1. Amerika Qo‘shma Shtatlari qishloq xo‘jaligi Kanada qishloq xo’jaligi


Evropaning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi


Download 56 Kb.
bet3/6
Sana07.04.2023
Hajmi56 Kb.
#1336743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-МАВЗУ 160420222523

3.Evropaning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi:
3.1Buyuk Britaniya qishloq xo‘jaligi
Buyuk Britaniya katta sakkizlik davlatlari tarkibiga kiradi. Mamlakat Britaniya orolida joylashgan. Hududi 244,1 ming km2. Buyuk Britaniya yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakatdir. Garchi qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotda ikkinchi darajada bo‘lsa ham, yuksak darajada taraqqiy etganligi bilan ajralib turadi. Buyuk Britaniya agrar tuzumi uchun yirik zamindorlar - lendlordlar xarakterlidir. Xo‘jalikni lendlordlarning o‘zlari yuritmaydilar, balki erni fermerlarga ijaraga beradilar va qishloq xo‘jaligi bilan aloqasi bo‘lmagan turli korxonalarga kapital quyadilar.
Buyuk Britaniya qishloq xo‘jaligida asosiy qishloq xo’jaligi sub’ektlari fermer xo’jaliklari hisoblanadi. Fermerlarning 50 foizi erni ijaraga olishadi. Qolganlari esa asosan mayda va o‘rta hol fermerlardir. Har bir fermer o‘rtacha 50 gektardan ortiq er maydoniga ega. Lekin jami fermerlarning yarmidan ko‘prog‘i 2-20 gektar er maydonida ish yuritadi.
Fermer xo‘jaliklari zamonaviy mashinalar bilan qurollangan bo‘lib, yollanma mehnatdan keng foydalanishadi. Tabiiy yaylovlar va pichanzorlarga boy qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i chorvachilikdir. U qishloq xo‘jaligida jami daromadining 70 foizini beradi.
Buyuk Britaniyada qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun belgilanadigan baho tizimining bir me’yorda amal qilishini ta’minlash davlat tomonidan kafolatlanadi. Buyuk Britaniyada dehqonchilik tarmog‘i mahsulotlari yalpi mahsulotning 30 foizini tashkil etadi. SHundan 8 foizi meva-sabzavot, 5,4 foizi kartoshka, 9,5 foiz don mahsulotlari, 2,5 foizi qand lavlagi mahsulotlaridir.
Qishloq xo’jaligida asosan,bug’doy, tariq, qand lavlagi, arpa etishtiriladi. Chorvachilikda esa qoramol, qo’y, cho’chqa, parranda boqiladi.Baliq ovlashda Yevropa mamlakatlari orasida Norvegiya ,daniya,Ispaniyadan keyinda turadi.
Mamlakatda mehnat unumdorligining yuksak darajada bo‘lishi va to‘xtovsiz o‘sishi ta’minlanmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish ishlarini yirik kompaniyalar zimmasidadir. Ular mahsulotlarga o‘zlari narx belgilaydilar. Fermerlar sotilgan g‘allaning atigi 20 foizga ega bo‘ladilar.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i chorvachilikdir. Qishloq xo‘jaligida ishlayotgan har 100 ga erga qariyib 70 bosh qoramol to‘g‘ri keladi. CHorva mollari dehqonchilik mahsulotlari hamda sut chiqindilari bo‘lgan xo‘jaliklarda ko‘proq boqiladi. Qo‘ylar 25 mln. boshni tashkil etadi.

Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling