1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
amaliylar lotin
IShNA BAJARISh TARTIBI. 1. 5487R16980B rusumli tikuv mashinasining igna va chalishtirkichlariga turli rangli iplar taqiladi. 2. Mashina maxovik g’ildiragining sekin buralib baxya hosil bo’lishida ishchi organlarning harakati kuzatiladi. 3. Ishchi organlarning o’zaro harakatini tasvirlovchi siklogrammasi chiziladi. 4. Chalishtirkichning harakat yo’li, ignaga nisbatan holati va igna ipi halqasiga o’z vaqtida etib kelishi kabi rostlanishlari bajarladi. 5. Ignaning chalishtirkich ustiga nisbatan vertikal holati (ignalarning to’g’ri o’rnatilishi kabi rostlanishlari bajariladi 15-rasm,a). 6. Chalishtirkichning ignaga nisbatan holati chalishtirkich tutkichining vintini bo’shatish yordamida ignaga nisbatan burab rostlanadi. Chalishtirkichlarning uchi ignalarning eng quyi holatida 4 mm oraliqda joylashishi kerak. Chalishtirkichlarning ignalarga nisbatan vertikal holati ular mahamlangan vintlarni bo’shatib, vertikal surish orqali rostlanadi. Ignalarning eng quyi holatida chalishtirkichlarning uchi igna ko’zidan 8 mm masofada joylashishi kerak. Chalishtirkichlar va ignalar orasidagi tirqish 0,1-0,2 mm bo’lishi, bunda chalishtirgichlar vertikal 5\ burchakda joylashgan bo’lishi kerak (15-rasm, b). 7. Gazlamani surish mexanizmining cho’zilishi va sozlanishlari o’rganiladi. Tishli reykaning igna plastinasiga nisbatan vertikal va garizontal holatlari rostlanadi. 8. Usti va ostki ip uzatkichlarning tuzilishi va rostlanishlari o’rganiladi. 9. Mashinaning moylash tizimi bilan tanishib chiqiladi. Hisobotda 5487R16980B rusumli tikuv mashinasi mexanizmlarining kinematik sxemalari chiziladi. Ishchi organlar harakatlarini tasvirlovchi siklogramma tuzilib, xarakterli nuqtalari belgilanadi. Mashina asosiy rostlanishlarining bajarilish tartiblari yoziladi va kinematik sxemalarda asosiy sozlanuvchi joylarga belgilar qo’yiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling