19
О’g’il
Qiz
7
40
35
8
45
38
9
52
41
10
56
44
11
58
47
12
60
51
13
63
53
14
65
55
15
67
58
16
70
62
17
75
66
18
80
72
Talabalarda faol diqqat barqarorligi, kо’chuvchanligi va tezligini
aniqlash.
Faol diqqat mehnat faoliyati davomida rivojlanadi.
Mehnatning turlari faol
diqqatning xar xil xususiyatlarini rivojlantirib boradi. Masalan, ekranda aniq bir
informatsiyaning paydo bо’lishini kuzatib turgan operatorning diqqat-e’tibori juda
yuqori turg’unlikda bо’ladi:
axborotni eshitib qabul qilish, uni yodda saqlashga
ixtisoslashgan telegrafda diqqatning
xajmi rivojlanib boradi; avtobus xaydovchisi
о’z diqqat-e’tiborini bir joydan ikkinchi joyga (yо’l,
avtobus saloni, richagi,
boshqaruv qurilmalari va shu kabilarga) tez о’zgartirish qobiliyatiga ega bо’lishi
kerak.
Ish anjomlari: adashtirilib, egri-bugri chizilgan
chiziqlarni tasvirlovchi
maxsus jadval, ikki xil tasvirli rasm, sekundomerlar.
Tajriba о’tkazish tartibi: Talabalar ikkitadan bо’lib ishlaydi, ya’ni ularning
biri-tekshiruvchi,ikkinchisi–tekshiriluvchi. Tekshiruvchilar tezlik bilan 1—2 minut
davomida xar biri о’zining tekshiriluvchisi uchun bittadan 5-rasmda
kо’rsatilganidek jadval chizadilar va ularga tarqatadilar.
20
Tekshiriluvchilar buyrug’ga binoan 3 minut davomida kо’rsatkich yoki qalam
ishlatmasdan, faqat kо’z yordamida xar bir chiziqning oxirini topadi va birinchi
ustunda kо’rsatilgan о’zining tegishli nomeriga muvofiq xar bir chiziqning oxirini
о’sha nomer bilan belgilaydi, bu xol 1-rasmda 1- va 2- chiziqlar uchun kо’rsatilgan.
3 minutdan keyin ishi tо’xtatildi va uni tekshirib, 3 minut oralig’ida tо’g’ri topilgan
chiziqlar miqdoriga qarab faol diqqat darajasi baxolanadi. Sо’ngra,
tekshiriluvchilarga ikkilanuvchi tasvir beradigan rasm kо’rsatiladi, masalan yosh va
qari ayolning surati. Bu ikki obrazni qabul qilishlari
va anglab yetishlari uchun
ketgan vaqtni sekundomerlar yordamida aniqlaydilar. Diqqatni boshqa tomonga
yо’naltirish tezligining darajasi xaqida ikki obrazni ajrata olish uchun sarf bо’lgan
vaqtga qarab xulosa chiqariladi. Odam ikki suratni qancha tez vaqt ichida kо’rsa,
uning diqqat-e’tiborini boshqa tomonga yо’naltirish
qobiliyati shuncha yuqori
ifodalangan bо’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: