1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
amaliylar lotin
IShNI BAJARISh TARTIBI.
1. 294-1852-082 rusumli tikuv mashinasiga ustki ip taqiladi (9-rasm). 2. Ostki ipni taqish uchun naycha (3) naycha ushlagich sterjeni (4)ga iydiriladi va qopqog’i (1) yopiladi (12-rasm). 3. O’ng qo’l yordamida maxovik g’ildiragini aylantirib igna bir marta gazlamaga sanchilib chiqqandan keyin ustki ip tortilib ostki ip igna plastinasi yuzasiga olib chiqiladi. 4. Gazlama tepki ostiga qo’yilib, mashina ishga tushiriladi va parallel baxyaqatorlar yuritiladi. 5. Frantal qopqoq ochilib va igna plastinasi surilib igna va mokining ishi kuzatiladi. 6. Ignalarning igna yuritkichga o’rnatilishi o’rganiladi. 7. Naychaga ip o’raydigan qurilmaning tuzilishi va ishi o’rganiladi. Mokini ignaga nisbatan sozlanadi. 8. Mashina mexanizmlarining moylanishi o’rganiladi. Hisobotda 294-185082 tikuv mashinasi moki va igna mexanizmlarining knematik sxemalari chiziladi. Sxemada ignaning veritkal sozlanishi - // , iganning tishli reykaga nisbatan holati - // , moki uchining ignaga щz vaqtida etib kelishi rostlanadigan joy - // , igna va moki orasidagi tirqish - // , chetlatkichning naycha ushlagichga nisbatan holati - // harflari bilan belgilanadi. Ushbu sozlanishlar to’g’risida tushunchalar beriladi. 11-расм четлаткич ва мокининг жойланиши 12-rasm. Ipli naychani moki qurilmasiga o’rnatish 6-AMALIY MAShG’ULOT . IKKI IGNALI ZANJIRSIMON BAXYaLI TIKUV MAShINALARI. Ishni bajarishldan maqsad ikki ipli zanjirsimon baxya hosil bo’lishida ishchi organlarning o’zaro harakatlari, mexanizmlarning tuzilishlari va asosiy sozlanishlarini o’rganish. Ishni bajarishda ikki ignali zanjirsimon baxyali tikuv mashinasi, ularning konstruktiv sxemalari va sozlash asboblari qo’llaniladi. Tikuvchilik sanoatida natural va sintetik tolalardan to’qilgan trikotaj gazlamalar keng qo’llaniladi. Trikotaj gazlamalarni tikishda chok elastikligini taminlash juda muhim hisoblanadi. Buning uchun parallel zanjirsimon baxyaqatorlardan foydalaniladi. Ikki ignali janjirsimon bayali tikuv mashinalaridan shimlarning yon va o’rta qismlari, erkaklar ko’ylagining qo’l tomonlarini tikishda foydalaniladi. Hozirgi paytda tikuvchilik korxonalarida “Pfaff”, “Zinger” firmalari va Podolsk mexanika zavodining zanjirsimon baxyali tikuv mashinalari keng qo’llaniladi. Mashg’ulotni “Pfaff” firmasining 5487R16980B rusumli ikki ignali tikuv mashinasi misolida o’tkaziladi. “Pfaff” firmasi ishlab chiqaradigan bu mashina shimning o’rta qismlarini va qalin gazlamalarni ikkita parallel ikki ipli zanjirsimon baxyaqator yuritib tikishga mo’ljallangan. Asosiy valining aylanish chastotasi 5000 ayl/min.gacha, baxyasining yirikligi 0 dan 6 mm.gacha rostlanadi, parallel ignalarining oralig’i 2 mm. Tepkisining ko’tarilish balandligi 8 mm. Mashinada ignalar mexanizmi, fazoviy murakkab harakat qiladigan ikkita chalishtirgich, gazlamalarni suradgan reykali mexanizm bor. Mashina g’ildirakli nasos bilan ishlaydigan markazlashgan avtomatik moylash tizimi bilan taminlangan. Gazlamani ustidan surish uchun tepkiga harakat beruvchi ellipsimon mexanizm o’rnatilgan. Ustki ipni taqish uchun maxovik g’ildiraginiburib, ignalar (1,2) eng yuqori holatga ko’tariladi, chap igna (2) ning ustki ipi taqiladi (13-rasm). Buning uchun g’altakdan chiqqan ip g’altak tayanchi ustidan sterjen teshiklaridan, birin-ketin ip yo’naltirish teshiklari orasidan aylantirilib, ip yo’naltirish teshigi (9) ga kiradi. Keyin ip o’ngdan chap tomonga ip yo’naltirgich (8) ning keyingi teshigidan o’tkazilib, ip uzatkichlar (7,6) ning keyingi teshigiga kiritiladi, yuqoridan pastga tomon ip yo’naltirkich (5) ning halqasidan o’tkazilib, igna tutkich (3) ga mahkamlangan ip yo’naltirgich (4) ning teshigidan olib o’tiladi va tikuvchidan oldinga tomon yo’naltirishda igna (2) ning ko’ziga taqiladi. O’ng tomondagi igna (1) ga ham ip shu tarzda taqiladi. Tikishni boshlash uchun ignalarga taqilgan iplarning uchidan 60-70 mm uzunlikda chiqariladi. Chalishtirgichlar (1,2) ning ostki iplarini taqish uchun olidindan platforma ustidan qopqoq ochiladi (14-rasm, b). Maxovik g’ildiraginni burib, chalishtirkichlar (1,2) ni o’ng tomondagi eng chetki holatga qo’yish kerak. 13-rasm. “Pfaff” firmasining 5487R16980B ikki ignali zanjirsimon baxyali tikuv mashinasiga ustki ipni taqish. 14- rasm. “Pfaff” firmasining 5487R16980B ikki ignali zanjirsimon baxyali tikuv mashinasiga ostki ipni taqish. Chalishtirkich (2) ning ipini taqish uchun g’altakdan chiqqan ip g’altak tayanchi tepasida joylashgan sterjendagi teshiklardan, ip yo’naltirish teshiklari (10,11) dan o’tkaziladi, taranglash rostlagichi shaybalari (9) orasidan pastdan yuqori tomon faylantirilib, ip yo’naltirish teshigi (8) ga kiritiladi (14-rasm, a). Ip yo’naltirkich (7) ning teshigi orqali pastga tomon plastina (6) ning tshiklaridan o’tkazilib, mashina platformasi ustida uzunasiga o’rnatilagnn plastinka (5) tagidan olib o’tiladi. So’ngra ip yo’naltirkich (4) ning teshiklaridan o’tazilib, ip uzatkich (3) orqali chalishtirkich (2) ning ikkita teshigidan birin-ketin o’tkaziladi (14-rasm, b). Oldingi chalishtirkich (1) ga ham ostki ip yuqoridagi tarzda taqiladi. Ignalar (1,2) igna tutkichning oxirigacha taqab qo’yilib, vint yordamida mahkamlanadi. Ignalarning uzun ariqchasi tikeuvchi tomonga qaragan bo’lishi kerak. Baxya yirikligini oshirish uchun dastak (13) yuqoriga ktarilib, shkaladagi kerakli raqamga keltirilai (13-rasm). 5487R16980B rusumli tikuv mashinasini o’rganishdan oldin uning tashqi ko’rinishi va platforma konfiguratciyasiga etibor qaratiladi. Ipning parallel zanjirsimon baxyasi hosil bo’lishini kuzatish uchun mashinaga turli rangdagi ustki va ostki iplar taqiladi. 15-rasm. Igna (a) va chalishtirgichlarning (b) rostlanishi. Ignaning gazlamaga sanchilishi va igna ipidan halqa hosil bo’lishida chalishtirkichning ignaga nisbatan harakatiga etibor qaratish lozim. Baxyaning taranglanishi kuzatiladi. Igna mexanizmi moki baxyali tikuv mashinalaridagi igna mexanizmlariga o’xshash bo’lib, rostlanishlari ham bir xil tartibda bajariladi. Chalishtirkich mexanizmining zvenolari va sharsimon sharnirlarning harakat traektoriyalari kuzatiladi. Gazlamani surish mexanizmi reykali bo’lib, u ellipssimon traektoriya bo’ylab harakatlanadi. Reykani vertikal va garizontal surish tugunlarining tuzilishi va ularning o’zaro bog’langan holda ishlanishi kuzatib, ularning alohida kinematik sxemalari chiziladi hamda yuqorida o’rganilgan gazlamani surish mexanizmlari bilan taqqoslanadi. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling