1-amaliy mashg`ulot rasmlarni skanerlash jarayonini o’rganish ishning maqsadi: Maketlashni o’rganish Ishning tartibi


Download 67.23 Kb.
bet1/3
Sana27.03.2023
Hajmi67.23 Kb.
#1300727
  1   2   3
Bog'liq
1-AMALIY ISH


1-AMALIY MASHG`ULOT
RASMLARNI SKANERLASH JARAYONINI O’RGANISH
Ishning maqsadi: Maketlashni o’rganish
Ishning tartibi:

  1. Skanerlashni o`rganish

  2. Sahifalash dasturlari imkоniyatlari bilan tanishish

  3. Rasmli mahsulotlarni tez va sifatli bezash ishlari o’rganish.

Amaliy mashg’ulotiga kerak bo’ladigan jihozlar
1. Stoldagi nashriyot tizimi
2. Skaner
3. Sahifalash dasturlar versiyalari
4. Rangli printer
5.Turli nashr maketlari va namunalari, nashrlarni bezash bo’yicha me’yoriy maretiallar
Rang fizik bo’shliqda ma’lum uzunlikdagi to’lqindan iborat bo’lib, biz rangni bizning zehnimiz idrok etib, izohlaganidan keyingina o’zimizga qabul qilamiz. Shuning uchun kompyuter monitorlari yaratilishida rangni qayta tiklashning ma’lum tizimi ishlab chiqilgan. Buning ustiga ushbu tizim biz odatdagi ranglarni ko’radigan tarzda faoliyat ko’rsatadi. U uch asosiy – qizil, ko’k va yashil ranglarni aralashishiga asoslangan. Biroq bosib chiqarish sodir bo’lishida, bunday tizim funksiyalanmaydi, axir bosish holatida rang bo’yoqni (rang to’lqini) qog’ozdan qaytish yo’li orqali hosil bo’ladi va bu yerda rangni idrok qilinishining mutlaqo boshqa usuli kerak bo’ladi.
Aynan shuning uchun kompyuter dunyosida bir emas, balki ko’plab ranglar modellari – RGB, CMYK, HSB, Lab-rang va hokazo mavjud. Dizaynerlar va sahifalashtiruvchilarga RGB va CMYK kabi ikki eng keng tarqalgan modellar bilan ishlashlariga to’g’ri keladi. RGB modeli ekranda qoluvchi tasvirlar uchun mo’ljallangan (masalan, buyurtmachiga tasdiqlashi uchun yuborilishi kerak bo’lgan elektron ko’rinishidagi maketning eskizi, CMYK modelida bosmaxonada bosish uchun mo’ljallangan ranglar saqlanadi. Ushbu modellarni batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Rasmda ikki model va ularni tashkil etuvchi ranglar ko’rsatilgan.

1-rasm. Rang doirasi va RGB hamda CMYK
Mana shu rang modelining o’zi monitorlarning elektron – nurli naychalarida qo’llanadi. Monitorda uch ranglarda; qizil- red, yashil- green, va ko’k- blue (RGB аббревиатура shundan kelib chiqqan )yoritiluvchi lyuminofordan foydalaniladi. Ranglar aralashadi va turli-tuman nimranglar hosil bo’ladi, shuning uchun model additive deb ataladi. Model 16 million nimranglardan iborat, biroq u ekranda tasvirlar chiqarilishi va oddiy printerlarda rangli tasvirlar chop etilishi uchun mo’ljallangan. Ushbu modeldan zinhor fotosuratlar tayyorlash yoki vektorli obyektlarni bosmaxonada va Post Script printerlarida chiqarishuchun foydalanmang. Ushbu modelda qora rang, barcha ranglarning jadalligi = 0, oq – maksimal bo’lishida hosil bo’ladi.

Download 67.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling