1-Amaliyot. Tovarshunoslik fanining predmeti, metodi va vazifalari Reja: “Tovarshunoslik” fanining predmeti, shakllanishi, rivojlanish bosqichlari. Tovarshunoslik fan darajasiga ko‘tarilish davri va xalxaro miqyosda ravnaq topish davri


Tovarshunoslik fani taraqqiyoti davri


Download 20.78 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi20.78 Kb.
#1063785
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliyot

4. Tovarshunoslik fani taraqqiyoti davri. Bu davrda tovarshunoslik fanining nazariyasi shakllandi. Darsliklarda tovarlar texnologiyasi tushunchalariga emas, balki ularning iste’mol qiymatiga ko‘proq e’tibor berildi. 1933 yilda M.S.Brodskiy va G.R.Korek “Tovarshunoslik asoslari”, 1958 yilda N.A.Arxangelskiy “Sanoat mollari tovarshunosligiga muqaddima» nomlari bilan oliy o‘quv yuritlari talabalariga mo‘ljallangan darsliklar yozib, bosmadan chixardilar. 1974 yilda kooperativ institutlarining va 1982 yilda davlat savdosi uchun mutaxassislar tayorlaydigan oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejasiga yangi fan - «Tovarshunoslik, tovarlarni standartlash va sifatini boshxarishning nazariy asoslari” kiritildi.
Klassifikatsiyalash deb, tovarlarni umumiy xususiyatlariga ko‘ra ketma-ket ayrim guruxlarga bo‘lishga aytiladi.


Tovarlarni klassifikatsiyasi yetti prinsipga asoslanadi.
1. Birjihatlik prinsipi. Bunda turkumlashning har bosqichida tovarlar bir xil belgisi bo‘yicha bo‘linadi.
2. Mukummallik va moslashuvlik. Bu prinsip sistemaning tovarlarning mavjud assortimentini to‘liq hamrab olishini va kelgusida qo‘shimcha kiritishga imkoniyat yarata olish qobiliyatga ega bo‘lishini talab qiladi.
3. Iyerarxik prinsip. Bu prinsipga asosan quyi bosqichda turgan tovarlar yuqori bosqichda turgan tovarlar guruxiga bosqichma-bosqich bo‘ysunishi kerak. Tovarlarni turkumlashda doimo iloji boricha iyerarxik prinsipni qo‘llashga harakat qilinadi. Masalan, mebelni ishlab chixarish usuliga qarab duradgorlik, egib tayorlangan va to‘qima guruxiga, konstruksiyasiga qarab to‘siqli va korpusli kichik guruxlarga, elementlarining briktirilishi bo‘yicha shitli va ramkali turlarga, yumshoqligiga qarab yumshoq va qattiq mebel turlariga va komplektliligi bo‘yicha aloqida mebel, garnitur va nabor xillariga bo‘ladilar. Kishilar jinslariga qarab tovarlarni xotin-qizlar va erkaklar turlariga bo‘lib va o‘z navbatida ularning xar birini ishlatish bo‘yicha zargarlik buyumlari, atir, upa-elik tovarlari, qo‘l va cho‘ntak soatlari, metalldan yasalgan attorlik buyumlariga o‘xshash turlarga bo‘lsak faset usulidan foydalangan bo‘lamiz. Bunda tovar guruxlari bir-biriga bir martadan bo‘ysunmasdan, ba’zan bir vaqtning o‘zida bir tovar ikkita guruxga bo‘ysunadi.
4. Universallik prinsipi, ya’ni tartibga solingan tovarlar majmuini iqtisodiyotning hamma sohalarida ishlatish mumkinligi.
5. Ixchamlik prinsipi. Buning uchun tartibga solingan tovarlar majmui qaddan oshiq ko‘p bosqichli bo‘lmasligi kerak. Aks holda uni tahlil qilish va esda saqlash qiyin bo‘ladi.
6. Turkumlanadigan bo‘q’inlarning bir ma’noligi prinsipi, ya’ni har bir bo‘q’in faqat bir ma’noni anglatishi va aniq bo‘lishi lozim.
7. O‘nli sistemasi bo‘yicha kodlashga yaroqlilik prinsipi. Buning uchun turkumlashning xar bosqichidagi bo‘q’inlarning soni o‘ndan oshmasligi kerak.


Download 20.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling