1-amaliy mashg’uloti: О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash


Download 338.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana11.11.2023
Hajmi338.82 Kb.
#1767245
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash DARSLIK

11– AMALIY MASHG’ULOT 
Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash 
Maqsad: о’quvchilar tempramentini G.Y.Ayzenk testi orqali aniqlash va 
ularga individual yondashishi kо’nikmalarini hosil qilish.
О’quv jihozlari: G.Y.Ayzenk testi, oliy nerv faoliyati – temperamentlar 
haqidagi ma’lumotlar. 
Amaliy mashg’ulotning nazariy qismi
Sangvinik: Bо’lar-bо’lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi. Muhim 
bо’lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Tetik va zо’r qо’zg’alish bilan javob beradi. 
Diqqatini tez bir joyga tо’playdi. Aktivligi yuksak, juda g’ayratli va ishchan, 
toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g’ayrat bilan kirishadi. Uni 
intizomga chaqirish oson. U о’z hissiyotlarini ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola 
oladi. Nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi. Aqli tez ishlaydi, topqir. 
Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda о’zgaruvchan. Yangi 
sharoitga osonlik bilan о’rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez kо’cha oladi. 
Ekstrovertlik xususiyatiga ega. 
Xolerik: О’zini ushlay olmaydigan, betoqat, bexalovat, serzarda, jizzaki. 
Insonlar bilan munosabatda keskin va shartaki. Muammoni yechimini topa oladigan, 
bir maromda ishlamaydigan, tavakkalchi. Zо’r qatiylikka ega, diqqatini kо’chirishda 
qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo 
unga qiziqsa. 
Flegmatik: Hissiy qо’zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish
kayfiyatini buzish qiyin. Katta kо’ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini 


50 
buzmaydi. Imo-ishoralari oz, g’ayrati, ishchanligi, chidamliligi, matonati, о’zini tuta 
bilishi bilan ajralib turadi. Faolligi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, 
ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan tо’playdi. Diqqatini qiyinchilik bilan kо’chiradi. 
Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. 
Melanxolik: Arzimagan sababga kо’ra, kо’zlaridan yosh oqib ketaveradi. 
Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. О’ziga 
ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan bо’lsa, qо’lini yuvib 
qо’ltig’iga urib qо’ya qoladi. G’ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg’iydi, barqaror 
emas. Psixik tempi sust. Introvertlik xususiyatiga ega. 
4. Testdan foydalanib o’quvchilarning oliy nerv faoliyati tiplarini aniqlang. 
Kishilarda nerv tiplarini aniqlash bo’yicha juda ko’p xilma-xil metodlar 
mavjud bo’lib, biz ushbularning ichidan A. Belovning metodini tanlab oldik. Bu 
metod “Znanie-sila” oynomasida 1971 yil 1-son, 54 betida e’lon qilingan. Muallif 
temperament “pasportini” to’ldirishni, keyin esa ancha oddiy matematik ishlov 
berish yo’li bilan temperament formulasini chiqarishni taklif etadi. “Pasport”ni 
to’ldirish da nima deb javob berishni, siz odatda har kuni (qandaylir alohida, 
favqulodda hollarda emas) o’zingizni qanday tutishingiz hisobga olish kerak. 
Shunday qilib quyidagi testga javob berilishi lozim: 

Download 338.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling