1-Amaliy mashg'ulot. Xom ashyoning mineralogik tarkibi. Texnologik hisobotlarda xom ashyoning mineralogik tarkibining ahamiyati
Download 15.17 Kb.
|
1 amaliyot
1-Amaliy mashg'ulot. XOM ASHYONING MINERALOGIK TARKIBI. TEXNOLOGIK HISOBOTLARDA XOM ASHYONING MINERALOGIK TARKIBINING AHAMIYATI Mis boyitmasining rastional tarkibini hisoblash. Rastional tarkibi hisoblanayotgan mis boyitmasining kimyoviy tarkibi quyidagicha,%: Cu - 17; Fe - 34; S - 36; Zn - 6; SiO2 - 4; Al2O3 - 1 va boshqa elementlar - 2. Asosiy minerallarga xalkopirit CuFeS2, pirit FeS2, pirrotin Fe7S8, sfalerit ZnS, silikatlar va boshqalar kiradi (bu erda pirrotin monoklin formasida ishtirok etadi deb belgilaymiz). Hisob-kitoblarni 100 kg shixta uchun olib boramiz. Dastavval sfaleritdagi oltingugurt miqdorini topamiz: X1 (S) = 32 5 : 65 = 2,45 kg Bundan kelib chiqib, hammasi bo'lib sfaleritning umumiy miqdori: (ZnS) = 6 + 2,45 = 8,45 kg bo'ladi. Xalkopiritdagi temir va oltingugurt miqdorini hisoblaymiz: oltingugurt miqdori mis miqdoriga, ya'ni 17 kg ga teng, temir miqdori esa X2 (Fe) = 56 17 : 64 = 14,9 kg Xalkopiritning umumiy miqdori: (CuFeS2) = 17 + 14,9 + 17 = 48,9 kg ga teng. Oltingugurt va temirning qoldiq miqdorini topamiz: (S) = 36 - 17 - 2,45 = 16,55 kg; (Fe) = 34 - 14,9 = 19,1 kg. Piritdagi temir miqdorini X3 kg va pirrotindagi miqdori 19,1-X3 kg deb belgilaymiz. Piritdagi bog'langan oltingugurt miqdori X3 64 : 56, pirrotindagi oltingugurtning miqdori esa (19,1 - X3) (32 8) : (56 7) kg. Ularning umumiy summasi oltingugurtning butun qoldig'iga teng: X3 64 : 56 + (19,1 - X3) (32 8) : (56 7) = 16,54 kg Tenglamani echib, X3=8,3 kg ekanligini topamiz. Bu erdan piritdagi oltingugurt miqdorini topamiz: (S) = 64 8,3 : 56 = 9,5 kg. Piritni umumiy miqdori esa 8,3 + 9,5 = 17,8 kg ga teng. Pirrotindagi temir miqdori F'e = 19,1 - X3 = 19,15 - 8,3 = 10,8 kg, oltingugurt miqdori esa S = 256 10,8 : 392 = 7,05 kg ga teng. Bundan kelib chiqib, pirrotinning umumiy miqdori 10,8 + 7,05 = 17,85 kg bo'ladi. Hisob-kitoblar natijasini 1-jadvalga kiritamiz. Mis boyitmasining rastional tarkibi, % 1-jadval. Minerallarning nomlanishi Su Fe S Zn Boshqalar Hammasi Xalkopirit 17 14,9 17 - - 48,9 Pirit - 8,3 9,5 - - 17,8 Pirrotin - 10,8 7,05 - - 17,85 Sfalerit - - 2,45 6 - 8,45 Boshqalar - - - - 7 7 Jami 17 34 36 6 7 100 Rux boyitmasining ratsional tarkibini hisoblash. Quyidagi tarkibli rux boyitmasining rastional tarkibini hisoblaymiz, %: Zn-51; Pb-1,5; Cu-0,7; Fe-7,43; S-31,0; CaO-1,0; MgO-0,5; SiO2 -3,0; Al2O3 -1,1; boshqalar-1,44. Asosiy minerallarga sfalerit ZnS, xalkopirit CuFeS2, galenit PbS, pirit FeS2, kvarst va boshqalar kiradi. Bu misolda temir uch mineral tarkibida uchraydi: xalkopirit, pirit, pirrotin. Xalkopirit tarkibidagi temir va oltingugurt miqdorini aniqlaymiz. Xalkopiritning kimyoviy formulasi bo'yicha uning tarkibidagi oltingugurt miqdori mis miqdoriga teng, ya'ni bizning misolimizda bu 0,7 kg bo'ladi. Xalkopirit tarkibidagi temir miqdorini topamiz: X = 0,7 56 : 64 = 0,61 kg Xalkopiritning umumiy miqdori: 0,7 + 0,61 + 0,7 = 2,01 kg ga teng. Galenit tarkibidagi oltingugurt miqdori quyidagicha bo'ladi: 1,5 32 : 207 = 0,23 kg. Galenitning umumiy miqdori 1,5 + 0,23 = 1,73 kg. Sfalerit tarkibidagi oltingugurt miqdorini topamiz: 51 32 : 65 = 25,1 kg. Sfaleritning umumiy miqdori esa 25,1 + 51,0 = 76,1 kg. Oltingugurt va temirning qoldiq miqdorlarini topamiz: oltingugurt = 31,0 - 0,7 - 0,23 - 25,1 = 4,97 kg; temir = 7,43 - 0,61 = 6,82 kg. Oddiy sulfiddagi temir miqdorini 6,82 - X bilan belgilab tenglama tuzamiz: X 32 : 56 + (6,82 - X) 64 : 56 = 4,97 kg. Tenglamani echib, x = 4,93 kg temir ekanligini topamiz. Bu bilan bog'langan oltingugurt miqdori 4,93 32 : 56 = 2,82 kg teng. Hammasi bo'lib temir sulfidining miqdori 2,82 + 4,97 = 7,79 kg bo'ladi. Bu miqdor sfalerit massasining 7,79 100 : 76,1 = 10,24 foizini tashkil qiladi. Bu ko'rsatkich mineralogiya bo'yicha adabiyotlarda keltirilgan sfaleritda 20% gacha G'eS bo'lilish xaqidagi ma'lumotlarga to'g'ri keladi. Bundan kelib chiqib sfalerit tarkibida 4,93 kg temir va 2,82 kg oltingugurt bo'ladi. Piritning boyitmadagi miqdori 1,89 + 2,15 = 4,4 kg ni tashkil qiladi. Pirit tarkibidagi temir miqdori 6,82 - 4,93 = 1,89 kg, oltingugurt miqdori 4,97 - 2,82 = 2,15 kg bo'ladi. Boyitmadagi SaSO3 miqdori 1 100 : 56,1 = 1,78 kg ga, shu bilan birga SO2 miqdori 1,78 - 1 = 0,78 kg ga teng. MgCO3 miqdori 0,5 84,3 : 40,3 = 1,05 kg ga, shu bilan birga SO2 miqdori 1,05 - 0,5 = 0,55 kg ga teng. Hisob-kitob natijalaridan 2-jadvalni tuzamiz. 2 - jadval. Rux boyitmasining rastional tarkibi, %. Mineral nomi Zn Cu Pb S Fe CaO MgO CO2 Boshqalar Hammasi Sfalerit 51 27,92 4,93 83,85 Xalkopirit 0,7 0,7 0,61 2,01 Galenit 1,5 0,23 1,73 Pirit 2,15 1,89 4,04 CaSO3 1 0,78 1,78 MgCO3 1 0,55 1,55 SiO2 3,0 3,0 Al2O3 1,1 1,1 Boshqalar 1,44 1,44 Jami 51 1,7 1,5 31,00 7,43 1 1 1,33 5,54 100 Download 15.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling