Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash
Download 1.51 Mb.
|
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash
- Bu sahifa navigatsiya:
- POYABZAL MAHSULOTLARINI KIMYOVIY TARKIBI VA ULARNI SINFLASH Reja
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI Z.M.BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO YOʻNALISHI TOVARLAR KIMYOSI FANIDAN USLUBIY QOʻLLANMA Mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash Tuzuvchilar: Nosirjonova O. Muqimjonova M. Anvarjonova M. Rahbar: Kirgizov Sh. POYABZAL MAHSULOTLARINI KIMYOVIY TARKIBI VA ULARNI SINFLASH Reja: KIRISH ASOSIY QISM 1. Poyabzal materiallar turlari 2. Charm poyabzallar 3. Rezina poyabzallari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash fani kimyo fanlar tizmida yangi fandir. Bu fan birinchi marta professorlar I.R.Asqarov va T.T.Risqiyev tomonidan taklif etilgan va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi OAK maqullagach O’zbekiston Fan va texnika Davlat qo’mitasining 1997-yil 15-iyundagi 14-sonli qarori asosida 02.00.22-shifr bilan dunyo kimyo fanlar qatoridan joy olgan. Ushbu yangi ixtisoslik bo’yicha ilmiy tekshirish ishlariga texnika va kimyo fanlari bo’yicha nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalari hamda katta ilmiy hodim, dotsent, professor ilmiy unvonlari beriladi. Xalqaro tashqi savdo faoliyatida tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va ularga UT ga xos kod raqami bеrilishining xalqaro amaliyotda qo’llanilishi ayrim xususiyatlarga ega. Uyg’unlashgan tizimning yaratilishi uzoq tarixga ega bo’lib, buni barcha bojxona xodimlari va TIF ishtirokchilari bilishlari zarur. XIX asr o’rtalarida sanoat, Fan va tеxnikani rivojlanishi natijasida tashqi savdo ham rivojlandi.Tovarlarning xalqaro savdodagi xarakati ortib bordi, natijada turli-tuman tovarlar bojxona nazoratini amalga oshirishda bir qator muammolar paydo bo’ldi. Bu tashqi savdo bilan shug’ullanuvchi mamlakatlar oldiga, bojxona maqsadlari uchun tovarni tartibga kеltirish, ularni nomlash va tovarlar nomеnklaturasini ishlab chiqish zarurligini ko’rsatdi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, tarixan qisqa vaqt davomida mamlakatda barcha sohalarda juda katta ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ham jahon miqyosida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish borasida ma`lum darajada ishlar amalga oshirildi. 1994 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistondan chetga eksport qilinadigan va chetdan import qilinadigan barcha tovarlarga xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qo‘llaniladigan Bojxona yuk bayonnomalari (BYUB) to‘ldiriladigan bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda O‘zbekistonda barcha tovarlar uchun BYUBni joriy etilish orqali tovar ayrboshlashda to‘la davlat nazoratiga olindi, bu esa rivojlangan davlatlar tajribasidan ma`lumki mamlakatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishida alohida ahamiyatga egadir. Bojxona yuk bayonnomasida alohida bandda ekspert yoki import qilinayotgan tovarning xalqaro kod raqamlari ko‘rsatiladi. Butun dunyo Bojxona tashkil otida tovarlarni xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qo‘llaniladigan kod raqamlarini taxlil qilib o‘rganib boruvchi ekspertlar guruhi doimiy faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu ekspertlar guruhi dunyodagi yetakchi olimlardan va tajribali mutaxssislardan tarkib topgan bo‘lib, ular xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan va barcha davlatlar uchun majburiy tarzda tadbiq etiladigan “Uyg‘unlashgan tizim” (UT) va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi (TIF TN) ni takominlashtirish muammolari bilan shug‘ullanadilar. Poyabzal — oyoq kiyimi. Oyoqni issiq, sovuq, nam, loy, chang va shikastlanishdan saqlaydi. Ibtidoiy odamlarni tabiat noqulayliklari (issiq-sovuq, yomgʻir-qor, chang-toʻzon, tikanak kirishi, chagʻir tosh botishi, ilonchayon chaqishi va boshqalar) oyoqlarini biron-bir narsa bilan himoya qilishga majbur qilgan. Ular qayerda (issiq yoki sovuq oʻlkalarda, seryogʻin yoki qurgʻoqchil joylarda, pasttekisliklar va togʻli joylarda) yashashlariga qarab, yalang oyoq yurishgan, chipta kavush, choriq, yogʻoch, kigiz, charm yoki moʻyna poyabzal kiyishgan. Ularni toʻqish, yoʻnish va tikish usullari asta-sekin takomillashtirilib borilgan. Masalan, ilgari Oʻrta Osiyo xalqlari, asosan, etik, maxsi, kavush kiyishgan. Poyabzal, asosan, qoʻlda tikilgan. Keyinchalik (19-asr oʻrtalaridan), botinka, tufli, sandal, shippak, piyma, kalish, sport poyabzallari, tibbiy, harbiy va maxsus ish poyabzallari kiyish rasm boʻldi. Erkaklar poyabzali — mardona, ayollar poyabzali zaifona, bolalar poyabzali — bachkana deb atalgan. Hozir poyabzali tikishga oid deyarli barcha jarayonlar mexanizatsiyalashtirilgan, lekin qoʻlda tikish usullari ham saqlanib qolgan. Poyabzal asosan, satx (yuza) va tag-charmdan iborat. Satx boʻlaklari ipli chok bilan biriktirilsa, tanovar (charm, gazlama, sunʼiy charm zagotovka) hosil boʻladi. Tagcharmga charm, rezina, plastmassacharm, yogʻoch ishlatiladi. Tagcharm boʻlaklari poshna, patak, naboyka va boshqa shaklda qoʻdda (tigʻ bilan) yoki maxsus presslarda kesiladi. Sunʼiy charm boʻlaklari poyabzal korxonasiga tayyor holda keltiriladi. Poyabzal tikish texnologiyasi: materialni bichish, boʻlaklarni biriktirishga tayyorlash.tanovorni tikish va biriktirish, unga shakl berish, tagcharmni satxga biriktirish va tayyor poyabzalni pardozlash, tanovorni qolipga tortish va patak biriktirish (mixlab, yelimlab va ipli chok bilan) ishlari maxsus mashinalarda bajariladi. Tagcharmni tanovorga biriktirishning mexanik, rantli, sandal, yarim sandal, yelimlash va boshqa usullari bor. Poyabzal mustahkamligi va tashqi koʻrinishi koʻp jihatdan biriktirish sifatiga bogʻliq. Tanovorga tagcharm biriktirilgandan soʻng mahkamlash mashinasida poshna qoqiladi. Poyabzalga zarur shakl berish uchun ishlatiladigan moslama (press) qolip deb ataladi. Qolip, asosan, old va orqa qismlardan iborat. Tanovorni qolipga tortish paytida bu qismlarni bir-biriga yaqinlashtirib va bir-biridan uzoqlashtirib, zarur oʻlchamga keltirish mumkish. Qolip yogʻoch, metall yoki plastmassadan yasaladi. Tayyor poyabzalni pardozlash ishlari ham, asosan, maxsus mashinalarda bajariladi. Ayrim ishlargina qoʻlda qilinadi. Umuman, poyabzal tikishda 120 ga yaqin mashina va moslamalar qoʻllaniladi. Poyabzal oʻlchami (nomeri) patakning shtixlar (1 shtix — 2/3 kiyem), santimetrlar yoki dyuymlarda oʻlchanadigan uzunligini bildiradi. Oʻzbekistonda, asosan, san-timetrli sistema qoʻllaniladi. Poyabzal oʻlchamlari boʻyicha (santimetrlarda oʻlchanganda) chaqaloqlarga (7 — 14), bogʻcha yoshidagilarga (14,5—17,5), bolalarga (18—25), ayollarga (22—28), erkaklarga (25,5—31,5) moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda Poyabzal tikish hunarmandchilikning muhim turi boʻlib, uni qoʻlda tikish hozir ham keng koʻlamda saqlanib qolgan. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling