1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana03.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1691098
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
amaliylar lotin

13-AMALIY MAShG’ULOT.
Gazlamaning eni, uzunligini o’lchash va nuqsonlarinin 
aniqlash mashinalari.
Ishni bajarishdan maqsad gazlamaning enini, uzunligini o’lchash va 
nuqsonlarini aniqlash mashinalarining konstruktciyalari va ishlash printcipini 
o’rganish.
Tayyorlov bichish ishlari kiyimlarni tayyorlashning boshlang’ich 
bosqichidir. Tayyorlov ishlari gazlamani qabul qiolish va nuqsonlarni 
tekshirishdan boshlanib, uning enini, uzunligini o’lchash hamda nuqsonlarini 
aniqlash asosiy texnologik jarayon hisoblanadi. 
Tikuvchilik korxonalariga gazlama o’ram yoki taxlam shaklida qabul 
qilinadi. Qabul qiluvchi gazlamani artikuli va hujjatlari bo’yicha tekshiradi.
Tayyorlov-bichish ishlarini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari 
quyidagilardan iborat:
- mehnat unumdorligini oshirish, gazlamalarni tayyorlash va bichish texnologik 
jarayonlarini takomillashtirish;
- gazlamalarni qabul qilish va tayyorlashda ishlarni mexanizatciyalash;
- qo’l mehnatini engillashtiruvchi avtomatik qurilmalar bilan taminlangan 
mashinalar konstruktciyasini takomillashtirish;
- mehnat unumdorligini oshiruvchi kichik mexanizatciyalashgan moslama va 
qurilmani yaratish;
- gazlamani bichishning samarali usullarini ishlab chiqish va tadbiq qilish.
Ko’pgina tikuvchik korxonalarida gazlamalarning uzunligini va enini 
o’lchash, nuqsonlarini aniqlashni har xil konstruktciyadagi mexanizatciyalashgan 
dastgohlarda bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi. RS-1, RS-2, PRS-140, PRS-160 
dastgohlari ana shular jumlasidandir.


RS-1 markali o’lchash mashinasi yarim avtomat hisoblanib, unda 
gazlamaning eni va uzunligini o’lchash, o’ramlarga o’rash, mashinani to’xtatish 
jarayonlari avtomatik ravishda bajariladi. Mashinada gazlamani uzunasiga 
tasvirlovchi maxsus qurilma mavjud. Gazlama ishchi tomonida ekran bo’ylab 
yuqoridan pastga harakatlanadi. Ish jarayonida gazlamaning harakat tezligini 9-
20 m\min oraliqda sozlash mumkin. Gazlama enini o’lchash fotoelektronik 
datchiklar yordamida amalga oshiriladi. Fotoelektronlarning impulslar hisobi 
yozuvchi qurilmaga uzatiladi. O’lchash natijalari har 0,5; 1,5; 2 va 3 m oraliqlarda 
tasmaga yozib boriladi. Nuqsonlarni yaxshi aniqlash uchun organik shishadan 
tayyorlangan yorug’lik beruvchi ekrani 20
0
burchak ostida joylashtirilgan RS-2 
mashinasi gazlamani o’ramdan ajratib, ekran bo’ylab harakatini taminlovchi 
hamda gazlama eni, uzunligini o’lchovchi va nitijalarini yozib oluvchi 
mexanizmlar guruhidan tuzilgan (36-rasm).
Gazlamaning ekran bo’ylab harakatini taminlovchi val (8) ni 
elektryuritkichlar (2, 7) harakatga keltiriladi. Val (8) harakatini elektryuritkich (2) 
ning variatori orqali oladi. Uzatishlar soni 35 ga teng. Vallar (8, 19) ni aylanishdan 
to’xtatish uchun tasmali to’xtatkich o’rnatilgan. To’xtatkich shkivi (5) tasma (4), 
richag (3) va elektrmagnit o’ramlaridan tuzilgan. Shkiv reduktor valining 
konussimon qismiga o’rnatilgan. Tasmaning bir tomoni mashinaga 
mahkamlangan, ikkinchi tomoni esa richag (3) bilan, richag (3) o’z navbatida 
elektrmagnit o’rami (6) bilan bog’langan. Elektryuritkich ajratilgandan so’ng 
elektrmagnit ishga tushadi. Val (8) aylanma harakatini tishli differentcial (9) va 
Z=34 m zanjirli uzatma orqali elektryuritkichi (7) dan oladi. Gazlama 
yo’naltiruvchi vallar (11, 12) dan o’tkazilib, eni va uzunligini o’lchovchi qurilma 
orqali val (17) ga o’raladi. 


36-rasm. RS-2 mashinasining kinematik sxemasi.
17-val, 18-valning ishqalanish kuchi yordamida aylanma harakatga 
keltiriladi. Mashinada gazlama enini o’lchash uchun fotoelementlar, uzunligini 
o’lchash uchun esa hisoblagich qo’llanilgan. Vall (17) ga gazlama to’liq 
o’ralgandan so’ng, shkiv (15) yordamida mashinadan avtomatik ravishda 
to’xtaydi. RS-2 mashinasining asosiy kamchiligi shundaki, o’ramning boshlanishi 
va oxirida o’tadigan gazlamani o’lchasada, nuqsonlarini aniqlash avtomatik 
bajarilmaydi.

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling