1-amaliy mashg’uloti: О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash


Download 338.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/28
Sana11.11.2023
Hajmi338.82 Kb.
#1767245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash DARSLIK




1-AMALIY MASHG’ULOTI:
О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash. 
Talaba va о’quvchilarning о’sishi va rivojlanishi hamma vaqt mos 
kelavermaydi. О’sish va rivojlanish tо’lqinsimon boradi. Maktab о’quvchisining 
meyorida о’sishi va rivojlanishi haqida kо’pgina son va sifat kо’rsatkichlarni 
aniqlab sо’ng aniq xulosaga kelish mumkin. 
Jismoniy rivojlanish deganda organizmning morfologik va funksional 
xususiyatlari tushuniladi. Jismoniy rivojlanish kо’rsatkichlari orasida antropometrik 
kо’rsatkichlar (somatometrik, somatoskopik va fiziometrik) asosiy о’rinni 
egallaydi.Somatometrik о’lchamlarga bо’yning balandligi,kо’krak qafasi 
aylanasi,bosh 
aylanasi,vazn 
о’lchovlari 
kiradi.Somotoskopiya 
(tashqi 
kuzatish).Bunday tekshiruvda tashqi qoplam, yog’ qatlami, mushaklar, skelet, 
oyoqlar shakli va tananing boshqa qismlari asosiy kо’rsatkichlar 
hisoblanadi.Fiziometriya,bunda о’pkaning tiriklik sig’imi, yelka oldi muskullar 
kuchi о’lchanadi. Jismoniy rivojlanish ma’lumotlari ma’lum yoshdagi kо’p 
odamlarda о’tkazilib, fiziologlar tuzgan jadvallarga solishtirilgan holda olib 
boriladi. Bunday jadvallarda о’rta ma’lumotlar keltirilgan. 
Ish uchun zarur narsalar:Tarozi, rostometr, santimetr lenta, spirometr, qо’l 
dinomometri, spirt, paxta . 
Ishning borishi: SOMATOMETRIYA 
1. Bо’yning о’lchami (sm). Bо’yning balandligi, rostomer-bо’y о’lchash asbobi 
yordamida о’chanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda 
tekshiriluvchining kuraklari, dumbasi va tavoni rostomerga tegib turishi kerak. 
Tik turganda bо’y rostomer shkalasining chap qismidan aniqlanadi. О’tirgan 
holda о’lchanganda tekshiriluvchining kuraklari va dumbasi rostomerga tegib 
turishi kerak. О’tirgan holda odamning bо’yi rostomerning о’ng tomonidan 
о’lchanadi. 
2. Kо’krak qafasi aylanasi. Kо’krak qafasining aylanasi uchta holatda-maksimal 
nafas olganda, nafas chiqarganda va pauzada о’lchanadi. Bunda tekshiriluvchi 



qо’llarini yonga ochib turadi. Erkaklarda kо’krak aylanasi о’lchanganda (sm) 
lenta kurakning pastki uchiga va kо’krak bezini о’rtasiga qо’yiladi.Ayollarda 
kо’krakning yuqori qismidan aylantirib о’lchanadi. 
3. Bosh aylanasi peshona usti bilan aylantirib о’lchanadi. 
4. Vazn tibbiyot tarozisida о’lchanadi. 

Download 338.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling