Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash


Download 1.51 Mb.
bet5/12
Sana18.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1708908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash

Sintetik charmlar. Sintetik charmlar poliefiruretan asosidagi yuqori molekulali moddalarning dispersiyasi yoki eritmasi bilan yuzasi qoplangan sintetik tolali noto'qima materiallar asosida tayyorlanadi. Ular tashqi ko'rinishi hamda tuzilishi bo'yicha tabiiy charmlarga juda yaqin. Sintetik charmlar tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari bo'yicha uch turdagi charmlarga ajratiladi: gazlama armaturali uch va bir qatlamli sintetik charmlar.
Uch qatlamli sintetik charmlar — SK.-2 (Rossiya), korfam (AQSH), bareks (Chexoslovakiya), patora va xaytellak (Yaponiya) hamda boshqalar bir-biridan tola tarkibi, asos turi, poliuretan kompozitsiyasining tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasining o'ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Ikki qatlamli sintetik charmlar — SK-8 (Rossiya), ksile (Germaniya), klarino, eykas, kordley (Yaponiya), kolaten va kollavel (Chexoslovakiya), jentra (AQSH) va boshqalar ham asosan, materiallar asosi bo'yicha ajralib turadi. Bir qatlamli sintetik charmlar — porveyr (Angliya) asossiz bo'lib, poliuretan kompozitsiyasi qoplangan plyonkadan iborat.
Poyabzallarning tagi uchun ishlatiladigan sun’iy materiallarga rezinali plastinalar (ko'proq shulardan kesilgan yoki qoliplangan tag qismlari — tagcharmlar, poshnalar, poshnali tagcharmlar), kartonlar, rantlar uchun sun’iy charmlar va plastmassalar kiradi.
Tagcharm rezinasi tabiiy yoki sintetik kauchuklar, oltingugurt va foydali qo'shimchalardan vulkanizatsiya qilish yo'li bilan olinadi. Oltingugurt vulkanizatsiya qiluvchi modda hisoblanadi, chunki u kauchuk bilan o'zaro reaksiyaga kirishish natijasida rezina hosil bo’ladi.

6-rasm. Tagcharm rezinasi

Rezinalar tuzilishi bo'yicha g'ovakli, g'ovaksiz. tola bilan lo'ldirilgan turlar: turli rangda bo'ladi. Poyabzallarning tagcharmi uchun rezinalar tarkibi va tuzilishi bo'yicha quyidagilarga ajratiladi: odatdagi g'ovaksiz, g'ovakli. charmga o'xshash g'ovakli va g'ovaksiz (to'Idiruvchisiz, tolali to'ldiruvchi), transparent rezinasi va stironip.


G'ovaksiz rezinalar ko'proq tagcharmni mix va yelimlash usuli bilan mahkamlashda hamda poyabzallarning qoliplangan qismlarini tayyorlashda ishlatiladi. G'ovakli rezinalar g'ovaksizlariga nisbatan kamroq zichlikka ega va poyabzallarning tag qismlari tayyorlashda keng qo'llaniladi.
Maxsus va ishlab chiqarishda ishlatiladigan poyabzallarda foydalaniladigan (sovuq, moy-neft, kislota, ishqor, ko'p takrorlanadigan dcformatsiyalarga chidamli) rezinalar bilan bir qatorda, hozirgi vaqtda issiq poyabzallarning tagcharmi uchun qatlamli rezina plastinalari yaratilgan. Bunday tagcharmlar issiq saqlash xususiyatidan tashqari. yuqori darajada yeyilmasligi bilan ham ajralib turadi.
Charmga o'xshash rezinalar qalinligi, qattiqligi, elastik va plastik xususiyatlari bo'yicha tabiiy charmlarga o'xshash, lekin yeyilishga chidamliligi bilan farq qiladi. Ular tag qismi yelimlash usuli bilan olinadigan poyabzallar uchun ishlatiladi. Quyidagi charmga o'xshash rezinalar g'ovakli tuzilishga ega: kojvolon (yuqori mexanik ko'rsatkichlarga ega), damit (termik barqaror kojvolon), voloknit, vulkanit (barchasiga tolali to'ldirgichlar qo'llanilgan).
Transparent rezinasi — egiluvchan tiniq material, tarkibida ko'proq tabiiy kauchuk bo'ladi. Aralashmaga tabiiy kauchuk, transparent sintetik izopren (ski) qo'shilsa stironip rezinasi olinadi. Ulardan chuqur taram-taram (riflyonniye) qilingan egiluvehan tagcharmlar (sport poyabzallari) tayyorlash uchun foydalaniladi.
Poyabzal kartonlari patak, to'shama patak, gelyonok va boshqa qismlar tayyorlashda ishlatiladi. Kartonlar tayyorlashda xomashyo sifatida lateks yoki bitum-kanifol bilan yelimlanadigan charm va o'simlik tolalari qo'llaniladi. Kartonlar tarkibi bo'yicha quyidagilarga bo'linadi: patakbop (selluloza tolasidan), charm karton (charm va selluloza tolasidan), patakli sun’iy poluval hamda kojmatol (charm tolasidan), tekson (selluloza aralashmasi va lateksdan), kapron (lateks bilan shimdirilgan kollagen hamda sintetik tolalardan). Ishlatilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo'linadi: patak (C), dastak (3), to'shama patak (P), gelyonok (GL) va platforma uchun (PL).

7-rasm. Poyabzal kartonlari (patak)


Plastmassalar tagcharmlar tayyorlashda ishlatiladi. Jumladan. polivinilxloriddan yeyilishga chidamli, egiluvchan, lekin sovuqqa chidamsiz, poliuretandan yeyilishga va egilishga chidamli, nisbatan yengil, shaklini saqlovchi tagcharmlar hamda kapron va polietilendan poshnalar, poshnatagi (poliamiddan) tayyorlanadi.
Poyabzallar uchun ko'plab to‘qimachilik materiallari (gazlamalar, trikotaj, noto'qima xolstlar va to‘qima-attorlik buyumlari) ham ishlatiladi. Bularning har biri tola tarkibi, tuzilishi va pardozi bo'yicha bo'linadi. Jumladan, tola tarkibi boʻyicha paxta, zig'ir, jun, ipak hamda qurama, foydalanishi bo‘yicha poyabzallar ustki qismi detallarining tashqi bo'laklari (atlas, ikki qatlamli kirza, ragojka, drap, sukno, zamsha, vertyolkali trikotaj matosi, noto'qima materiallar), astarlar (tiksarja, diagonal, tik-lastik, bayka, sun’iy mo'yna va boshq.) va oraliq qismlari (kord-bumazey, bo‘z va xom mitkallar) boladi.



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling