Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash


ASOSIY QISM 1. Poyabzal materiallar turlari


Download 1.51 Mb.
bet2/12
Sana18.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1708908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash

ASOSIY QISM
1. Poyabzal materiallar turlari
Poyabzal ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyolar o'zlarining muhimligi bo'yicha asosiy va yordamchi materiallarga bo'linadi. Asosiy materiallardan poyabzallarning tashqi, ichki va oraliq qismlarini tayyorlashda foydalaniladi. Bular labiiy, sun’iy, sintetik charmlar va mo'ynalar, to'qimachilik materiallari, plasimassalar, yog'och hamda kartonlardir. Yordamchi materialllar poyabzallarni pardozlash, bezash va qismlarini bir-biri bilan birlashtirish uchun qo'llaniladi. Ularga iplar, mixlar, burama mixlar, yclimlar, hoshiyali tasmalar, bo'yoqlar, poyabzallar uchun ashyolar kiradi.
Tabiiy charmlar. Charm ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo sifatida qoramol, qo‘y, echki, ot lerilari ishlatiladi. Uncha ko'p bo'lmagan holda bug'u, tuya va yovvoyi hayvonlar hamda dengiz hayvonlarining terilaridan ham foydalaniladi. Hayvon tanasidan shilib olingan teri nam (issiq) holatda bo'lib, u mikroorganizm ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. Shuning uchun terilarni saqlash va tashish paytida chirishdan saqlash uchun ko'proq nam tuz sepish, muzlatish, quritish va boshqa usullar yordamida konservatsiyalanadi.
Charm olishda terilar asosiy xomashyo hisoblanadi. Ular poyabzal va boshqa buyumlar ishlab chiqarish uchun qo'llaniladi. Charm ishlab chiqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat: tayyorlov, oshlash va pardozlash.

1-rasm. Charm material
Tayyorlov operatsiyasi. Hayvon terisidan derma (asosiy charm hosil qiluvchi qatlam)ni ajratish va uni oshlashga tayyorlash maqsadida o'tkaziladi. Barcha turdagi charm ishlab chiqarishda konservatsiyalangan xomashyolar ivitiladi, ya’ni teri qon qoldiqlari va iflosliklardan tozalanib, nam holatiga keltiriladi.
Epidermis va jun tolasi piyozchasini bo'shashtirish maqsadida, avvalo, ohakli suvda oshlanadi, ya’ni epidermis bilan jun qoplami qiriladi. Natijada, olingan yarim mahsulot xom teri deb ataladi. Pitryog‘dan tozalash, ya’ni teri osti yog‘ hujayralarini olib (mezdra) tashlash. Ohak suvidan tozalash esa oshlashga xalaqit beruvchi xom teridagi ishqorni yo'qotish va terini haddan tashqari shishib ketishdan saqlash maqsadida o'tkaziladi. So'ngra ortiqcha qalinlikdagi xom terilar arralash yo‘li bilan ikki qatlamga ajratiladi: yuqori yuza qatlam (barcha maydoni bo'yicha bir xil qalinlikka ega bo'ladi) va pastki xom terming astari qalinligi bo'yicha har xil. Xom terini ishqoriy shishishdan tushirish uchun unga sho'r reaksiya berib teri pikellanadi, ya’ni dermaning tolali tuzilishini yumshatuvchi kislota — tuzli eritma bilan ishlov berib oshlashga tayyorlash operatsiyalari o'tkaziladi.
Oshlash jarayonida xom teriga oshlovchi moddalar bilan ishlov beriladi, natijada, xom terining xususiyatlari yaxshilanadi va u charmga aylanadi. Hosil bo'lgan charm nam va yuqori haroratga hamda mikroorganizmlar va kimyoviy moddalar ta’siriga chidamli, kerakli g'ovaklik, egiluvchanlik hamda elastiklikka cga bo'ladi. Oshlovchi moddalar sifatida ma’danli moddalar (xromning suvda eruvchi tuzlari, alumin, titan, sirkoniy birikmalari), o‘simlik moddalari (ekstraktlar, ya’ni dub, tol qobiqlari, archa, qarag'ay va boshqa daraxt hamda o'simliklardan olinadigan tannidlar) hamda sintetik birikmalar (sintanlar) ishlatiladi. Undan tashqari, terini oshlash uchun dengiz hayvonlarining yog'laridan ham foydalaniladi. Oshlash uslubining nomi oshlash uchun ishlatiladigan moddalar nomidan kelib chiqadi (xromli, sirkoniyli, titanli, aluminli, yog'li, o'simlik moddali va boshq.).
Xromli oshlashda pikellangan xom teriga 7—10 sek. davomida uch valentli xrom tuzlari bilan ishlov beriladi. Natijada, olingan charm yumshoq, elastik, yeyilishga, yuqori haroratga chidamli, havo va bug’ o‘tkazuvchan hamda kesimi kul-havorangli bo'ladi. Shunga qaramasdan namning ta’sirida tez ho‘llanadi, natijada, mustahkamligi pasayadi va sirpanchiq bo‘lib qoladi. Xromli oshlangan charmlar poyabzal yuzasi tanavorining qismlari, astari hamda kiyim-kechak va attorlik buyumlari uchun ishlatiladi.
Qurama (kombinatsiyalangan) oshlash usulida bir vaqtda yoki ma’lum ketma-ketlikda kelib chiqishi bo'yicha har xil bo'lgan (noorganik, o'simlik, sintetik va ma’danli) oshlovchi moddalar qo‘llaniladi. Bu yo'l bilan olingan charmlar bir xil oshlovchi moddalar asosida olinganlariga nisbatan ko'plab xususiyatlari bo'yicha farq qiladi. Ular yeyilishga yuqori darajada chidamli, mustahkam, gigrotermik barqaror, qalin, zich, to'q yoki jigarrang, tola tuzilishlari to'lishgan, nam, issiq, mexanik va kimyoviy ta’sirlarga kuchli bo'ladi. Qurama oshlashga xromtannidli, xromsirkoniysintanli, xromluminsintanli, titansirkoniysintanli va boshqa uslublar kiradi. Bu uslublarda olingan charmlarning aksariyati poyabzallarning tagcharmi va kamrog'i yuza qismi uchun ishlatiladi.
Yog'li oshlashda xom terilar dengiz hayvonlarining (tulen va baliq jigari) to'yinmagan yog'lari bilan oshlanadi. Bu usuldan yovvoyi echki, bug'll bolalari, qo'zi va it terilaridan zamsha olishda foydalaniladi.
Aluminli oshlash qo'y, yovvoyi echki, oz miqdorda it terilaridan “layka” turdagi qo'lqop charmlari olishda qo'llaniladi. Charm ishlab chiqarish sanoatida, asosan, alumin achchiqtoshlari va aluminli sulfat ishlatiladi. Bu usulda olingan charmlar cho'ziluvchan va plastik bo'ladi, lekin ular suvga chidamsiz, namlanganda shishadi, quriganda esa qattiqlashadi.
Formaldegidli oshlash eng qadimgi usullardan biridir. Bu usulda olingan charmlar oq rangli, ter va ishqorga chidamli bo'lib, suvda tez buzilmaydi. Shuning uchun ular ortopedik buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Oshlashdan keyingi pardozlash operatsiyalari fizik-kimyoviy jarayonlar va mexanik operatsiyalarning yig'indisi bo'lib, charmga kerakli estetik talablarga mos chiroyli tashqi ko'rinish berish va fizikmcxanik xususiyatlar ato etishdan iboratdir. Oshlashdan keyingi operatsiyalarga bog'lanmagan oshlovchi moddalarni ketkazish uchun yuvish, siqish va randalash kiradi. Poyabzallarning ustki qismi uchun ishlatiladigan xromli charmlar tag qismi uchun qo'llaniladigan charmlarga nisbatan ko'proq pardozlanadi.
Poyabzallarning ustki qismi uchun ishlatiladigan charmlarni pardozlash jarayonida barabanlarda ranglash, yumshoqligi, plastikligi va suvga chidamliligini oshirish uchun yog'lash, g'ijimlangan joylar, buklam hamda qatlamlarni yozish uchun orasini ochish, yumshoqlik berish, elastikligini oshirish maqsadida mashinalarda tortish kabi operatsiyalar o'tkaziladi. So'ngra charmlar kerakli rang, yaltiroqlik beruvchi va yuza qatlamining mayda nuqsonlarini berkitadigan kazein, nitroselluloza, poliuretan, akril yoki lokli qoplamalar bilan bo'yaladi (appretlanadi), ya’ni ohorlanadi. Olingan materiallar yaltiratiladi (loshcheniye), ya’ni qoplama bo'yoq tebranuvchi roliklar yordamida eziladi, natijada, charmning yuza qismi yaltiroq bo'lib qoladi. So'ng charmlarni zichlash maqsadida taxtakachlanadi (presslanadi), kerak bo'lsa, sun’iy gul mereya bosiladi.
Poyabzallarning tag qismi uchun ishlatiladigan charmlarni pardozlashda randalash, bo'yash, tortish, ohorlash va yaltiratish operatsiyalari o'tkazilmaydi. Bunda taxtakachlash operatsiyasi namlanishni kamaytiruvchi chigirlash (prokatka) bilan almashliriladi.
Charinlarning tirnalishini yo'qotish, yeyilish hamda suvga chi damliligini oshirish uchun ular sintetik smola, lateks va boshqa moddalar bilan to"Idiriladi (impregnirovaniye).

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling