1 amaliy mashg‘ulot


KISLOTALARNING OLINISH USULLARI


Download 25.74 Kb.
bet2/5
Sana01.03.2023
Hajmi25.74 Kb.
#1238674
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot

KISLOTALARNING OLINISH USULLARI

Kislotali oksidlarga suv ta’sir ettirib olinadi:


SO3 + H2O = H2SO4
N2O5 + H2O = 2HNO3
Metallmaslarga vodorod biriktirib olinadi:
H2 + Cl2 = 2HCl
H2 + S = H2S
Tuzlarga boshqa kislotalar ta’sir ettirish yo‘li bilan ham olinadi:
AgNO3 + HCl = AgCl + HNO3
2NaNO3+2H2 SO4 = Na2SO4 + 2HNO3


3.Asoslar (Gidroksidlar). Metall atomi va bir yoki bir nechta gidroksil gruppadan tashkil topgan murakkab moddalarga gidroksidlar deyiladi. Gidroksidlarda metall atomi doimo musbat oksidlanish darajasini, gidroksil gruppa esa o‘zgarmas manfiy bir oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Gidroksil gruppaning soni metallning valentligiga teng bo‘ladi.

Na+ OH-1, Mg+2 (OH)-2, Al+3 (OH)-3


Gidroksidlar ikkiga bo‘linadi: suvda yomon eriydigan va suvda yaxshi eriydigan. Suvda yaxshi eriydiganlari ishqorlar, suvda yomon eriydiganlari esa asoslar deb ataladi. Suvda yaxshi eriydigan asoslardan ammoniy gidroksid aloxida o‘rin tutadi. Ishqoriy va ishqoriy-er metallarining gidroksidlari suvda yaxshi eriydi, shuning uchun ular ishqorlar deyiladi.


Masalan: Be(OH)2, NaOH, LiOH, KOH, CsOH


Davriy sistemadagi I va II gruppaning yonaki gruppacha va III, IV, V, VI, VII, VIII gruppa metallarining gidroksidlari suvda yomon eriydi, bular asoslar deyiladi. Asoslarning ko‘pchiligi suvda erimaydi. Asoslarning formulasini yozishda metall belgisidan so‘ng uning valentligi nechaga teng bo‘lsa, shuncha gidroksil yoziladi.


Masalan: Cu(OH)2, Fe(OH)2, Hg(OH)2
NH4OH - ammoniy gidroksidi, metall atomi bo‘lmagan yagona gidroksid ham asoslar qatoriga kiradi.



Download 25.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling