1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/28
Sana03.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1691098
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
amaliylar lotin

IShNI BAJARISh TARTIBI.
1.
95 rusumli tugma qadash yarim avtomatiga ustki ip taqiladi (29-rasm). Chap 
pedal bosilib, to’rt teshikli yassi tugma o’rnatiladi. Tepki ostiga materialni qo’yib, 
tepki tushiriladi. Maxovik g’ildiragini sekin aylantirlib, bitta kinematik davrda 
ishchi organlarning o’zaro harakati kuzatiladi.
2.
To’rt teshikli tugma qadaladi. Mashinani to’xtatish vaqtida qo’l yordamida richag 
(3) bosiladi, oyoq bilan ip qirquvchi qurilma pedali bosiladi (30-rasm, a).
3.
Chalishtirgich mexanizmining ishlash printcipi va sozlanishlari o’rganiladi. Buning 
uchun tugmaning surilishi va ignaning materialga sanchilishi vaqtida 
chalishtirgich va chetlatgichning o’zaro harakati kuzatiladi. Chalishtirgich (2) 


chetlatgich (1) va tezlanish buruvchi qurilma (13) ning konfiguratciyasi 
o’rganiladi.
4.
Chalishtirgich vintini bo’shatib, uni burab, chalishtirgich uchining ignaga o’z 
vaqtida etib kelishi rostlanadi. Ignaning eng quyi holatida chalishtirgichning uchi 
igna o’qidan 4-4,5 mm masofada joylashishi kerak (30-rasm, b). Igna quyi 
holatidan 2-2,5 mm ko’tarilganda chalishtirgichning uchi igna ko’zidan 1-1,5 mm 
yuqorida joylashadi (30-rasm, d). Igna va chalishtirgich orasidagi tirqish 0,1 mm 
bo’lishi lozim (30-rasm, e). Chetlatgich (1) ning igna va chalishtirgich harakat 
yo’nalishiga nisbatan holati vintni (16) bo’shatilib rostlanadi (30-rasm, a). 
Chalishtirgich (2) tezlatgichining o’z vaqtidagi harakati val (25) dagi krivoship (26) 
vint (27) ni bo’shatib burash yo’li bilan rostlanadi.
5.
Planka (15) ning surilishi, kopir g’ildiragi (7) konfiguratciyasi, rolik (6) va ikki elkali 
richag (5) ga harakat uzatilishi kuzatiladi. Sterjen (19) bilan mufta (22) sterjen 
(19) va planka (15) ning o’zaro bog’lanishi o’rganiladi. Tepki ostiga qog’oz qo’yilib 
bo’ylama surilish uzunligi o’lchanadi. Bo’ylama surilish uzunligi mufta (22) dagi 
vint (21) ni bo’shatilib rostlanadi. Shatun (18) va koromislo (14) harakatlari 
o’rganiladi. Ko’ndalang surilish uzunligi gaykani bo’shatilib, shpilka (4) ni chapga 
siljitib o’zgartiriladi. Planka (15) ning igna harakat yo’liga nisbatan holati richag 
(23) ni burash yo’li bilan rostlanadi.
6.
Ipni qirqish mexanizmining tuzilishi va sozlanishlari o’rganiladi. 
7.
Ikki va to’rt teshikli tugmalar qadab ko’riladi.


30-rasm. 95 rusumli yarim avtomatning kinematik va igna hamda 
chalishtirgichlarni o’rnatish sxemasi
Hisobotda 95 yarim avtomatida tikilgan choklar chizma ko’rinishida 
chiziladi. Materialni surish mexanizmi alohida chizilib, sozlanishlari bajariladigan 
qismlariga belgilar qo’yiladi. Yarim avtomatning tciklogrammasi tuziladi. 
Mashinadagi sozlanishlarning bajarilishi haqida tushunchalar beriladi.



Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling