1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet12/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

MAGNITLIK XUSUSIYATLARI


Tarkibida magnetit, gematit bo‘lgan minerallar magnit xossasiga ega bo‘ladi. Mineralda magnit xossasining bor yo‘qligini ingichka ninasimon o‘qqa o‘rnatilgan magnit strelkasi yoki kompas yordamida aniqlanadi. Mineral magnit strelkasiga yaqinlashtirganimizda uni o‘ziga tortsa yoki qimirlatsa, bunda magnit xossasiga ega bo‘ladi.

TA’MI


Yengil eruvchan minerallarga tilimizni tekkizsak, ularning ta’mini sezamiz. Minerallarning orasida sho‘r — galit, taxir — silvin uchraydi.

HIDI


Arsenopiritni bolg‘a bilan urayotgan vaqtda undan sarimsoq hidi keladi, sof oltingugurtni bir-biriga ishqalasa gugurt yonishdagi hid keladi, fosforit ham bir-biriga ishqalansa kuyayotgan suyak hidi keladi.

GIGROSKOPIKLIGI (nam tortuvchanligi)


Ba’zi minerallar o‘ziga namlikni tortish xususiyatiga ega. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan minerallarga tilimizni yoki ho‘l labimizni tekkizganimizda ular tilimizga, ho‘l labimizga yopishganini sezamiz. Bularga kaolin, galluazit, trepel kiradi. Bundan tashqari shu minerallarga ozgina suv tomizadigan bo‘lsak ular suvni tez shimib oladi.


Nazorat savollari:


  1. Ulanish tekisligi deganda nimani tushunasiz?

  2. Solishtirma og‘irlik nima?

  3. Nam tortuvchanlik xususiyati nima?



6-amaliy mashg‘ulot
Minerallarning solishtirma og‘irligi, radioaktivligi va magnitlik xususiyati


Ishning maqsadi: Talabalarga minerallarning solishtirma og‘irligi, radioaktivligi va magnitlik xususiyatlarini o‘rgatish.
Ma’lumki minerallarning solishtirma og‘irligi avvalo shu kristall moddani tashkil etuvchi ion yoki atomlarniig atom og‘irliklari bilan bog‘liq. So‘ntra ion radiuslarining katta-kichikligi ham muhim rol o‘ynaydi, ularyaing kattalanishi ortib borayotgan atom og‘irligini muvozanatga keltiradi, ba’zan solishtirma og‘irligining kamayib ketishiga ham olib keladi: masalan, kaliyning atom og‘irligi natriynikidan 1,7 marta katta bo‘lsa ham KC1 solishtirma og‘irligi (1,98) NaCl solishtirma og‘irligidan (2,17) kichik, chunki K1+ ion radusi (1,33) Na1+ ion radiusidan (0,98) ancha katta bo‘lib, bu kristallangan modda hajmining turlicha bo‘lishi uchun katta ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tash-qari yuqorida (polimorfizmga qaralsin) ko‘rsatib o‘tilganidek strukturadagi ma’lum o‘zgarishlar, jumladan kristall strukturalardagi koordinatsiov sonning ortishi hajmning kichiklanishiga, binobarin solishtirma og‘irlikning ortishiga olib keladi. Nihoyat, kation valentlig‘ining kamayishi (yoki anion valentligining ortishi) shu kabi hollardagiga qaraganda V. S. Sobolevning fikricha, mineral solishtirma og‘irligining ortiqroq bo‘lishiga ham .sabab bo‘lishi kerak.
Minerallarning solishtirma og‘irligi keng miqyosda: 1 dan kichik qimmatdan boshlab (tabiiy gazlar; suyuq bitumlarda) 23 gacha (osmiyli iridiy gruppasiga kiradigan minerallarning ba’zi xillarida) o‘zgaradi.
Mendeleev jadvalining yuqori qismida joylashgan engil metallarning tabiiy oksidlari bilan tuzlari, tabiiy organik birikmalarning asoeiy massasi 1 dan 3,5 gacha oraliqda bo‘lgan solishtirma og‘irlikka egadir. Masalan, yantar (qaxrabo), qattiq bitumlar (1,0-1,1), galit-NaCl - (2,1 - 2,5), gips - CaSO4-2H2O(2,3), kvars - SiO2 (2,65), olmos (3,5) va boshqalar. Shu jumladan ba’zi minerallarning solishtirma og‘irligi katta bo‘ladi; masalan, korund va uning xillari - A12O3(4,0). Sulfatlar orasida barit-BaSO4(4,3-4,7) alohida o‘rin tutadi, shuning‘ uchun ham uni barit (grekcha „baros“-og‘ir) deb ataladi.
Mendeleev jadvalining quyi qismida joylashgan tipik og‘ir metallarning birikmalari 3,6 dan 9 gacha bo‘lgan o‘rtacha solishtirma og‘irligi bilan xarakterlanadi. Misollar: siderit - FeSO3 (3,9), sfalerit - ZnS(4,0), pirit - FeS2 (5,0), magnetit - FeFe2O4(4,9 - 5,2), gematit - Fe2O3 (5,0 - 5,2), anglezit - PbSO4 (6,4), serussit-PbCO3 (6,5), kassiterit - SnO2 (7,0), galenit-PbS (7,5), kinovar -HgS (8,0), uranitit- UO2 (8-10).
Sof tug‘ma og‘ir metallar: mis (8,9), vismut (9,7), kumush (10—11), simob (13,6), oltin (15—19), sof tug‘ma platina gruppasiga kiradigan minerallar (14—20), iridiy va osmiyli iridiy gruppalari minerallari (17—23) eng katta solishtirma og‘irlikka zgadir.
Minerallarning solishtirma og‘irligi asosan quyidagicha ikki usul bilan: 1) mineral siqib chiqargan suyuqlikni o‘lchash usuli, ya’ni mineral namunasi og‘irligi bilan o‘sha mineral siqib chiqargan suv xajmini aniqlash usuli bilan ova 2) suvga tushirilgan mineralniig xo‘hotgan og‘irligini aniqlash yo‘li bilan (mineral namunasining absolyut og‘irligini, o‘sha mineralning suvga tushirilishi bilan yo‘qotgan og‘irligiga bo‘linadi) aniqlanadi. Mineral mayda donachalarining solishtirma og‘irligi maxsus qo‘llanmalarda bayon etilgan yo‘l bilan piknometrlar yoki og‘ir suyuqliklar va Vestfal tarozisi yordamida aniklanadi.
Bir mineral uchun uning solishtirma og‘irligining birmuncha o‘zgaruvchan bo‘lishi, izomorfizmdan boshqa mineral tarkibiga kirib qolgan boshqa birikmalar, jumladan g‘az pufakchalari ham suyuqlik zargachalari bilan bog‘liq ravishda ancha kam ko‘riladi.
Minerallarning solishtirma og‘irliklarida bo‘lgan bunday farq rudalarni boyitishda, rudamas minerallardan (kvars, kalsit, barit va boshqalardan) ruda minerallarni (galenit, sfalerit, kaositerit va boshqalarni) turli gravitatsion usullar bilan ajratib olish maqsadida qo‘llaniladi. Boyitish natijasida foydali minerallarning miqdori —orttirilgan konsentratlar olinadi.

Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling