1-Amaliyot ishi Intellektual boshqarish tizimlarini yaratishninig matematik asoslari Tayanch iboralar
Download 199.49 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot IBN
3. Ehtimolliklar jadvali
Birjada narx darajasini ko`tarilishini baholash uchun ikkita qoidadan foydalanamiz: Step 1: IF INT== tushadi THEN STOCK == ko`tariladi; Step 4: IF DOLLAR = ko`tariladi THEN INT == tushadi. Ularga mos (2.2) va (2.3) shartli ehtimolliklar bajariladi. Bu tenglamalarni yechishda foydalanuvchi va ehtimolliklar jadvalini tuzuvchi ekspert albatta ishtirok etishi lozim. Bu jadvalda foydalanuvchi uchun kerakli bo`lgan tushunchalarning mazmunini aniqlashtirish uchun lozim so`zlar kiritiladi. Mazmunini aniqlashtiruvchi so`zlar bilan bir qatorda lingvistik o`zgaruvchining o`zgarish foizi hamda bu o`zgarish ro`y berish ehtimoli va shartli ehtimoli kiritiladi (2.2- jadval). Faraz qilaylik ekspert dollar kursi 1-ustundagi sonlarga mos ravishda ko`tariladi yoki umuman ko`tarilmaydi deb hisoblansin. Boshqa hech qanday variant umuman yo`q. Demak ekspert ikki hodisa uchun ehtimolliklarni aniqlashi lozim. Birinchi holda, ya’ni dollar ko`tarilganda ehtimollar to`g`ridan-to`g`ri jadvalga kiritiladi. Ikkinchi holda, ya’ni dollar ko`tarilmaganda ekspert foiz qo`yilmalarining tushishi shartli ehtimollarini yozadi: P(INT= tushadi/ DOLLAR=ko`tarilmaydi)=0,07. Foiz qo`yilmalarini saqlash orqali narx darajasining ko`tarilish ehtimolini ekspert P(STOCK= ko`tariladi/ INT=tushadi)=0,2 kabi yozadi. Agar foiz qo`yilmalari tushmasa, u holda bu ehtimollik P(STOCK= ko`tariladi/ INT=tushmaydi)=0,1. 2.2- jadval.
Bu jadvallar ekspert tomonidan tuziladi va to`ldiriladi. Ular bilimlar omborining qismi bo`lib, vaqti-vaqti bilan o`zgartirilib turilishi mumkin. Foiz qo`yilmalari yoki dollar kursi bilan bog`liq ehtimolliklar o`zgargan holda ekspert jadvalga o`zgartirishlar kiritishi lozim. Inson o`rniga jadvalga o`zgarishlarni boshqa ET kiritishi mumkin. 2.3-jadval.
ET foydalanuvchisi birjada narx darajasining ko`tarilish ehtimolini bilmoqchi bo`lganda, tizim unga quyidagi savollarni beradi: Agar dollar kursi: kichik; o`rta; katta bo`lganda natijani hisoblang. Raqamni kiriting - ? 2. Faraz qilaylik foydalanuvchi 2 raqami, ya’ni o`rtani tanladi. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, foydalanuvchi dollar kursini 3-4%ga ko`tarilishini kutmoqda. Yechim uchun kerakli barcha ma’lumotlarni jadvaldan topish mumkin(9.3-jadval). Endi P(STOCK=ko`tariladi)ni hisoblash mumkin. Buning uchun oldingi natijalardan foydalanish lozim bo`ladi (9.4-jadval). 2.4-jadval.
(2.2) tenglamadan narxning ko`tarilish ehtimolini P(STOCK=ko`tariladi)=0,2*0,199+0,1*0,811=0,121 hisoblash mumkin, ya’ni ehtimol 12,1% ga teng. Foydalanuvchi jadvalni tuzish va to`ldirish ishlaridan ozod etiladi, bu murakkab ish bilan ekspert shug`ullanadi. Download 199.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling