1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana03.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1691098
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
amaliylar lotin

IShNI BAJARISh TARTIBI.
1.
Mashinaning qopqog’ini ochib, mexanizmlarning ishlash printciplari va 
tuzilishlari bilan tanishiladi.
2.
Gazlamaning ekran bo’ylab qanday harakatlanishiga etibor qaratiladi.
3.
Fotoelektron datchiklarning vazifasi o’rganiladi.
4.
RS-2 mashinasida gazlama ekran bo’ylab yo’naltiruvchi vallar (11, 12) 
orasidan o’tkazilib, o’lchash mexanizmi orqali val (17) ga o’raladi (36-rasm). 
Keyin mashina ishga tushiriladi. Gazlamaning ekran bo’ylab o’tishida nuqsonlari 
kuzatiladi va qog’ozga yozib boriladi. Gazlamaning eni va uzunligini o’lchash 
jarayonida har 5 metrda belgilab boriladi.
5.
O’ramdagi gazlama o’tib bo’lgandan keyin val (17) chiqarib olinadi.
6.
Olingan natijalar hisobotga kiritiladi.


Hisobotda RS-2 mashinasining kinematik sxemasi chizilib, gazlama 
o’tadigan qismlari belgilab qo’yiladi. O’lchash jarayonida olingan natijalar haqida 
malumotlar beriladi. Mashinaning texnologik va konstruktiv kamchiliklari 
ko’rsatiladi.


14-AMALIY MAShG’ULOT.
ANDOZALAR YuZASINI O’LChASh MAShINASI
Ishni bajarishdan maqsad andozalar yuzasini o’lchash mashinasining 
tuzilishi va ishlash printcipi bilan tanishish.
Gazlamalardan unumli foydalanish asosan andozalar yuzasini to’g’ri 
o’lchashga bog’liq bo’ladi. IL rusumli fotoelektron mashina tekis andozalarni 
o’lchash uchun mo’ljallangan. Unda uzunligi 100-500 mm, eni 100-750 mm 
andozalarni o’lchash mumkin. 
Mashinaning texnik ko’rsatkichlari.
Mehnat unumdorligi, dona\soat 32
Koretkaning harakat tezligi, m\s 0,024
Andoza uzunligi, m 0,1-1,5
Andoza eni, m 0,1-1,75
Turel valining aylanishlar soni, ayl\min 235
Ginerator g’ildiraklarining aylanishlar 
soni, ayl\min 1410
Elektroyuritkich turi AO-21-2
Quvvati, kvt 0,27
Kuchlanish, v 220
Tashqi o’lchamlari, mm 3750x1270x1140
Massasi, kg 650
Andozalarni o’lchash aniqligi, % 0,2-0,6


O’lchanadigan andoza (4) qo’zg’aluvchan stol (3) ga joylashtiriladi (37-
rasm). Stolning ostki qismiga yoysimon tirqishli po’lat list mahkamlangan. 
Qo’zg’aluvchan stol doimiy tezlikda yo’naltirkichlar (2) da bo’ylama 
harakatlanadi. Stolning ustki qismida yoritkich (5) o’rnatilgan bo’lib, undan 
tushudigan yorug’lik optik trubkalarga tushadi.
Trubkalar stol ostida joylashgan turel valiga o’rgnatilgan. Turel (8) 
trubkalar bilan birgalikda doimiy burchak tezlikda aylanadi. Turelning bir 
aylanishida stol 4 sm.ga siljiydi. Turelning aylanish o’qi vertikal tekslikda burchak 
ostida joylashgan. Har bitta trubka ketma-ket aylanma harakatlanib, uzunligi 80 
sm, eni 1 sm yuzani o’lchaydi. Turelning bir marotaba to’liq aylanishida 
4x80=320
0
yuza o’lchanadi. Mashinada turelning har bir aylanishida 320 impuls 
beruvchi indiksion ginerator mavjud. Impulslar ginerator kuchaytirgichi orqali 
fotorele (10) ga va elektron hisoblagich (11) ga uzatiladi. Tablo 12 sm
2
dagi 
o’lchov natijalarini ko’rsatadi. Stol (3), turel (8) va impulslar gineratoriga harakat 
tishli uzatmalar tizimi orqali beriladi. Fotorelening elektrik sxemasi shunday 
tuzilganki, ginerator va impulslar hisoblagichi o’rtasidagi kinematik zanjir relega 
yorug’lik tushganda andozaning yuzasini o’lchaydi.

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling