1-Amaliyot ishi Intellektual boshqarish tizimlarini yaratishninig matematik asoslari Tayanch iboralar
Download 199.49 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot IBN
3-misol. Shartli ehtimollikdan foydalanishni fond birjasidagi ET ni tavsiflovchi qoidalar misolida ko`rib chiqamiz:
Step 1: IF foiz qo`yilmalari == tushsa, THEN narx darajasi == ko`tariladi. Step 2: IF foiz qo`yilmalari == ko`tarilsa, THEN narx darajasi== tushadi. Step 3: IF dollar valyuta kursi == tushsa, THEN foiz qo`yilmalari == tushadi. Step 4: IF dollar valyuta kursi == ko`tarilsa, THEN foiz qo`yilmalari == tushadi. Narx darajasining ko`tarilish ehtimolligini aniqlash lozim. Misolning maqsadi aniq vaziyatni tavsiflash bo`lmay, balki masalani yechish yondashuvlarini namoyish etishdir. Teskari fikrlashni qo`llovchi tizimda qoidaning THEN qismida, narx darajasi == ko`tariladi xulosasini izlaydi. Foiz qo`yilmalari == tushadi shartiga 1-qoida to`g`ri keladi. (9.1) shartli ehtimollikdan foydalanib, bu shartlarni baholash mumkin. ni STOCK=ko`tariladi va ni INT=tushadi bilan almashtirsak, u holda quyidagi hosil bo`ladi: P(STOCK=ko`tariladi)= P(STOCK= ko`tariladi/ INT=tushadi)x P(INT=tushadi)+ P(STOCK= ko`tariladi/ INT=tushmaydi)x P(INT=tushmaydi) (9.2) INT o`zgaruvchisiga TUShADI qiymati berilganligini aniqlash uchun 4-qoidaga qaytish lozim IF DOLLAR – KO`TARILADI, THEN INT = TUShADI. 4-qoida (3) tenglamaga keltiriladi P(INT=tushadi)= P(INT= tushadi/ DOLLAR=ko`tariladi)x P(DOLLAR=ko`tariladi)+ P(INT= tushadi/ DOLLAR=ko`tarilmaydi)x P(DOLLAR=ko`tarilmaydi). (2.3) Birorta ham qoidaning THEN qismida DOLLAR o`zgaruvchisi bo`lmaganligi sababli, ya’ni uning ehtimolini hisoblab bo`lmasligi uchun R ga qiymatni foydalanuvchining o`zi kiritadi. Aynan shu sababli shartli ehtimollikka ham qiymat beriladi. P(DOLLAR=ko`tariladi)=0,6 bo`lsin. Ehtimollar nazariyasiga ko`ra biror hodisaning ro`y berish va ro`y bermaslik ehtimolliklari yig`indisi 1 ga teng, demak P(DOLLAR=ko`tarilmaydi)= 1 - P(DOLLAR=ko`tariladi)=1-0,6=0,4. Barcha shartli ehtimolliklarga qiymat beramiz: P(INT= tushadi/ DOLLAR=ko`tariladi)=0,8; P(INT= tushadi/ DOLLAR=ko`tarilmaydi)=0,1. Bu qiymatlarni (2.3) formulaga olib borib qo`yamiz va P(INT=tushadi)=0.8*0.6+0.1*0.4=0.52, P(INT=tushmaydi)=1- P(INT=tushadi)=1-0.52=0.48 hosil qilamiz. P(STOCK=ko`tariladi) ni hisoblash uchun foydalanuvchi tomonidan shartli ehtimolliklarga qiymat beriladi: P(STOCK= ko`tariladi/ INT=tushadi)=0.85, P(STOCK= ko`tariladi/ INT=tushmaydi)=0,1. (2.2) formulaga ko`ra P(STOCK=ko`tariladi)=0,85*0,52+0,1*0,48=0,49 yoki 49%. Barcha ehtimolliklarning qiymatlarini hisoblab, foydalanuvchi uchun birjadagi jarayonni o`rnatish mumkin. Download 199.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling