Qattiqligi - 2,5 — 3,0.
Solishtirma og‘irligi. - 15,6 - 18,3 (sof oltinniki 19,30).
Mustahkamligi egiluvchan va cho‘ziluvchandir. U osonlik bilan ezilib Yupqa varaqchalarga aylanadi. Ulanish tekisligi o‘ta nomukammal.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Oltinning eng ko‘p massasi genetik jihatidan nordon magmatik jins intruzivlari bilan bog‘liq bo‘lgan tipik gidrotermal konlarda tarqalgan. U ko‘pincha kvars va sulfidlar bilan uchraydi. Oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan, oltin qonuniy ravishda paydo bo‘lib, o‘zidan oldin hosil bo‘lgan minerallar yoriqlarida topilishi juda ham haraktyerlidir. Sof tug‘ma oltin Sulfid konlarining oksidlanish zonasida limonit, azurit, -qo‘rg‘oshin, vismut, surma va boshqa metallar oxrasi bilan qayta paydo bo‘lgan mahsulot sifatida uchraydi. Sof oltin (pirit, arsenopirit, aynama ma’danlar, Xalkopirit, kamroq galenit, sfalerit), ba’zan oltin va kumush telluridlari bilan bir assotsiatsiyasida uchraydi. Oksidlanish zonasida limonit, azurit va qo‘rg‘oshin, vismut, surma va boshqa metall oxralari bilan bir assotsiatsiyasida uchraydi.

Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling