1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
amaliylar lotin
9-rasm. “Durkopp” firmasining 294-185082 rusumli tikuv mashinasiga iplarni taqish. 0 dan 6 mm.gacha, parallel baxyaqatorlar oralig’i 3,5\5, 0\6,5 mm (igna tutkich, tepki, igna plastinasi va reykadan iborat aylantiriladigan qo’shimcha detallari bor). “Durkopp” firmasi yana bir qator qo’sh ignali mashinalarni, yani baxyaqatorlar oralig’i 0 dan 12 mm.gacha bo’lgan, barcha turdagi kiyimlarni tikishga mo’ljallangan mashinalarni ishlab chiqarmoqda. Bu mashinada gazlama shikastlanmasligi uchun tepkining sekin tushishi taminlangan. Ustki va ostki iplar tarangligini o’zgartiruvchi va nazorat qiluvchi qurilmalar o’rnatilgan. Mashinada teri va qalin gazlamalarni ham tikish mumkin. Ip taqish. Ustki ipni bobini yoki g’altakdan muayyan izchilida chap igna (80 ga tqiladi (9-rasm). Oldin ipni naychasimon ip yo’naltirkichning teshigidan o’tkaziladi, burchakli (1) ning uchta teshigidan birin-ketin yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga va yana yuqoridan pastga tomon o’tkaziladi, asosiy taranglash rostlagichi (2) ning, so’ng qo’shimch ataranglash rostlagichi (3) ning shaybalari orasidan aylantirib,ip tortish prujinasi tagidan olib o’tiladi, pastdan yuqoriga plastinasimon ip yo’naltirgich tagiga, o’ngdan chapga ip tortkich (4) ning yuqori quloqchasiga va yuqoridan pastga plastinali ip yo’naltirgich (5) tagiga o’tkaziladi. Keyin ikkinchi plastinasimon ip yo’naltirkich (6) tagidan o’tkazib, yuqoridan pastga igna tutkich (7) dagi ip yo’naltirish teshigiga va o’ngdan chapga igna ko’zi (8) dan o’tkazib taqiladi. Ustki ipni o’ng tomondagi igna (9) ga taqish uchun ipni g’altakdan naychasimon ip yo’naltirkichning ikkita teshigidan o’tkazilib, o’ngdan chapga, chapdan o’ngga va yana o’ngdan chapga birin-ketin burchakli (1) ning uchta teshigidan o’tkaziladi, asosiy taranlash rostlagichi (10) ning va qo’shimcha taranglash rostlagichi (11) ning shaybalari orasidan aylantirib, ip tortish prujinasi tagiga olib kelinadi, pastdan yuqoriga plastinasimon ip yo’naltirkichning tagidan o’tkazilib, o’ngdan chapga ip tortkich (4) ning ostki teshigiga, yuqoridan pastga plastinasimon ip yo’naltirkich (6) ning tagidan o’tkaziladi va igna (9) ning ko’ziga taqiladi. Ip taqishdan oldin maxovik g’ildiragini soat mili harakati yo’nalishida burib, ignalar (8,9) ni yuqori holatga qo’yiladi. Tepkini ham ko’tarib qo’yish kerak bo’ladi. Bu paytda ip tortkich (4) skobaning tagida bo’ladi. Igna (8) igna tutkich (7) ga oxirigacha taqab qo’yiladi, bunda uning qisqa ariqchasi tikuvchidan o’ng tomonga yo’nalib turishi kerak. Igna (8) chapaqay vint yordamida igna tutkich (7) ga mahkamlangan. O’ng tomondagi igna (9) ni igna tutkichga oxirigacha taqab qo’yiladi, uning qisqa ariqchasi ham tiuvchidan o’ng tomonga qaratib qo’yilishi lozim. Igna (9) vint yordamida igna tutkich (7) ga mahkamlanadi. 294-185082 rusumli tikuv mashinasida igna ilgarilanma qaytma hamda baxyaqatorga bo’ylama og’ma harakat qiladi. Ignaning o’z o’qiga nisbatan harakati qanday uzatilishini, igna va gazlamani surish hamda moki mexanizmlarining o’zaro harakatlanishini kuzatib, ignaning vertikal va tishli reykaga nisbatan holati tekshiriladi. Mashinada sharnir sterjenli ip tortkich, markazlashgan naychali vertikal joylashgan aylanuvchan mokili mexanizmlar qo’llanilgan. Moki qurilmasi sterjeni (4) ga naycha (3) o’rnatilgan. Mokiga aylanma harakat qanday uzatilishini kuzatish kerak. 10-rasm. 294-185082 mashinasida igna va mokining rostlanishlari Moki korpusi va chetlatkichning o’rnatilishi o’rganilib, chetlatkich (1) ning naycha ushlagich (2) ga nichbatan holati vintlar (3) ni bo’shatib rostlanadi (11-rasm). Moki uchining ignaga o’z vaqtida etib kelishini mokining vertikal valga mahkamlanadigan vintlari bo’zshatilib rostlanadi. Igna o’zining quyi holatidan 2 mm ko’tarilganda mokining uchi igna ko’zidan 2,5 mm yuqorida joylashishi, mokining uchi va igna orasidagi tirqish, 0,1 mm bo’lishi kerak (10-rasm). Ostki ip tarangligi vint (2) yordamida sozlanadi (12-rasm). Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling