1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/28
Sana03.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1691098
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
amaliylar lotin

8- AMALIY MAShG’ULOT .
 
KAShTA TIKISh MAShINALARI.
 
Ishni bajarishdan maqsad VM-50 tipidagi kashta tikish mashinasida bir ipli 
zanjirsimon baxya hosil qilishida ishchi organlarning o’zaro harakatini
mexanizmlarning tuzilishi va turli ko’rinishdagi baxyaqatorlarni tanlashda 
mashinani sozlash usullarini o’rganish. Ishni bajarishda VM-50 tipidagi kashta 
tikish mashinasi mexanizmlarining kinematik sxemalari va umumiy ko’rinishlari, 
iplar, gazlama va sozlash asboblaridan foydalaniladi.
Tikuvchilik buyumlarining tashqi qismlari turli kashtalar tikish yordamida 
ham bezaladi. Kashtalar bir ipli zanjirsimon va ikki ipli moki baxyasi yuritilib hosil 
qilinadi.
Bir ipli tanbur baxyaqatorning hosil bo’lishida igna (1) kapsul (2) va igna 
plastinasi (4) ostida joylashgan aylantirkich (3) ishtirok etadi (19-rasm, a). Igna 
(1) pastga harakatlanib, gazlamani sanchib o’tadi. Kapsul (2) ham pastga tushib, 
gazlamani igna plastinasiga bosadi. Igna (1) eng quyi holatiga etganda, 
aylantirkich igna atrofida 180
0
ga burilib, o’z ipini igna ilgagiga tashlaydi (19-
rasm, b).
Igna (1) yuqoriga harakatlanib, aylantirkichdan ipni tortib olib oldingi 
halqa ichidan o’tkazadi (19-rasm, d). Bu vaqtda kapsul (2) quyi holatida bo’ladi. 
Igna (1) yuqorigi holatini egallagandan keyin kapsul (2) tepaga ko’tariladi (19-
rasm, e). Bu paytda tepki tushadi va gazlama suriladi. Surilish tugallankach, igna 
pastga harakatlana boshlaydi (19-rasm, f). Gazlamani sanchib o’tib, uning 
yuzasida o’zining halqasini qoldiradi. Kapsul (2) pastga harakatlanib, halqani 
gazlamaga qisadi. Keyin jarayon takrorlanadi.
Ruspublikamiz zardo’zlik korxonalarida milliy kiyimlarni tayyorlashda VM-
50 kashta tikish mashinasi juda keng qo’llaniladi. Bu mashina Poltava (Rossiya) 
mexanika zavodida ishlab chiqarilgan bo’lib, u ayollar va bolalar ust kiyimlariga, 


bosh kiyimlariga, bezak choyshablarga bir ipli zanjirsimon tanbur baxyaqator 
yuritishga mo’ljallangan. Bosh valining aylanishlar soni 1200 ayl\min, baxya 
yirikligini 0 dan 3 mm.gacha o’zgartirish mumkin, 5 mm qalinlikkacha bo’lgan 
gazlamani tika oladi. 0895 N 75-110 ignalar mos keladi. VM-50 mashinasi tekis 
platformali bo’lib, uning ichida bosh val aylanma harakatlanadi. Bosh valning 
o’ng tomoniga uzatish shkivi bajaruvchi maxovik o’rnatilgan.
Mashna qulochining ustki qismiga ipli g’altak o’rnatirlgan. O’ng tarafida 
esa igna, kapsul, aylantirkich va gazlamani surish mexanizmlari joylashgan. 
Mashina platformasining tag qismiga chetlatkich mehanizmi, boshqarish dastasi 
o’rnatilgan. 
19-rasm. Bir ipli zanjirsimon tanbur baxyasining hosil bo’lishi


Bu mashinada 10 dan ortiq ko’rinishdagi kashtalarni tikish mumkin. 
Gazlama maxsus dastak yordamida siljitiladi. Shuning uchun ham kashta sifati va 
mehnat unumdorligi tikuvchidan mahorat talab qiladi. Mashinada ishlashda 
tikuvchi kashta chizig’i bo’ylab gazlamani to’g’ri yo’naltira olishi, har bir yangi 
kashtani tikishdan oldin uning ko’rinishi bilan puxta tanishishi lozim. 
Baxyaqator ko’rinishlarini o’zgartirish uchun mashina mexanizmlarining 
ishchi organlari almashtirilib qayta rostlanadi.
Hozirgi paytda besh yoki olti ignali 12 ta tikuv mashinasidan iborat va turli 
rangdagi iplar bilan kasha tikadigan yarim avtomatlar chiqarilyapti. Yarim 
avtomatlar avtomatik boshqaruv tizimi orqali boshqariladi . kashta ko’rinishi 
ham avtomatik ravishda o’zgartiriladi. VM-50 mashinasida bir yo’lli baxyaqator 
hosil qilish igna tutkich, kapsul va aylantirkichdan foydalaniladi.
Baxya hosil bo’lish jarayoni to’g’ri bajarilishi uchun igna uchi o’zining quyi 
holatiga tushganda aylantirkich ustki qismidan 2-2,5 mm pastda to’xtashi kerak. 
Ostki aylantirkich shunday o’rnatilishi kerakki, uning harakat traektoriyasi 
materal harakat yo’nalishiga simmetrik joylashish, yani AV=VS bo’lishi shart (20-
rasm, a). Bu shartni badjarish uchun gorizontal kirmak siljitilib aylantirkich 
rostlanadi. Ip quyidagicha taqiladi: sterjen (2) ga naycha yoki g’altak (4) 
kiydiriladi; boshqaruv dastagi (1) yoy plastina ariqchasi aylantirkichga qarama-
qarshi joylashgunga qadar buraladi. Plastina ariqchasi, aylantirkich teshigi va ichi 
teshik vertikal kirmak orqali maxsus uchli ilgak o’rnatiladi. Naychadagi ip prujina 
(3) qulog’idan o’tkailib, ilgak yordamida mashina platformasi yuziga olib chiqiladi 
va igna teshigi orqali o’tkaziladi.
Ignadan ip pinset yordamida chiqariladi va tepki ostidan o’tkaziladi.
Naycha (6) ga “ingichka chizimcha” baxyaqator hosil qilish uchun karkas 
iplar o’ralgan bo’ladi. Mashinaga ip taqilgach halqasimon tepkining ishi hamda 
bir ipli zanjirsimon baxya hosil bo’lishi kuzatiladi. Ignaning gazlamaga sanchilishi 
va undan chiqishi, kapsul harakatiga etibor qaratiladi.
Aylantirkich ishini o’rganish uchun igna plastinasini olib qo’yish kerak. 
Mashinada turli baxyaqatorlar yuritib ishlatib ko’riladi.



Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling