1-Amaliyot. Tovarshunoslik fanining predmeti, metodi va vazifalari Reja: “Tovarshunoslik” fanining predmeti, shakllanishi, rivojlanish bosqichlari. Tovarshunoslik fan darajasiga ko‘tarilish davri va xalxaro miqyosda ravnaq topish davri


Download 20.78 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi20.78 Kb.
#1063785
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliyot


1-Amaliyot. Tovarshunoslik fanining predmeti, metodi va vazifalari

Reja:
1. “Tovarshunoslik” fanining predmeti, shakllanishi, rivojlanish bosqichlari.
2. Tovarshunoslik fan darajasiga ko‘tarilish davri va xalxaro miqyosda ravnaq topish davri.
3. Tovarlarni klassifikatsiyalashtirishning umumiy prinsiplari.
4. Bir jiqatlilik, to‘liq hamrab olish va moslashish prinsipi.
5. Universallik, iyerarxik va faset klassifikatsiyalash usuli.
6. Tovarlarni kodlashtirish.

Tovarshunoslik fani - tovarlar iste’mol qiymatining shakllanishi, sotilishi va ishlatilishi davrida o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi. Tovar deb, sotish uchun mo‘ljallangan meqnat maqsuliga aytiladi. Tovar almashuv va iste’mol qiymatiga ega. Almashuv qiymatni mavhum (abstrakt) meqnat va iste’mol qiymatni muayyan (konkret) meqnat yaratadi.
Tovarshunoslik - kompleks ilmiy fan bo‘lib, uning predmeti iste’mol qiymatiga ega bulgan tovar xisoblanadi.
Iste’mol qiymat deb, tovarlarning muayyan ehtiyojini qondira oladigan ijobiy xususiyatlari va tarkibi hamda tuzilishini ifodalovchi konstruktiv ko‘rsatkichlari negiziga aytiladi.
Tovar faqat iste’mol sohaga o‘tgandagina uning iste’mol kiymati amalga oshadi va o‘z vazifasini bajara boshlaydi. Ishlab chikaruvchi qo‘lida u faqat potensial xolatda bo‘ladi.
Tovarning iste’mol kiymati ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, mahsulotga talab bo‘lmay kolsa, u iste’mol qiymatini, ya’ni tovarlik xususiyatini yo‘qotadi.
Iste’mol xususiyatiga iste’mol davrida namoyon bo‘ladigan xususiyatlar kiradi. Konstruktiv ko‘rsatkichlarga o‘lchash, qajm, quvvat va zichliklar misol bo‘la oladi. Xususiyat deb, material zarrachalarini tashqi muhit bilan o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan xodisaga aytiladi. Tovarlarning iste’mol xususiyatlari ularning sifatini, konstruktiv ko‘rsatkichlari esa ularning assortimentini shakllantiradi.

Istemol quvvat ikki xil bo‘ladi: imkoniyat doirasida (potensial) va xaqiqiy (real) iste’mol qiymat. Imkoniyat doirasidagi iste’mol kiymat (R) tovarni sotib olishda (Ms) va unga xarashga sarf bo‘ladigan mablaqlar (Mk) yiqindisini tovarni ishlatishdan olinadigan iqtisodiy yoki ijtimoiy samaraga (S) nisbatidir: P q SqMsqMk. xaqiqiy iste’mol qiymat (R) imkoniyat doirasidagi iste’mol qiymatning aqolini ta’minlangan darajasiga (D) nisbatidir: R q PqD. Aqolining ta’minlangan darajasi ularning xaqiqiy ta’minlanganligi (T) oqilona maqomdagi (ratsional) iste’mol miqdoriga (O) nisbatidir: D q TqO. R - o‘zgarmas va R - o‘zgaruvchan ko‘rsatkichdir. Tovarshunoslikning tadqiqot uslubi tajriba va kuzatuvga asoslanadi.


Tovarshunoslik fani vazifasiga, tovarlarni iste’mol xususiyatlarini, sifat va baxosini belgilovchi omillarni urganish, perspektiv tovarlarni ilmiy klassifikatsiyasini ishlab chikish, tovarlar asortimentini shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganish va uni boshqarish kabi masalalar kiradi.
Tovarshunoslik fani o‘ziga yaqin fanlar bilan uzviy bog‘liq ravishda rivojlanadi. Bular fizika, kimyo, matematika, mikrobiologiya, bioximiya, psixologiya, estetika.
Tovar xaqidagi tushuncha - tovar ishlab chixarish davrida vujudga kelgan. Tovar ishlab chixarish esa quldorlik davrida, eramizdan taxminan III asr avval qunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqishi natijasida maydonga kelgan.

Tovarshunoslik fani tarixini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:

1. Tovar haqidagi tushunchaning paydo bo‘lish davri. Bu davr eramizdan avvalgi III asrdan boshlanadi. hunarmand, dehqon, chorvador va boshqa qullar quldorlar uchun mahsulot ishlab chiqarganlar. quldorlar esa bozorda tovar sifatida sotganlar. Shu davrdan boshlab quldorlar bozordan ko‘proq manfaatdor bo‘lish uchun tovarlar iste’mol qiymatini o‘rganishga xarakat qilishgan. U vaqtda fan va texnika taraqqiy etmaganligi sababli ularning tovarlari chuqur o‘rganishlari uchun sharoit bo‘lmagan. Shuning uchun quldorlar va keyinchalik feodallar, kapitalistlar ham tovarlarning assortimentinigina o‘rganganlar.

2. Tovarshunoslik ilmining shakllanish davri. Bu davr XVI asr o‘rtalarida birinchi kapitalistik sanoat korxonasi - manifaktura paydo bo‘lishidan boshlanadi.

XVI asrning o‘rtalarida qalq iste’moli tovarlari va ayniqsa dorivor o‘simliklar savdosi jahon bozorida keng rivojlanadi. Olimlar va ziyolilar orasida tovarlar iste’mol qiymatiga qiziqish kuchayadi. Eksport qilinadigan tovarlarni batafsil tekshirish ishlari boshlanadi.
Natijada 1549 yilda Italiyadaga Paduya universiteti qoshida jahon da birinchi tovarshunoslik kafedrasi ochildi. Bu kafedra asosan farmatsevtikada ishlatiladigan o‘simliklar va xayvonot dunosidan olinadigan xom asholar iste’mol qiymatini o‘rganish bilan shuqullanar edi.
Tovarshunoslik ilmiga qiziqish boshqa mamlakatlarda ham boshlanadi. Olimlar o‘z ilmiy tadqiqotlarini kitob sifatida bosib chixara boshlaydilar. Masalan, 1575 yilda Rossiyada rus olimlari tomonidan yozilgan «Savdo kitobi” bosilib chiqdi. Bu kitobda turli mamlakatlardan Rossiyaga keltirilgan mum, asal, yog‘, buqdoy va kanop tola singari tovarlarning iste’mol qiymati qisqacha tavsiflab berilgan edi.
1756 yilda Leypsigda falsafa professori K.G. Ludovitsi “To‘liq savdo sistemasi asoslari” degan kitobida tovarshunoslik fanining mavzui va mazmunini ta’riflab berishga birinchi marta o‘rinib ko‘rdi. Uning fikricha, tovarshunoslik fani tovarlarning turkumlanishini, ishlab chixarishi texnologiyasini, sifatini va narxni aniqlash, saqlash, ishlatish va remont qilish usullarini, tovarlarni sotish va sotib olish yo‘llarini o‘rganishi kerak. Shu davrda ko‘p mamlakatlarda savdo bilim yurtlari ochilib, ularda tinglovchilarga ishlab chixarish va savdo sirlarini o‘rgatish boshlangan edi. Shulardan biri 1772 yilda Moskvada ochilgan.

3. Tovarshunoslikning fan darajasiga ko‘tarilish davri. Bu davr XVIII asr oxirlarida sanoatning keskin burilishidan boshlangan. Bu davrda yigirish va to‘qish dastgoqlari, buq dvigatellari va boshqa uskunalar ixtiro qilinishi bilan avval Angliya, so‘ngra AqSh, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar manufaktura ishlab chixarish usulidan mashina sanoatiga o‘tadilar.


Bu davrda savdo-sotiq ishlari yanada rivojlangani tufayli tovarshunoslik ilmiga e’tibor oshadi. Ko‘p mamlakatlarning universitetlarida tovarshunoslik kafedralari ochilib, ulardagi ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlari asosida oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar yuzaga kela boshlaydi. Shu darsliklardan birinchisi - «Tovarshunoslikning muqaddimasi” nomi bilan 1793 yilda professor Iogann Bekmann tomonidan yozilgan.
Rossiyada tovarshunoslikdan birinchi darslik qozon va Moskva universitetlari professori M.Ya.Kittari tomonidan 1860 yilda yoziladi. Bu darslikning nomi «Tovarshunoslikning umumiy kursi» bo‘lib, 1810 yilda Moskvada ochilgan savdo-sotiq amaliy akademiyasi tinglovchilariga mo‘ljallangan edi. Unda M.Ya.Kittari tovarshunoslik fanining mavzui, mazmuni va tovarlarning turkumlanishi singari nazariy masalalarni ilk bor isqor qiladi. U mamlakatimizda ilmiy tovarshunoslikning asoschisi hisoblanadi.
Savdo-sotiq taraqqiyoti keyinchalik maxsus institutlar ochilishi va ularda oliy ma’lumotli tovarshunoslar tayorlanishini taqozo etadi. 1907 yilda Moskvada tijorat va 1912 yilda Kiyevda savdo-sotiq institutlari ochildi.
Bu davrda yozilgan tovarshunoslik kitoblarida tovarlarning ishlab chixarish texnologiyasiga ko‘proq e’tibor berilib, ularda tovar sifati va assortimentini boshxarish, sotish va iste’mol qilish yoki ishlatish paytida parvarish qilish kabi masalalar umuman ko‘rib chiqilmagan.


Download 20.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling