1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/28
Sana03.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1691098
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
amaliylar lotin

7-AMALIY MAShG’ULOT.
SINIQ BAXYaQATORLI TIKISh MAShINALARI.
Ishni bajarishdan maqsad siniq baxyaqatorli tikish mashinalari ishchi 
organlarining o’zaro ishini, mexanizmlarning tuzilishi va sozlanishlarini o’rganish. 
Ishni bajarishda siniq baxyaqator yurituvchi tikuv mashinasi, uning kinematik 
sxemasi va umumiy ko’rinishi, iplar, gazlama va sozlash asboblari qo’llaniladi.
Siniq baxyaqator moki baxya hamda zanjirsimon baxya mashinalarda 
yuritilishi mumkin (16-rasm, a). Bu turdagi baxyaqator qurish va bukib tikish 
ishlarida, to’rlarni, qoplama bezaklarn ulashda, detallarni tutashtirib tikishda, 
bezak guli takrorlanib turadigan eng oddiy kashta baxyaqatorlar yuritishda, 
halqalarni yo’rmashda ishlatiladi.
Moki baxya mashinalarda siniq baxyaqator yuritishda igna bo’ylama 
harakatidan tashqari baxyaqatorning ko’ndalangiga (platformaning uzunasiga) 
ham harakatlanadi, shuning uchun mokining aylanish teksligi ignaning og’ish 
teksligiga parallel tushadigan qilib burilgan bo’ladi.
16-rasm. Siniq baxyaqatorlarning ko’rinishlari.
Siniq moki baxyaqator quyidagicha hosil bo’ladi: igna chapdan teshib (1) 
eng quyi holatdan ko’tarilayotganda ustki ipdan halqa hosil qiladi, bu halqani 
mokining uchi ilib olib, naycha atrofidan aylntirib o’tadi; igna materialdan chiqib, 
baxyaqatorning ko’ndalangiga og’adi (reyka bu paytda materialni bir baxyaqator 
kengligicha suradi) va ikkinchi teshik (2) ni teshadi. Keyin jarayon takrorlanadi.
Bezak ishlarini bajarishda detallarni bir-biriga juda pishiq qilib ulash 
uchun ko’p sanchiqli siniq moki baxyaqator yuritiladi. Bu baxyaqatorlar bir va ikki 


ignali mashinalarda amalga oshiriladi (16-rasm, b). Rasmda o’p sanchiqli 
baxyaqatorlar – uch, olti, o’n ikki va ikiita ketma-ket takrorlanadigan baxyalar 
tasvirlangan.
Siniq baxyaqatorli tikish mashinalarida mokining diametri ancha 
kattalashtirilgan. Shu yo’l bilan moki uchining igna ipi halqasiga o’z vaqtida etib 
kelish burchaklarini kamaytirishga erishish mumkin. Biroq bunda igna ipining 
eyilishi oshadi. Ipning eyilishini kamaytrish uchun quyidagi echimlarni ham 
qo’llash mumkin:
1.
Mokining noteks harakatini taminlash orqali uning ikkinchi holatidagi aylanishini 
kamaytirish mumkin. Bu usulni yuqori tezlikda ishlaydigan mashinalarda qo’llab 
bo’lmaydi.
2.
Moki o’qini siljitish yo’li bilan moki uchining igna ipi halqasini o’z vaqtida ilib 
olishini taminlash mumkin. Biroq mokining noteks davriy harakati meanizm 
detallarining tez eyilishiga olib keladi.
335-121 rusuml tikuv mashinasini o’rganishdan oldin igna mexanizmining 
tuzilishi va ishlash printcipi to’g’risida alohida to’xtalamiz. Bu mashinada igna 
vertikal ilgarilanma-qaytma harakatdan tashqari gorizontal og’ma harakatni 
bosh valdan tishli uzatma, richag kulisa orqali oladi.
Siniq baxya hosil qilishda (1) ning korpus (5) ichiga o’rnatilishi ikki xil 
sozlanishlarni bajarish imkonini beradi (17-rasm).
Kulisa (1) o’yig’i burilish burchagining o’zgarishi natijasida siniq baxya 
enining o’zgarishi taminlanadi. Buning uchun kulisa (1) stupitsasi (2) ga 
kiydirilgan richag burladi.
Baxyaqatorning igna plastinasiga nisbatan holatini rostlash uchun richag 
(8) buriladi va silindr burchak ostida joylashadi, kulisa esa b masofaga siljiydi. 
Shatun (10) ramka (9) ni igna plastinasi markaziga nisbatan siljitadi (18-rasm).
Igna mexanizmining gorizontal tugunini detallarga ajratishda kulisaning 
korpus (5) ga mahkamlanish usuliga, kulisa stupitsasining holatiga, richagning 
o’rnatilishiga va silindr (30 ga etibor qaratish lozim. Moki mexanizmini 


o’zganishda mokining ignaga nisbatan holatiga, mokiga harakat uzatilishiga
vallar tayanchlariga, moki va chetlatkich o’ljamldariga etibor beriladi.
17-rasm. 355-121 rusumli tikuv mashinasining siniq bahyaqator enini 
o’zgartirish qurilmasi.
18-rasm. 335-121 rusumli tikuv mashinasining kinematik sxemasi
Gazlamani sirish mexanizmida ekssentrisiteti valiga nsbatan o’zgaradigan 
eksssentrik qo’llanilgan. Dastak (2) burilganda detallarning o’zaro bog’lanishlari 
va richag (3) prujina (5) tasirida zvenolarning buralishiga yo’l qo’yilmasligi 
kuzatiladi (17-rasm). Richag (4) bosilganda zvenolarning siljishi, bunda gazlama 
surilishining o’zgarishi kuzatiladi. Barcha sozlanishlar mashinada bajariladi va 
uning ishlashi tekshiriladi.

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling