1-amaliy mashg’uloti: О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash


Download 338.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/28
Sana11.11.2023
Hajmi338.82 Kb.
#1767245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash DARSLIK

Ishni bajarish tartibi. О’pkaning tiriklik sig’imini о’lchash uchun spirometr 
strelkasini nolga tо’g’rilab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va 
odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi. 
Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, о’pkadan chiqarilgan 
havoning о’rtacha miqdori topiladi. Masalan, spirometrga 6 marta nafas chiqarish 
natijasida strelka 3000 ml. ni kо’rsatsa, u vaqtda о’rtacha nafas chiqarish havosining 
miqdori 3000:6=500 ml ga teng bо’ladi. 



Qо’shimcha havo miqdorini aniqlash uchun kichik silindrni yuqoriga kо’tarib, 
uning strelkasi ma’lum raqamga tо’g’rilanadi. Keyin normal nafas olib (nafas 
chiqarmasdan) tezda spirometr naychasini og’izga tutib, spirometrdan chuqur nafas 
olinadi. Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, ma’lum bir raqam rо’parasida 
tо’xtaydi. Shu yо’l bilan о’pkaga qancha qо’shimcha havo kirganligi aniqlanadi. 
Masalan, chuqur nafas olguncha strelka 3000 ml ni, nafas olingandan keyin 1500 ml 
ni kо’rsatsa, bu vaqtda о’pkaga kirgan havo miqdori 3000—1500=1500 ml ga teng 
bо’ladi. 
Rezerv havo miqdorini aniqlash uchun spirometr strelkasini nolga qо’yib, 
oddiy nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib,rezina naycha 
orqali spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi. Bu vaqtda strelka kо’rsatgan raqam 
rezerv havo miqdorini bildiradi.
Nafas olish, qо’shimcha va rezerv havo miqdorini 4-jadvalga yozib, 
о’pkaning tiriklik sig’imi topiladi. 
О’pkaning tiriklik sig’imini о’lchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga 
kuch bilan nafas chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi tо’xtagan joydagi raqam 
о’pkaning tiriklik sig’imini ifodalaydi. 
О’pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlashuchun mumkin qadar chuqur nafas 
chiqariladi, sо’ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan xaltadan bir necha marta 
nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi. Bunda xaltadagi 
vodorodning bir qismi о’pkaga о’tadi, shu vodorod miqdori о’pkadagi qoldiqhavo 
miqdorini kо’rsatadi. Masalan, xaltada 4000 ml vodorod bо’lsin. Bu xaltadan bir 
necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi о’zgarmaydi, chunki qancha vodorod 
olinsa, shuncha havo о’pkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning 
tarkibi о’zgaradi. Agar xaltada 3000 ml vodorod va о’pkadan kirgan 1000 ml havo 
bо’lsa, u vaqtda 1000 ml vodorodga 330 ml о’pka havosi tо’g’ri keladi. Bunday 
vaqtda о’pkaga о’tgan 1000 ml vodorodga 330 ml havo tо’g’ri keladi. Shunday qilib, 
о’pkadagi qoldiqhavo miqdori: 1000+330=1330ml bо’ladi. 




Download 338.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling