1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad


Tikuv mashinalari detallari va ularning shartli belgilari


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana03.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1691098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
amaliylar lotin

Tikuv mashinalari detallari va ularning shartli belgilari.
Ishni bajarish tartibi.
Tikuv mashinasi detallarining shartli belgilanishlari bilan tanishib chiqiladi 
va mezxanizmlarning ishlash printciplari o’rganiladi. Alohida bitta moki baxyali 
tikuv mashinasi mexanizmlarining tekislikdagi va fazoviy sxemalari asosida 
mashinaning umumiy kinematik sxemasi chiziladi (har bir o’quvchiga alohida 
tikuv mashinasi o’rganish uchun beriladi).
Mexanizmlarning tekislikdagi sxemasidan erkinlik darajalari soni 
aniqlanadi va hisobotga kiritiladi.


 2-AMALIY MAShG’ULOT
IKKI IPLI MOKI BAXYaSINING HOSIL BO’LISh JARAYoNI.
Ishni bajarishdan maqsad tikuv mashinasida ikki ipli moki baxyasi hosil 
bo’lishini hamda mexanizmlarning o’zaro harakatini o’rganish. Ushbu ishni 
bajarishda moki baxyali tikuv mashinasi, turli rangdagi iplar, gazlama, mashinaga 
ipni taqish va moki baxyasi hosil bo’lishi sxemalaridan foydalaniladi.
Mashg’ulot 1022-M tikuv mashinasi misolida o’tkaziladi. Bu mashina 
kostyumbob, paltobob va qishgi harbiy kiyimlik gazlamalarni ikki ipli moki 
baxyaqator yuritib tikishga mo’ljallangan bo’lib, krivoshib shatunli igna
markazlashgan naychali tekis aylanuvchan moki, sharnir sterjenli ip tortkich
materialni surish mexanizmlaridan hamda tepki tugunlaridan tuzilgan.
Ikki ipli moki baxyasi quyidagicha hosil qilinadi. G’altak (5)dagi ustki ipni 
ip taranglash shaybalari (3) orasidan olib o’tib, ip tortkich (4) ning qulog’idan 
o’tkazib, igna (2) ning ko’ziga taqiladi (2-rasm). Igna gazlamani teshib, ustki ipni 
undan olib o’tadi va eng quyi holitiga tushadi. Igna quyi holatidan 1,5-2 mm 
ko’tarilganda ustki ipdan halqa hosil bo’ladi, bu halqani moki (1) ning uchi ilib 
oladi.
Igna yuqoriga ko’tarila boshlangach, mokining uchi (7) ustki ip halqasini 
ilib kengaytiradi. Ip tortkich (4) pastga tomon harakatlanib, mokiga ip uzatib 
beradi. Ustki ip halqasini moki naycha atrofidan aylantiradi.
Ustki ip halqasi 180

dan ortiq burchak hosil qiladigan darajada aylanganda, 
ip tortkich yuqoriga ko’tarilib, baxyani taranglaydi. Tishli reyka (6) gazlamani 
baxya uzunligiga suradi.
Moki ikkinchi salt aylanishida boshqa ishchi organlar o’z ishini tugallaydi. 
Tebranma mokili mashinalar ham shu printcipda ishlaydi. Bunday mokilar past 
tezlikli mashanalarda ko’proq qo’llanalgan.
Igna va mokiga turli rangli iplar o’tkaziladi. Keyka ustiga gazlamani 
qo’yib, tepki tushiriladi. Maxovikni sekin aylantirib, mexanizmlarning o’zaro 
harakati kuzatiladi. Ignaning gazlamaga sanchilishi, igna ipidan halqa hosil 
bo’lishi va uni moki uchining ilib 


2-rasm. Ikki moki baxyasining hosil bo’lishi
olishi, halqaning moki atrofidan aylantirilishi hamda bxyaning taranglanishi 
orqali baxya hosil bo’ladi.
3-rasm. Tikuv mashinasiga ustki ipni taqish
Ip tortkichning harakat traektoriyasini o’rganish uchun uning ko’ziga 
qalam, qarshisiga esa qattiq qog’oz o’rnatiladi. Maxovikni aylantirganda ip 
tortkich richagiga o’rnatilgan qalam qog’ozga harakat trayektoriyasini tushiradi.

5 4 


4



Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling