14
2-AMALIY MASHG’ULOT:
Orqa miya reflekslarini o’rganish.
Nerv hujayrasi va uning о’simtalari, ya’ni neyron yuksak darajada rivojlangan
organizmlar nerv tо’qimasining asosiy struktura birligi hisoblanadi.
Neyronlar
tuzilishi va funksiyasiga kо’ra asosan 3 tipga bо’linadi:
1) Impulsni retseptorlardan markaziy asab tizimiga о’tkazuvchi
afferent,
ya’ni sezuvchi neyronlar;
2) Impulsni harakatlanayotgan a’zoga, ya’ni effektorga о’tkazuvchi efferent,
ya’ni harakatlantirish neyronlari;
3) Qо’zg’alishni, bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga о’tkazuvchi
oraliq neyronlardan tuzilgan.
Ichki va tashqi ta’sirga organizmning markaziy
nerv sistemasi orqali
beradigan javobi refleks deb ataladi. Refleks organizmning tevarak-atrof muxit bilan
aniq, nozik bog’lanishi va organizm ichidagi protsesslarni boshqarish xamda nazorat
qilish reaksiyasi bо’lib, uning biologik ahamiyati ana shunda.
Markaziy nerv sistemasining barcha bо’limlari, xatto bosh miya yarim sharlari
xam refleks prinsipi asosida ishlaydi. Refleks xosil bо’lishida qо’zg’alish о’tadigan
yо’l refleks yoyi deb ataladi. Ta’sirga javob berish refleks yoyidagi turli qismlarning
ketma-ket qо’zg’alishidan iborat.
Refleks yoyi sxemasi 5 ta turli zvenolardan tuzilgan.
15
5-rasm. Refleks yoyi sxemasi
Yuqoridagi zvenolardan birortasi anatomik yoki
fiziologik jihatdan buzilsa,
refleks hosil bо’lmaydi
.
Ish uchun zarur asbob va reaktivlar: Ilmoqli shtativ,
preparat tayyorlash
uchun asboblar, paxta , ilmoq, NS1 kislotaning 0,5 va 1% li eritmasi, 1% li novokain,
suv, baqa.
Do'stlaringiz bilan baham: