1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
amaliylar lotin
7-AMALIY MAShG’ULOT.
SINIQ BAXYaQATORLI TIKISh MAShINALARI. Ishni bajarishdan maqsad siniq baxyaqatorli tikish mashinalari ishchi organlarining o’zaro ishini, mexanizmlarning tuzilishi va sozlanishlarini o’rganish. Ishni bajarishda siniq baxyaqator yurituvchi tikuv mashinasi, uning kinematik sxemasi va umumiy ko’rinishi, iplar, gazlama va sozlash asboblari qo’llaniladi. Siniq baxyaqator moki baxya hamda zanjirsimon baxya mashinalarda yuritilishi mumkin (16-rasm, a). Bu turdagi baxyaqator qurish va bukib tikish ishlarida, to’rlarni, qoplama bezaklarn ulashda, detallarni tutashtirib tikishda, bezak guli takrorlanib turadigan eng oddiy kashta baxyaqatorlar yuritishda, halqalarni yo’rmashda ishlatiladi. Moki baxya mashinalarda siniq baxyaqator yuritishda igna bo’ylama harakatidan tashqari baxyaqatorning ko’ndalangiga (platformaning uzunasiga) ham harakatlanadi, shuning uchun mokining aylanish teksligi ignaning og’ish teksligiga parallel tushadigan qilib burilgan bo’ladi. 16-rasm. Siniq baxyaqatorlarning ko’rinishlari. Siniq moki baxyaqator quyidagicha hosil bo’ladi: igna chapdan teshib (1) eng quyi holatdan ko’tarilayotganda ustki ipdan halqa hosil qiladi, bu halqani mokining uchi ilib olib, naycha atrofidan aylntirib o’tadi; igna materialdan chiqib, baxyaqatorning ko’ndalangiga og’adi (reyka bu paytda materialni bir baxyaqator kengligicha suradi) va ikkinchi teshik (2) ni teshadi. Keyin jarayon takrorlanadi. Bezak ishlarini bajarishda detallarni bir-biriga juda pishiq qilib ulash uchun ko’p sanchiqli siniq moki baxyaqator yuritiladi. Bu baxyaqatorlar bir va ikki ignali mashinalarda amalga oshiriladi (16-rasm, b). Rasmda o’p sanchiqli baxyaqatorlar – uch, olti, o’n ikki va ikiita ketma-ket takrorlanadigan baxyalar tasvirlangan. Siniq baxyaqatorli tikish mashinalarida mokining diametri ancha kattalashtirilgan. Shu yo’l bilan moki uchining igna ipi halqasiga o’z vaqtida etib kelish burchaklarini kamaytirishga erishish mumkin. Biroq bunda igna ipining eyilishi oshadi. Ipning eyilishini kamaytrish uchun quyidagi echimlarni ham qo’llash mumkin: 1. Mokining noteks harakatini taminlash orqali uning ikkinchi holatidagi aylanishini kamaytirish mumkin. Bu usulni yuqori tezlikda ishlaydigan mashinalarda qo’llab bo’lmaydi. 2. Moki o’qini siljitish yo’li bilan moki uchining igna ipi halqasini o’z vaqtida ilib olishini taminlash mumkin. Biroq mokining noteks davriy harakati meanizm detallarining tez eyilishiga olib keladi. 335-121 rusuml tikuv mashinasini o’rganishdan oldin igna mexanizmining tuzilishi va ishlash printcipi to’g’risida alohida to’xtalamiz. Bu mashinada igna vertikal ilgarilanma-qaytma harakatdan tashqari gorizontal og’ma harakatni bosh valdan tishli uzatma, richag kulisa orqali oladi. Siniq baxya hosil qilishda (1) ning korpus (5) ichiga o’rnatilishi ikki xil sozlanishlarni bajarish imkonini beradi (17-rasm). Kulisa (1) o’yig’i burilish burchagining o’zgarishi natijasida siniq baxya enining o’zgarishi taminlanadi. Buning uchun kulisa (1) stupitsasi (2) ga kiydirilgan richag burladi. Baxyaqatorning igna plastinasiga nisbatan holatini rostlash uchun richag (8) buriladi va silindr burchak ostida joylashadi, kulisa esa b masofaga siljiydi. Shatun (10) ramka (9) ni igna plastinasi markaziga nisbatan siljitadi (18-rasm). Igna mexanizmining gorizontal tugunini detallarga ajratishda kulisaning korpus (5) ga mahkamlanish usuliga, kulisa stupitsasining holatiga, richagning o’rnatilishiga va silindr (30 ga etibor qaratish lozim. Moki mexanizmini o’zganishda mokining ignaga nisbatan holatiga, mokiga harakat uzatilishiga, vallar tayanchlariga, moki va chetlatkich o’ljamldariga etibor beriladi. 17-rasm. 355-121 rusumli tikuv mashinasining siniq bahyaqator enini o’zgartirish qurilmasi. 18-rasm. 335-121 rusumli tikuv mashinasining kinematik sxemasi Gazlamani sirish mexanizmida ekssentrisiteti valiga nsbatan o’zgaradigan eksssentrik qo’llanilgan. Dastak (2) burilganda detallarning o’zaro bog’lanishlari va richag (3) prujina (5) tasirida zvenolarning buralishiga yo’l qo’yilmasligi kuzatiladi (17-rasm). Richag (4) bosilganda zvenolarning siljishi, bunda gazlama surilishining o’zgarishi kuzatiladi. Barcha sozlanishlar mashinada bajariladi va uning ishlashi tekshiriladi. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling