1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad


Download 2.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/28
Sana03.10.2023
Hajmi2.11 Mb.
#1691098
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
amaliylar lotin

IShNI BAJARISh TARTIBI.
 
1.
294-1852-082 rusumli tikuv mashinasiga ustki ip taqiladi (9-rasm).
2.
Ostki ipni taqish uchun naycha (3) naycha ushlagich sterjeni (4)ga iydiriladi va 
qopqog’i (1) yopiladi (12-rasm).


3.
O’ng qo’l yordamida maxovik g’ildiragini aylantirib igna bir marta gazlamaga 
sanchilib chiqqandan keyin ustki ip tortilib ostki ip igna plastinasi yuzasiga olib 
chiqiladi.
4.
Gazlama tepki ostiga qo’yilib, mashina ishga tushiriladi va parallel baxyaqatorlar 
yuritiladi.
5.
Frantal qopqoq ochilib va igna plastinasi surilib igna va mokining ishi kuzatiladi.
6.
Ignalarning igna yuritkichga o’rnatilishi o’rganiladi.
7.
Naychaga ip o’raydigan qurilmaning tuzilishi va ishi o’rganiladi. Mokini ignaga 
nisbatan sozlanadi.
8.
Mashina mexanizmlarining moylanishi o’rganiladi.
Hisobotda 294-185082 tikuv mashinasi moki va igna mexanizmlarining 
knematik sxemalari chiziladi. Sxemada ignaning veritkal sozlanishi - // , iganning 
tishli reykaga nisbatan holati - // , moki uchining ignaga щz vaqtida etib kelishi 
rostlanadigan joy - // , igna va moki orasidagi tirqish - // , chetlatkichning naycha 
ushlagichga nisbatan holati - // harflari bilan belgilanadi. Ushbu sozlanishlar 
to’g’risida tushunchalar beriladi.
 
11-расм четлаткич ва мокининг жойланиши


 
12-rasm. Ipli naychani moki qurilmasiga o’rnatish

 
 


6-AMALIY MAShG’ULOT .
IKKI IGNALI ZANJIRSIMON BAXYaLI TIKUV MAShINALARI.
 
Ishni bajarishldan maqsad ikki ipli zanjirsimon baxya hosil bo’lishida ishchi 
organlarning o’zaro harakatlari, mexanizmlarning tuzilishlari va asosiy 
sozlanishlarini o’rganish. Ishni bajarishda ikki ignali zanjirsimon baxyali tikuv 
mashinasi, ularning konstruktiv sxemalari va sozlash asboblari qo’llaniladi.
Tikuvchilik sanoatida natural va sintetik tolalardan to’qilgan trikotaj 
gazlamalar keng qo’llaniladi. Trikotaj gazlamalarni tikishda chok elastikligini 
taminlash juda muhim hisoblanadi. Buning uchun parallel zanjirsimon 
baxyaqatorlardan foydalaniladi. Ikki ignali janjirsimon bayali tikuv 
mashinalaridan shimlarning yon va o’rta qismlari, erkaklar ko’ylagining qo’l 
tomonlarini 
tikishda 
foydalaniladi. 
Hozirgi 
paytda 
tikuvchilik 
korxonalarida “Pfaff”, “Zinger” firmalari va Podolsk mexanika zavodining 
zanjirsimon baxyali tikuv mashinalari keng qo’llaniladi.
Mashg’ulotni “Pfaff” firmasining 5487R16980B rusumli ikki ignali tikuv 
mashinasi misolida o’tkaziladi. “Pfaff” firmasi ishlab chiqaradigan bu mashina 
shimning o’rta qismlarini va qalin gazlamalarni ikkita parallel ikki ipli zanjirsimon 
baxyaqator yuritib tikishga mo’ljallangan. Asosiy valining aylanish chastotasi 
5000 ayl/min.gacha, baxyasining yirikligi 0 dan 6 mm.gacha rostlanadi, parallel 
ignalarining oralig’i 2 mm. Tepkisining ko’tarilish balandligi 8 mm. 
Mashinada ignalar mexanizmi, fazoviy murakkab harakat qiladigan ikkita 
chalishtirgich, gazlamalarni suradgan reykali mexanizm bor. Mashina g’ildirakli 
nasos bilan ishlaydigan markazlashgan avtomatik moylash tizimi bilan 
taminlangan. Gazlamani ustidan surish uchun tepkiga harakat beruvchi 
ellipsimon mexanizm o’rnatilgan.
Ustki ipni taqish uchun maxovik g’ildiraginiburib, ignalar (1,2) eng yuqori 
holatga ko’tariladi, chap igna (2) ning ustki ipi taqiladi (13-rasm). Buning uchun 


g’altakdan chiqqan ip g’altak tayanchi ustidan sterjen teshiklaridan, birin-ketin ip 
yo’naltirish teshiklari orasidan aylantirilib, ip yo’naltirish teshigi (9) ga kiradi. 
Keyin ip o’ngdan chap tomonga ip yo’naltirgich (8) ning keyingi teshigidan 
o’tkazilib, ip uzatkichlar (7,6) ning keyingi teshigiga kiritiladi, yuqoridan pastga 
tomon ip yo’naltirkich (5) ning halqasidan o’tkazilib, igna tutkich (3) ga 
mahkamlangan ip yo’naltirgich (4) ning teshigidan olib o’tiladi va tikuvchidan 
oldinga tomon yo’naltirishda igna (2) ning ko’ziga taqiladi. 
O’ng tomondagi igna (1) ga ham ip shu tarzda taqiladi. Tikishni boshlash uchun 
ignalarga taqilgan iplarning uchidan 60-70 mm uzunlikda chiqariladi.
Chalishtirgichlar (1,2) ning ostki iplarini taqish uchun olidindan platforma 
ustidan qopqoq ochiladi (14-rasm, b). Maxovik g’ildiraginni 
burib, chalishtirkichlar (1,2) ni o’ng tomondagi eng chetki holatga qo’yish kerak.
13-rasm. “Pfaff” firmasining 5487R16980B ikki ignali zanjirsimon baxyali 
tikuv mashinasiga ustki ipni taqish.


14- rasm. “Pfaff” firmasining 5487R16980B ikki ignali zanjirsimon baxyali tikuv 
mashinasiga ostki ipni taqish.
Chalishtirkich (2) ning ipini taqish uchun g’altakdan chiqqan ip g’altak 
tayanchi tepasida joylashgan sterjendagi teshiklardan, ip yo’naltirish teshiklari 
(10,11) dan o’tkaziladi, taranglash rostlagichi shaybalari (9) orasidan pastdan 
yuqori tomon faylantirilib, ip yo’naltirish teshigi (8) ga kiritiladi (14-rasm, a). Ip 
yo’naltirkich (7) ning teshigi orqali pastga tomon plastina (6) ning tshiklaridan 
o’tkazilib, mashina platformasi ustida uzunasiga o’rnatilagnn plastinka (5) 
tagidan olib o’tiladi. So’ngra ip yo’naltirkich (4) ning teshiklaridan o’tazilib, ip 
uzatkich (3) orqali chalishtirkich (2) ning ikkita teshigidan birin-ketin o’tkaziladi 
(14-rasm, b). Oldingi chalishtirkich (1) ga ham ostki ip yuqoridagi tarzda taqiladi.
Ignalar (1,2) igna tutkichning oxirigacha taqab qo’yilib, vint yordamida 
mahkamlanadi. Ignalarning uzun ariqchasi tikeuvchi tomonga qaragan bo’lishi 
kerak. Baxya yirikligini oshirish uchun dastak (13) yuqoriga ktarilib, shkaladagi 
kerakli raqamga keltirilai (13-rasm).
5487R16980B rusumli tikuv mashinasini o’rganishdan oldin uning tashqi 
ko’rinishi va platforma konfiguratciyasiga etibor qaratiladi. Ipning parallel 
zanjirsimon baxyasi hosil bo’lishini kuzatish uchun mashinaga turli rangdagi ustki 
va ostki iplar taqiladi.


15-rasm. Igna (a) va chalishtirgichlarning (b) rostlanishi.
Ignaning gazlamaga sanchilishi va igna ipidan halqa hosil bo’lishida 
chalishtirkichning ignaga nisbatan harakatiga etibor qaratish lozim. Baxyaning 
taranglanishi kuzatiladi.
Igna mexanizmi moki baxyali tikuv mashinalaridagi igna mexanizmlariga 
o’xshash bo’lib, rostlanishlari ham bir xil tartibda bajariladi. Chalishtirkich 
mexanizmining zvenolari va sharsimon sharnirlarning harakat traektoriyalari 
kuzatiladi. Gazlamani surish mexanizmi reykali bo’lib, u ellipssimon traektoriya 
bo’ylab harakatlanadi. Reykani vertikal va garizontal surish tugunlarining tuzilishi 
va ularning o’zaro bog’langan holda ishlanishi kuzatib, ularning alohida 
kinematik sxemalari chiziladi hamda yuqorida o’rganilgan gazlamani surish 
mexanizmlari bilan taqqoslanadi.

Download 2.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling