1-amaliy mashg’ulot. Tikuv mashinalari detallarining shartli belgilari. Ishni bajarishdan maqsad
Download 2.11 Mb. Pdf ko'rish
|
amaliylar lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-AMALIY MAShG’ULOT. ANDOZALAR YuZASINI O’LChASh MAShINASI
IShNI BAJARISh TARTIBI.
1. Mashinaning qopqog’ini ochib, mexanizmlarning ishlash printciplari va tuzilishlari bilan tanishiladi. 2. Gazlamaning ekran bo’ylab qanday harakatlanishiga etibor qaratiladi. 3. Fotoelektron datchiklarning vazifasi o’rganiladi. 4. RS-2 mashinasida gazlama ekran bo’ylab yo’naltiruvchi vallar (11, 12) orasidan o’tkazilib, o’lchash mexanizmi orqali val (17) ga o’raladi (36-rasm). Keyin mashina ishga tushiriladi. Gazlamaning ekran bo’ylab o’tishida nuqsonlari kuzatiladi va qog’ozga yozib boriladi. Gazlamaning eni va uzunligini o’lchash jarayonida har 5 metrda belgilab boriladi. 5. O’ramdagi gazlama o’tib bo’lgandan keyin val (17) chiqarib olinadi. 6. Olingan natijalar hisobotga kiritiladi. Hisobotda RS-2 mashinasining kinematik sxemasi chizilib, gazlama o’tadigan qismlari belgilab qo’yiladi. O’lchash jarayonida olingan natijalar haqida malumotlar beriladi. Mashinaning texnologik va konstruktiv kamchiliklari ko’rsatiladi. 14-AMALIY MAShG’ULOT. ANDOZALAR YuZASINI O’LChASh MAShINASI Ishni bajarishdan maqsad andozalar yuzasini o’lchash mashinasining tuzilishi va ishlash printcipi bilan tanishish. Gazlamalardan unumli foydalanish asosan andozalar yuzasini to’g’ri o’lchashga bog’liq bo’ladi. IL rusumli fotoelektron mashina tekis andozalarni o’lchash uchun mo’ljallangan. Unda uzunligi 100-500 mm, eni 100-750 mm andozalarni o’lchash mumkin. Mashinaning texnik ko’rsatkichlari. Mehnat unumdorligi, dona\soat 32 Koretkaning harakat tezligi, m\s 0,024 Andoza uzunligi, m 0,1-1,5 Andoza eni, m 0,1-1,75 Turel valining aylanishlar soni, ayl\min 235 Ginerator g’ildiraklarining aylanishlar soni, ayl\min 1410 Elektroyuritkich turi AO-21-2 Quvvati, kvt 0,27 Kuchlanish, v 220 Tashqi o’lchamlari, mm 3750x1270x1140 Massasi, kg 650 Andozalarni o’lchash aniqligi, % 0,2-0,6 O’lchanadigan andoza (4) qo’zg’aluvchan stol (3) ga joylashtiriladi (37- rasm). Stolning ostki qismiga yoysimon tirqishli po’lat list mahkamlangan. Qo’zg’aluvchan stol doimiy tezlikda yo’naltirkichlar (2) da bo’ylama harakatlanadi. Stolning ustki qismida yoritkich (5) o’rnatilgan bo’lib, undan tushudigan yorug’lik optik trubkalarga tushadi. Trubkalar stol ostida joylashgan turel valiga o’rgnatilgan. Turel (8) trubkalar bilan birgalikda doimiy burchak tezlikda aylanadi. Turelning bir aylanishida stol 4 sm.ga siljiydi. Turelning aylanish o’qi vertikal tekslikda burchak ostida joylashgan. Har bitta trubka ketma-ket aylanma harakatlanib, uzunligi 80 sm, eni 1 sm yuzani o’lchaydi. Turelning bir marotaba to’liq aylanishida 4x80=320 0 yuza o’lchanadi. Mashinada turelning har bir aylanishida 320 impuls beruvchi indiksion ginerator mavjud. Impulslar ginerator kuchaytirgichi orqali fotorele (10) ga va elektron hisoblagich (11) ga uzatiladi. Tablo 12 sm 2 dagi o’lchov natijalarini ko’rsatadi. Stol (3), turel (8) va impulslar gineratoriga harakat tishli uzatmalar tizimi orqali beriladi. Fotorelening elektrik sxemasi shunday tuzilganki, ginerator va impulslar hisoblagichi o’rtasidagi kinematik zanjir relega yorug’lik tushganda andozaning yuzasini o’lchaydi. Download 2.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling