1-amaliy mashg’uloti: О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash


Download 338.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana11.11.2023
Hajmi338.82 Kb.
#1767245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash DARSLIK

SOMATOSKOPIYA 
1. Tashqi qoplam.. Terining elastikligini bilish uchun bosh va kо’rsatkich 
barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qо’yib yuboriladi. 
2. Muskullar. Muskullarni ushlab kо’rib uni yaxshi rivojlangan yoki yaxshi 
rivojlanmaganini bilish mumkin. 
3. Suyak skeleti. Suyaklarni ushlab kо’rib yirik yoki nozik ekaligini bilish kerak. 
4. Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N, O va X shaklida bо’ladi. Normal oyoqlarda 
son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O- shaklida tizza bilan oyoq panja 
bir-biriga tо’g’ri kelmaydi. X- shaklida tizza ichkariga bukilgan bо’ladi. 
5. Kо’krak qafasi shakli. Uch xil kо’krak qafasi shakli farq qilinadi. 1-konus, 2-
silindrik, 3-yassi. Konussimon kо’krak qafasi muskullari rivojlangan odamda 
bо’ladi. Yassi kо’krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda 
kuzatiladi.Silindrik kо’krak qafasi normal xisoblanadi. 
6. Qaddi-qomat.Qaddi-qomat bosh, yelka kamari, kо’krak qafasining shakli, 
umurtqa pog’onasi, qorin, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog’liq bо’ladi. 
Normal qaddi-qomatda bosh tо’g’ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa 
pog’onasi normal egriliklarga ega, kо’krak qafasi silindr yoki konus shaklida 
bо’ladi. 
FIZIOMETRIYA 
1. Yelka oldi muskullari kuchini о’lchash uchun dinamometr asbobidan 
foydalaniladi.Dinamometr oldin о’ng qо’lga olinib bir urinishda bor kuch bilan 
siqiladi,sо’ng chap qо’l bilan xam bor kuch bilan siqiladi. Natija daftarga yozilib, 
2-jadval bilan solishtiriladi.
2. О’pkaning tiriklik sig’imini о’lchash. 
Ishdan maqsad: о’pkaning tiriklik sig’imi aniqlanadigan spirometr bilan 



tanishish va о’pkaning tiriklik sig’imini о’lchash usulini о’rganishdan iborat. 
Odam normal nafas olganda, о’pkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha 
havo yana tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas 
olingandan keyin, yana 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qо’shimcha havo deyiladi. 
Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish 
mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan 
keyin chuqar nafas olinganda о’pkaga kirgan havo miqdori о’pkaning tiriklik sig’imi 
deyiladi. 
О’pkaning tiriklik sig’imi-nafas olish havosi, qо’shimcha va rezerv havo 
yig’indisi (500+1500+1500)dan iborat bо’lib, u о’rtacha 3500 ml. ga teng. 
О’pkaning tiriklik sig’imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog’lig’iga qarab 
о’zgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, о’pkadagi havoning 
hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi о’pkada qoladi. Bu havo qoldiq 
havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bо’ladi. О’pkaning tiriklik 
sig’imini о’lchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindrdan 
tuzilgan bо’lib, uning kattasiga suv tо’ldirilgan, kichigi esa katta silindr ichiga 
kiritilgan. Kichik silindr katta silindr ichida oson harakatlanishi uchun uning 
yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali haltakka birlashtirilgan. Katta silindr 
tubining о’rtasiga temir naycha о’rnatilgan bо’lib, uning yuqorigi uchi silindrdagi 
suvdan bir oz kо’tarilib turadi, ikkinchi uchi esa silindr tagidan tashqariga chiqarilib, 
rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik 
silindr yuqoriga kо’tariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan 
bilish mumkin. 

Download 338.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling