1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana03.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1691098
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
amaliylar lotin

10-AMALIY MAShG’ULOT.
YaShIRIN ZANJIRSIMON BAXYaLI TIKUV MAShINASI.
 Ishni bajarishdan maqsad bir ipli zanjirsimon baxya hosil bo’lishida ishchi 
organlarning o’zaro harakatini, mexanizmlarning tuzilishi va ularni sozlash 
usullarini o’rganish.
Ishni bajarishda yashirin zanjirsimon baxyali tikuv mashinalarining 
kinematik sxemalari va umumiy ko’rinishlaridan 85, SS-761, SS-790 tikuv 
mashinalari, iplar, gazlama, sozlash asboblaridan foydalaniladi.
Tikuvchilik buyumlarini tayyorlashda yashirin zanjirsimon baxyalardan ham 
keng foydalaniladi. Bir ipli yashirin zanjirsimon baxyaning ko’rinishi 24-rasmda 
ko’rsatilgan. Rasmda ko’rinib turibdiki, gazlamaning ustki buklangan qisman igna 
teshib o’tgan, ostki qismini esa igna qisman ilib olgan, yani gazlama ostki 
qismining yuzasida baxyaqator ko’rinmaydi. Bundan tashqari, halqa a gazlama 
ichidan o’tkazilib, uning harakat chizig’iga to’g’rilab qo’yiladi.
Bunday baxyaqator ko’ylaklar etagini, astarlar chetini qayirib tikishda, ostki 
yoqani qavishda, shim ostini bukib tikishda va hokazoda ishlatiladi. Bir ipli 
zanjirsimon baxyaqator tez so’kiladigan bo’lsa ham bundan qo’rqmaslik kerak, 
chunki bunday baxyaqator detallar orasida yashiringan bo’ladi. Ilgari ikki ipli 
yashirin moki baxyaqator ustki yoqani ostki yoqaga ulash va yolg’on qaviq hosil 
qilish uchun ishlatilar edi. Hozir bunday baxyaqatorlardan kam foydalaniladi.
24-rasm. Bir ipli zanjirsimon yashrin baxya


85, SS-761, SS-790 rusumli yashirin baxya bilan tikish mashinalarida igna, 
chalishtirgich va gazlamani surish mexanizmlari tuzilishi jihatidan bir-biriga juda 
o’xshashdir. Bo’rttirgich mexanizmi va uzunligini mexanizmlari bilan alohida 
tanishish kerak.
85 rusumli tikuv mashinasining bo’rttirgich (1) ning sektori (3) uning 
ishchi qismi hisoblanadi (26-rasm, a). Bo’rttirgich soat miliga qarshi burilganda 
uning tishi (2) gazlamaga tag qismidan tegadi va uning surlishiga yordam beradi. 
So’ngra tish chiqadi, sektor (3) esa gazlamani igna plastinasi yuzasiga olib chiqadi 
(26-rasm, b). Bu paytda igna gazlamaga sanchiladi, bo’rttirgich esa teskari 
yo’nalishga burila boshlaydi. Ishchi sektor gazlamani bo’rttirib igna ostidan 
chiqadi. Igna o’zining ort tomonga harakatini boshlaydi. Igna asosiy ish yo’lini 
bo’rttirgich tishi (2) va sektori (3) orasida bosib o’tadi (26-rasm, d). 
25-rasm mashinaga ipni taqish.
Bo’rttirgich mexanizmini o’rganishda ekssentik vtulka (6) ning holatiga 
etibor beriladi (26-rasm, e). Agar ekssentriksimon vtulka teshgi uning burchakka 
burilishida yuqorigi holatini egallasa, u holda bo’rttirgich (5) vali o’qining vertikal 
surilishiga teng bo’ladi. Agar vtulka o’rnatilganda bo’rttirgich o’qining siljishi //// 
ga teng bo’lsa, bo’rtttirgichning vertikal yo’li maksimal bo’ladi (26-rasm, f).



Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling