1. Amaliyot o`tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish


Download 72.45 Kb.
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi72.45 Kb.
#248985
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HISOBOT

Oldingi tahrirga qarang.

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;



(9-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi;



(9-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)

shartnoma bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi tufayli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararni qoplashi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining o‘z vakolati doirasida qo‘yiladigan talablarini bajarishi shart.

Investorning zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

10-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari

Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi quyidagilarga haqli:

tanlov (tender) savdosining ishtirokchisi bo‘lish;

investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish uchun shartnomalar tuzish;

agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investor oldidagi o‘z majburiyatini bajarishga boshqa shaxslarni jalb etish;

agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya faoliyati obyektining haqiqiy qiymatini pasaytirish natijasida erishilgan tejamni mustaqil ravishda tasarruf etish.

Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

11-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining majburiyatlari

Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi:

qonun hujjatlarida belgilangan normalar, qoidalar va standartlarga rioya etishi;

shartnomalarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarishi;

shartnomani bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi tufayli investorga yetkazilgan zararni qoplashi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining o‘z vakolati doirasida qo‘yilgan talablarini bajarishi shart.

Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda litsenziya olishi shart.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son qarori bilan amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati belgilangan.

Investitsiya faoliyatining ishtirokchisi zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

12-modda. Investitsiya faoliyati subyektlarining o‘zaro munosabatlari

Shartnoma tuzish, sheriklar va kafillarni tanlash, majburiyatlarni belgilash, shuningdek investitsiya faoliyati subyektlari o‘zaro munosabatlarining boshqa shartlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

13-modda. Investitsiya faoliyatida narx belgilash

Investitsiya faoliyati jarayonida mahsulot (ishlar, xizmatlar) bahosi, qoida tariqasida, tanlov (tender) savdosi natijalariga ko‘ra, kelishilgan narxlarda belgilanadi.



Oldingi tahrirga qarang.

Investitsiya faoliyati subyekti bozorda ustun mavqeni egallagan hollarda narxlarni davlatning vakolatli organi qonunlarga muvofiq tartibga soladi.



Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroruga qarang.

(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)

14-modda. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish

Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

investitsiya faoliyatining qonunchilik negizini takomillashtirish;

soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlarini, soliq stavkalari va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimini qo‘llash;

asosiy fondlarni jadal amortizatsiya qilish;

normalar, qoidalar va standartlarni belgilash;

monopoliyaga qarshi choralarni qo‘llash;

kredit siyosati va narx belgilash siyosatini o‘tkazish;

erga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash;

investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash;

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish.

Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshiriladi.

15-modda. Markazlashtirilgan investitsiyalar

Davlat investitsiya faoliyati doirasida:

davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar mablag‘i hisobidan to‘g‘ridan to‘g‘rimoliyalash yo‘li bilan amalga oshiriladigan investitsiya;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya markazlashtirilgan investitsiya hisoblanadi.

Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish davlat investitsiyalari maqsadlari uchun obyektlarni, investitsiyalash shart-sharoitlarini belgilashdan va ular bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etishdan iborat.

Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

16-modda. Markazlashtirilgan investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish

Markazlashtirilgan investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar davlat organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbolga mo‘ljallangan taxminlari, aniq maqsadga mo‘ljallangan ilmiy-texnik va kompleks davlat dasturlari hamda ana shu investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini aniqlovchi texnik-iqtisodiy asoslar negizida qabul qilinadi.

Umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan aniq maqsadga mo‘ljallangan kompleks davlat dasturlarining loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat budjetidan moliyalanadigan investitsiyalarning hajmlarini tasdiqlaydi.

17-modda. Markazlashtirilgan investitsiyalarni joylashtirish

Markazlashtirilgan investitsiyalarni joylashtirish, qoida tariqasida, davlat kontrakti asosida amalga oshiriladi.

Davlat kontrakti investitsiya faoliyati ishtirokchisini — bajaruvchini tanlov (tender) asosida saralab olish orqali tuziladi. Bunda mazkur bajaruvchi uchun qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar belgilab qo‘yilishi mumkin.

18-modda. O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishtirokchilariga soliqqa oid va boshqa imtiyozlar beriladi. Har bir alohida investitsiya loyihasi bo‘yicha yoki umuman O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi bo‘yicha beriladigan imtiyozlarning aniq ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.


Download 72.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling