1-Amaliyot ishi Intellektual boshqarish tizimlarini yaratishninig matematik asoslari Tayanch iboralar
Download 199.49 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot IBN
2-misol. Aytaylik, avtomobildagi nosozliklarni qidirishga mo`ljallangan tashxislovchi ET uchun quyidagi boshlang`ich ma’lumotlar berilgan:
Avtomobil 4 ta nosozlikka ega bo`lishi mumkin: - – akkumlyator batereyasi nosoz; - – yoqilg`i kelmayapti; - – o`t oldirish “nam tortgan”; - – o`t oldirgich(svecha)lar moylangan; Nosozlik simptomlari quyidagilar hisoblanadi: - – chiroqlar yonmayapti; - – yoqilg`i ko`rsatkichi nolda; - – avtomobil o`t olmayapti; - – startyor to`xtab-to`xtab qolayapti; - – dvigatel yaxshi ishlamayapti, “paqillayapti”; Aprior ehtimollar qiymatlari: Nosozliklarda simptomlarning paydo bo`lish shartli ehtimollari qiymatlari 9.1-jadvalda keltirilgan. 9.1-jadvalda “+” belgi bilan ehtimollar, “-“ belgi bilan ehtimollar belgilangan. 2.1-jadval.
simptomlarning ushbu “Chiroqlar yongan” – “Yoqilg`i ko`rsatkichi nolda” – “Startyor to`xtab-to`xtab qolayapti” – “Avtomobil o`t olayapti” – “Dvigatel paqqilayapti” ketma-ketligi uchun yuqorida bayon etilgan algoritmni qo`llab, ET quyidagi hulosaga keladi: “O`t oldirgichni quriting, svechalarni tekshiring”. simptomlarning boshqacha, ya’ni “Chiroqlar yonmayapti” – “Avtomobil o`t olmayapti” – “Startyor to`xtab-to`xtab qolayapti” – “Yoqilg`i ko`rsatkichi nolda emas” – “Dvigatel paqillamayapti” ketma-ketligi uchun ET quyidagi hulosaga keladi: “Akkumulyator batereyasini almashtiring”. Agar “Chiroqlar yongan”, “Yoqilg`i ko`rsatkichi nolda emas”, “Avtomobil o`t olamyapti”, “Startyor to`xtab-to`xtab qolayapti”, “Dvigatel paqillamayapti” simptomlari uchun ET, tabiiyki, “Benzin quying” kabi taklifni beradi. Faoliyatlarning turli sohalarida tashxislovchi ETlarning keng tarqalishi bir qator xossalarni aniqlab beradi. Birinchidan, algoritmlarda “Rost” qiymatlar qo`llanilganda aprior va shartli ehtimollarning yaqinliklarini ta’minlash imkoniyati. Qoidaga ko`ra, avtomobilsozlikda ustalarning boy tajribalaridan kelib chiqib, o`tkazilgan kuzatishlarining statistik ma’lumotlarini qayta ishlash natijasida hulosalar shakllantirilgan bo`ladi. Ikkinchidan, algoritmning shakllantirilgan ishlash qadamlariga asosan ETning oraliq va yakuniy xulosalari tabiiy tilga yaqinlashtirilgan holatda foydalanuvchi va tizim o`rtasidagi muloqotning nisbatan soddaligi ta’minlanadi, barcha takliflar oson izohlanadi. Uchinchidan, ETning tushuntiruvchi takliflari – nosozliklarni tashxis qilishda oraliq natijalari foydalanuvchiga (qoidaga ko`ra, so`rovlar orqali) qulay qaror qabul qilish va ko`p hollarda ularni amalga oshirishni osonlashtiradi. Shuningdek, foydalanuvchining joriy tajribasini doimo hisobga olib boradi va predmet sohasining bilimlar bazasida sodda to`g`rilanishlarni amalga oshiradi. Download 199.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling