1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
amaliylar lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ip taqish.
YO’RMA BAXYa TIKISh MAShINALARI. Ishni bajarishdan maqsad ikki va uch ipli zanjirsimon yo’rma baxya hosil bo’lishida ishchi organlarning o’zaro harakati, yo’rma, baxya tikish mashinalari mexanizmlarining tuzulishi va sozlanishlarini o’rganish. Ishni bajarishda “Zinger” firmasining yo’rmab tikish mashinasi, ip, gazlama, pinset va sozlash asboblaridan foydalaniladi. Hozirda mamalakatimiz tikuvchilik korxonalarida “Zinger”, “Juki”, “Pegasus” firmalarining hamda Rostov engil mashinasozlik korxonasining turli yo’rmash-tikish mashinalari qo’llaniladi. Bu mashinalar ko’rinishi, tuzilishi va ishlash printcipi jihatidan juda o’xshashdir. “Zinger” firmasining 1831U012-3 yo’rmash mashinasi ayollar engil ko’zylaklarining, kostyumlar, bolalar va erkaklar ko’ylaklarining detallarni uch ipli zanjirsimon baxyaqator yuritilib tikishga mo’ljallangan. Shu bilan bir qatorda “Zinger” firmasi bir qancha turdagi yo’rmash mashinalarini ishlab chiqaradi. Mashinanining bitta igna va ikkita chalishtirkichi bor. Gazlamani suradigan reykali differensial mexanizmi bo’lib, oldingi reyka ham solqi hosil qiladi, ham gazlamani cho’zadi. Mashinada moy nasosi yordamida avtomatik moylash tizimi ishlatiladi (21-rasm). Ip taqish. Ignaning ipini g’altakdan chiqarib, yuqoridan pastga tomon ip yo’naltiruvchi richag (1) ning teshigidan, burchaklik (2) ning ikkita teshigidan birin-ketin o’tkaziladi, yo’naltiruvchi vtulka (3) dan o’tkazib, taranglik rostlagichi shaybalari (4) orasidan aylantirilib olib, o’ngdan chapgatomon igna mexanizmini yopib turadigan shchit tagiga kiritiladi (22-rasm). Keyin ip ip yo’naltirgich (5) ilgagidan, ip yo’naltirgich (6) ning ikkita teshigidan o’tkaziladi, yuqoridan pastga tomon qo’shimcha taranglik rostlagichi plastinasi (7) tagidan olib o’tib, tikuvchidan nariga tomon yo’naltirilib igna (8) ko’ziga taqiladi. Chap chalishtirgich ipini g’altakdan richag (9) burchaklik (10) teshiklaridan o’tkazib, yuqoridan pastga tomon ip yo’naltiruvchi vtulka (11) ga, ip yo’naltiruvchi teshik (12) ga kiritib, taranglik rostlagichi shaybalari (13) orasidan aylantirib, ip yo’naltiruvchi teshik (14) dan, keyin ip yo’naltiruvchi vtulka (15) dan o’tkaziladi va ip yo’naltirgich (16) teshigiga kiritiladi, o’ngdan chapga tomon ip yo’naltirgich (17) teshigiga va pastdan yuqori tomon ip o’tkazgich teshiklari (18,19) dan o’tkaziladi. Maxovik g’ildirakni burab chap chalishtirgich (20) ni chap chekka holatiga kelitrilib, ipni pinset yordamida chalishtirgichning uchta teshigiga taqiladi. O’ng chalishtirgichning ipi bobinadan ortdan oldinga tomon richaglar (21) ning teshigidan o’tkaziladi, burchaklik (2) ning ikkita teshigidan, yuqoridan pastga tomon ip yo’nakltiruvchi vtulka (22) dan o’tkazilib, ip yo’naltiruvchi teshik (23) ga kiritiladi, taranglik rostlagichi shaybalari (24) orasidan aylantirilib, ip yo’naltiruvchi teshik (25) ga kiritiladi. Keyin ip ip yo’naltiruvchi vtulka (26) dan, ip yo’naltirgmch (27) ning teshigidan o’tkaziladi, o’ngdan chapga tomon ip yo’naltirgich (28) ning keyigngi teshigiga (18) ga kiritilib, old tomondan ip yo’naltirgich (29) teshigidan o’tkaziladi. Maxovik g’ildiragini burib o’ng chalishtirgich (30) ni o’ng chekka holatga keltirib, pinset yordamida uning teshigiga ip taqiladi. Mashinaga 22-rasmdan foydalanib iplar taqiladi va uch ipli zanjirsimon yo’rma baxya hosil bo’lish jarayoni kuzatiladi. Igna eng quyi holatiga tushganda o’ng va chap chalishtirgichlarning joylashishiga asosiy etibor qaratiladi. Igna ipi halqasiga chalishtirgich uchining kirishi va maxovik g’ildiragi sekin aylantirilib, chap chalishtirgichning o’ng chalishtirgich halqasini ilib olishi kuzatiladi. Mashinada sozlanishlarni bajarishda bosh valning konfiguratciyasiga ignaning burchak ostida joylashishiga, ipning taranglanishiga va mexanizmlar detallarining o’zaro bog’lanishiga etibor qaratilad. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling