1-Amaliyot ishi Intellektual boshqarish tizimlarini yaratishninig matematik asoslari Tayanch iboralar


Download 199.49 Kb.
bet1/6
Sana02.04.2023
Hajmi199.49 Kb.
#1319168
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot IBN


1-Amaliyot ishi
Intellektual boshqarish tizimlarini yaratishninig matematik asoslari
Tayanch iboralar: Evristik qoidalar, lingvistik o`zgaruvchi, ehtimollik qiymat, statistik yechim, Bayes ehtimolligi, Bayes teoremasi, shartli ehtimollik, ehtimolli simptom, aposteriorli ehtimol, aprior, tashxislovchi ET, IF , THEN, STOCK, INT, ehtimolliklar jadvali
  1. Evristik qoidalar


Evristik qoidalar - ekspert tomonidan shakllantirilgan qoidalardir.
Ko`plab evristik qoidalar asosida faqatgina ekspert hisoblay oladigan, ya’ni ekspert o`z muammoli sohasidagi farazlarni asoslay oladigan ma’lum hodisalarni yuzaga kelish ehtimolligi yotadi. Haqiqatda esa bu qandaydir farazlarni qilish imkoniyatini beradigan statistik ma’lumotlar mavjudligini anglatadi. Bemorni kuzatish asosida vrach tomonidan qo`yiladigan tashxis bunga misol bo`lishi mumkin. Ko`p hollarda vrach tajribasi bemorning kasalligini yuqori aniqlik bilan aniqlash imkonini beradi. Albatta vrach xato qilishi ehtimoli mavjud, shuning uchun odatda boshqa tashxislar ham qaraladi.
Har doim ham hodisalarni aniq qoidalar bilan tavsiflash mumkin emas. Insonlar savollarga doim ham to`ri javob bera olmaydilar.
Agar inson sal kasalman desa, uning haroratining qandayligini bilib bo`ladimi? Albatta yo`q!
“Yuqori”, “issiq” va “yengil”, “ko`tarildi” yoki “tushdi” kabi so`zlar lingvistik o`zgaruvchilar bo`lib, ularni bitta qiymat bilan aniqlab bo`lmaydi. Qoidalarni tuzishda bu tushunchalardan foydalanish qat’iymas mantiq deb ataladi.
“Tushadi” tushunchasi ham lingvistik o`zgaruvchi bo`lib, fond birjasini tavsiflovchi qoidalarda ishlatiladi. Lingvistik o`zgaruvchilardan foydalangan holda, foydalanuvchiga ortiqcha savollarni bermasdan, ba’zi ehtimolliklarning qiymatlarini hisoblash mumkin. Buning uchun lingvistik o`zgaruvchilarning qiymatlarini aniqlashtirish lozim.
Bayes biror hodisa avval boshqa bir hodisa ro`y berganligi uchun ro`y berishiga bog`liq tasdiqqa asoslanuvchi ehtimollik uslubiyatini ishlab chiqdi. ETlarda Bayes nazariyasiga tayanuvchi statistik yechimlar keng qo`llaniladi.

Download 199.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling