Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash


Download 1.51 Mb.
bet6/12
Sana18.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1708908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash

2. Charm poyabzallar
Charm poyabzallari ishlab chiqarish jarayoni ularning assortiment! va sifatini belgilashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi operatsiyalardan iborat: modellarini loyihalash, materiallarni bichish, tikish va poyabzalni so‘nggi pardozlash. Poyabzallar assortiment ini ishlab chiqish va yangilash loyihalash davrida, sifatini shakllantirish esa ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
Poyabzallarni loyihalash (modellashtirish va konstruksiyalash) ularning modeli, ishchi chizmasi va qismlar andozasini ishlab chiqishdan iborat. Poyabzal materiallari ushbu model, ishchi chizmalar va andozalar boʻyicha bichiladi.

8-rasm. Poyabzallarni loyihalash jarayoni
Poyabzal modellari ishlab chiqarish laboratoriyalarida rassommodelyerlari tomonidan tayyorlanadi. Rassom bo'lajak poyabzalning andoza nusxasini yaratadi. Charm poyabzallarning asosiy belgilari ularning o'lchami va to‘laligi hisoblanadi. Metrik raqamlash tizimi bo'yicha poyabzalning o‘lchami oyoq kaftining mm. dagi uzunligini tavsiflaydi. Bir o'lchamdagi patakning uzunligi oyoq kaftining uzunligidan katta bo'lishi kerak (oyoqning poyabzal ichida erkin harakati uchun). Chegaradosh o'lchamli poyabzallarning uzunligi bo'yicha oralig'i bulg'orli va maxsus poyabzal lardan tashqari (bular iK'hun 7,5 mm) barcha poyabzallarda 5 mm. ga teng. Poyabzalning lo'laligi uning ichki shakli (panjalar va to'g'ri do'ng joyi bo'yicha) va iz tomonining (panja va tovonidan) eni aylanasi hilan tavsillanadi. Panjalarning aylanasi bo'yicha chcgaradosh to'lalikning o'zaro oralig'i, 6 X mm. ga teng. Charm poyabzallar to'qqizta (I 9) to'lalikka bo'linadi, lekin amalda faqat 1 -6 to'lalik oralig'ida ishlab chiqariladi; ayollar, erkaklar va bolalar poyabzallari uchun to'lalik soni birdan uchtagacha.
Charm materiallarini bichish ularni o'lchami va xususiyatlarining bir xilligi bo'yicha ishlab chiqarish partiyalariga ajratilgandan so'ng amalga oshiriladi. Poyabzallarning yuza va tag qismiga ishlatiladigan (abiiy charmlar qoliplari presslarda maxsus metall qoliplar (keskichrczak) yordamida; sun’iy charmlarva to'qimachilik materiallari qavatqavat to'shalib, tasma pichoqli elektr mashinalari bilan bichiladi. Poyabzallarning sifati qoliplarning joylanishiga bog'liq. Shuning uchun qismlarning cho'z.iIishi poyabzalning uzunasiga minimal bo'lishi kerak. Png muhim qismlar charmlarning cheprak qismidan bichiladi.
Poyabzal qismlari ularning qayerda joylanishiga qarab, ustki va tag qismiga bo'linadi. Har biri tashqi, ichki (astar qismlari) hamda oraliq qismlariga ajratiladi. Poyabzallar tag qismining muhim tashqi detallariga tagcharm, kapaki (podmyotka), rant, poshna tagi; ichki qismlariga — asosiy hamda qo'shimcha patak yoki yarim patak va (ovontagi; oralig'iga — gelyonka, oraliq patagi hamda platforma kiradi.
Poyabzallarni tikish jarayoni bichilgan qismlariga oldindan ishlov berish (yaxshiroq egish uchun qismlar chekkasini yupqalatish, tagcharmni silliqlash, rantli uslubda mahkamlanadigan poyabzalda patak labini shakllantirish va boshq.), ustki tanavorlarning to'plangan qismlarini birlashtirish yo'li bilan yig'ish va poyabzal modeli bo'yicha bezak berish, qolipga ustki qismining yig'ilgan tanavorini tortish yo'li bilan ustki qismi shaklini berish va tag qismi detallarini lanavorga yopishtirish kabi operatsiyalardan iborat.
Poyabzallar tagini mahkamlash uslublari mahkamlaydigan material luriga qarab burama mixli, yelimli (yelimlash, issiq vulkanizatsiyalash va quyma), ipli (tikish, sandal, doppel, rantli va rantli tikilgan, parko, og'darma, yonbosh), qurama (rantli-yelimlash, doppelli-yelimlash, tikish-yelimlash) va boshqa uslublarga bo'linadi.
Tag qismini mahkamlashdagi mixlash, burama mixli va tikish uslublari, asosan, og‘ir ishchi va sport poyabzallari tayyorlashcki foydalaniladi.
Yelimlash usuli keng tarqalgan bo'lib, tagcharm yelim orqali tanavorning tortilish chekkasiga biriktiriladi. So'ngra poyabzal ma’lum vaqt maxsus taxtakash tagida qolipda ushlab turiladi.
Issiq vulkanizatsiya usulida tayyor rezinali tagcharm o’rniga xom rezina aralashmasi qo‘llaniladi. Aralashma taxtakachda tagcharm shakliga kiradi, vulkanizatsiyalanadi va poyabzalning ustki qismiga mahkamlanadi. Bu usulda olingan poyabzalning tagcharmida taxtakach shaklining izi qoladi. Bu usulda har xil xromli va to'qimachilik materiallaridan qilingan poyabzallar tayyorlanadi.
Sandal usuli ko'proq sandallar tayyorlashda qo‘llaniladi. Bunday poyabzallarda patak va ustki qismining astari bo'lmaydi.
Doppelli usul sandal usulidan deyarli farq qilmaydi, lekin poyabzalning astari bo'ladi. Bu usul bilan yozgi yarim botinkalar (sandalet), bolalar yarim botinkalari va botinkalar tayyorlanadi.
Rantli usul ipli mahkamlashning keng tarqalgan turlaridan biri. Mahkamlashda asosiy element charmdan qilingan tasma — rant hisoblanadi. Rant tanavorning uchi bilan patakning labiga (guba), so'ngra rantning bo‘sh chekkasiga ip bilan tagcharm tikiladi. Natijada, egiluvchan va mustahkam biriktirilgan poyabzal olinadi. Bunda patak to‘g‘ridan-to‘g‘ri teshib tikilmaydi, natijada, biriktiruvchi material oyoqdan chiqqan terdan saqlaydi.
Ipli usullarga yana rantli-tikish, parko, ag‘darma va boshqalar kiradi.
Qurama uslubi ikki asosiy usulning birgalikda ishlatilishidan iborat. Masalan, rantli-yelimlash, yelimli tikish va boshqalar. Bunda poyabzalning tagcharmi ikki qavat bo'ladi.
Poyabzallarni so'nggi pardozlash ularga yaxshi tashqi ko'rinish berish va mayda nuqsonlarini tuzatish uchun amalga oshiriladi. Tag qismi pardoziga frezerlash va yonboshlarini silliqlash, tagcharm chekkalarini bo'yash va sayqallash jarayonlari kiradi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling