1-Amaliyot. Tovarshunoslik fanining predmeti, metodi va vazifalari Reja: “Tovarshunoslik” fanining predmeti, shakllanishi, rivojlanish bosqichlari. Tovarshunoslik fan darajasiga ko‘tarilish davri va xalxaro miqyosda ravnaq topish davri
Hozirgi vaqtda to‘rt xil tasnif tizimlari amalda qo‘llanilmoqda
Download 20.78 Kb.
|
1-amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- EAN sistemasini 2 xil kodi keng ishlatiladi. Bular 13 razradli va 8 razradli kodlardir.
Hozirgi vaqtda to‘rt xil tasnif tizimlari amalda qo‘llanilmoqda:
1. Preyskurantlar asosida tasniflash. Oziq-ovqat tovarlari 16 ta nooziq-ovqat tovarlari 87 preyskurantda joylashgan. 2. Chakana savdo tovar aylanishida hisobga olinadigan tovarlar tasnifi. Bu tizim bo‘yicha tovarlar harakati oziq-ovqat tovarlari 35 ta nooziq-ovqat tovarlari 52 guruxga bo‘lingan holda o‘rganiladi. 3. Savdo tasnifi. Bu tizimda savdo korxonalari ochishda va o‘quv dasturlari tuzishda amal qilingan holda oziq-ovqat tovarlari 9 va nooziq-ovqat tovarlari 27 guruxga bo‘lingan. 4. Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mintaqalararo sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tasnifi. Bu tizim bo‘yicha oziq-ovqat tovarlari to‘rt va nooziq-ovqat tovarlari ishlab chixarish-texnik tovarlari bilan birgalikda 31 turkumda joylashgan. Tovarshunoslikda va savdoda tovarlar ularni xossalariga, sifat ko‘rsatgichlariga va boshqalariga qarab bo‘lingan. Tovarshunoslik rivojlangan sari tovarlar sinflarga, guruxlarga va boshqa kategoriyalarga biriktirish takomillasha boradi. Tovarlarni klassifikatsiyalash tovar aylanishda, talabnomalar tuzishda, preyskurantlar tuzishda, omborxonalarda tovarlarni taqsimotida ishlatiladi. Qabul kilingan klassifikatsiyaga asosan tovarlar xisobga olinadi, xisobot beriladi va realizatsiya kilinadi. Tovarlarni kodlash va klassifikatsiyalash uz navbatida elektron xisoblash mashinalarini qo‘llashni talab kiladi. Nooziq-ovqat tovarlarini pog’onalash asosiga ularni sinflarga bo‘lish olingan bulib, bular yo‘nalishi, boshlanqich materiali, ishlab-chikarish usuli, konstruksiyasini asosi, jinsi va yoshiga qarab, fasliy xususiyatiga qarab, mahsulot turiga, razmer ko‘rsatgichlariga, fasoni, bezagi va boshqalariga qarab olingan. Yunalishi - ishlatilishiga qarab - mebel, kiyim, oyog‘ kiyim va boshqalar. Mebel o‘z navbatida maishiy, umumiy, va xonalar uchun mebellarga bo‘linadi. Boshlanqich materialiga qarab - plastmassadan, shishadan, sopoldan, metalldan tayorlangan tovarlarga bo‘linadi. Gazlamalar - ipdan va jundan; shisha tovarlari xrustall va navli shishadan; ishlab-chikarilgan usuliga qarab - trikotaj, to‘qilgan; konstruksiyasi buyicha - kir yuvish mashinalari, - avtomatik va yarim avtomatik; xolodilnik - kompressorli va absorbsion. Fasliy, razmer, fason va shuncha o‘xshash ko‘rsatkichlar quyi klassifikatsiyalarda ishlatiladi. Bir xil - ayrim tovarlar spetsifik kursatgichlari buyicha bulinadi: Misol - musika tovarlari torli, klavishli, urib chalinadigan. Parfumeriyada xidi buyicha gulni qidini eslatuvchi, fantaziyali tovarlarga bo‘linadi. Tovarlar iyerarxik va faset sistemasi buyicha klassifikatsiya kilinadi. Iyerarxik sistema klassifikatsiyasida ma’lum qoidalarga rioya kilish kerak buladi. Xar bir bosqichda tovarlar bitta yoki ayrim belgilari buyicha klassifikatsiya qilinadi. Klassifikatsiyalash asosan xamma tovarlar uchun umumiy bulgan kursatgich buyicha olib boriladi. Faset sistemada tovarlar parallel qolatda bo‘linib, ularni ko‘rsatgichlari bir-biriga bogliq bo‘lmaydi. Bu bo‘linish juda moslashuvchan va oddiy bo‘lib, ko‘pchilik qolatlarda savdo amaliyotida qo‘llaniladi. Нayotda ko‘pincha ikkala-iyerarxik va faset bo‘linishlar aralash xolda ishlatiladi. Nooziq-ovqat tovarlarini kodlash. Tovarlarga bir necha rahamdan iborat bo‘lgan shartli belgi berish jarayoniga kodlash deb aytiladi. Kelgusida hamma tovarlarga artikullar o‘rniga o‘n rahamli kodlar beriladi. Tovarlarning turkumlanish tartibiga asosan kodlash 9 bosqichdan iborat. Birinchi bosqich ikkita raham bilan, qolganlari bittadan raham bilan ifodalanadi. Kodlashning dastlabki beshta bosqichi turkumlash qismi va qolganlari esa assortiment qismi deyiladi. Tovarning barcha sifat va morfologik (konstruktiv) ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga hamrab olgan kodlar ishlab chixarilgach elektron hisoblash mashinalari yordamida qanday xususiyatga ega tovarlar tez yoki sekin sotilishini yil davomida o‘rganishga imkoniyat yaratiladi. Bu ma’lumotlar sanoatga shartnomalarni ilmiy ravishda tuzishga sharoit yaratib beradi. Elektr hisoblash mashinalari yordamida tovarlarning sotilish tezligini o‘rganish uchun ularning yorliqlariga koddagi rahamlar mayda chiziq (shtrix) shaklida ko‘chiriladi. Yorliqda koddan tashxari tovarning do‘konga kelgan kuni va sotilgan kuni ko‘rsatiladi. Tovarlarni shtrixli kodlashtirish fikri dastlab 1930 yili AKShning Garvard biznes maktabida vujudga kelgan bo‘lib, amalga 60-yillardan boshlab qo‘llanila boshlandi. AKSh temir yulchilari shtrix kodlar yordamida vagonlarni identifikatsiya qilar edilar. Shtrixli kodlarni tovarlarda keng ko‘lamda qo‘llash 70-yillardan boshlandi bunga mikroprotsessorli texnikani rivojlanishi kuchli turtki berdi. Universal tovar kodi AKShda 1973 yilda kabul kilindi. Kodlashtirishni Yevropa sistemasi 1977 yilda qabul qilingan bo‘lib, hozirgi paytda Yevropadan tashxaridagi mamlakatlarda xam qo‘llaniladi. EAN sistemasini 2 xil kodi keng ishlatiladi. Bular 13 razradli va 8 razradli kodlardir. Eng ingichka shtrix kod birligi deb kabul kilingan. Koddagi xar bir raham ( yeki razrad) ikkita shtrixdan tashkil topgan buladi. Ishlab chikarish sohasida, ombor operatsiyalarida va sotishda xisobga olish operatsiyalarini samaradorligini oshiradi. Iste’mol resurslarini tahlil kilish imkoniyatini yaratadi. Tovar xarakati va mahsulot ayriboshlash xakida to‘liq axborot olishni sistemalashtiradi. Boshxaruv va nazorat organlariga tezlik bilan axborot berish imkoniyatini yaratadi. Download 20.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling