1. Amerika Qo‘shma Shtatlari qishloq xo‘jaligi Kanada qishloq xo’jaligi
Download 56 Kb.
|
6-МАВЗУ 160420222523
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2.Germaniya Federativ Respublikasi qishloq xo‘jaligi 3.3.Frantsiya qishloq xo‘jaligi 1.Amerika Qo‘shma Shtatlari qishloq xo‘jaligi.
6-Mavzu:Rivojlangan mamlakatlarida qishloq xo‘jaligining o‘rni va rivojlanish xususiyatlari Reja: 1.Amerika Qo‘shma Shtatlari qishloq xo‘jaligi 2. Kanada qishloq xo’jaligi 3.Evropaning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi: 3.1.Buyuk Britaniya qishloq xo‘jaligi 3.2.Germaniya Federativ Respublikasi qishloq xo‘jaligi 3.3.Frantsiya qishloq xo‘jaligi 1.Amerika Qo‘shma Shtatlari qishloq xo‘jaligi. Amerika Qo‘shma SHtatlari SHimoliy Amerika qit’asida joylashgan bo‘lib, eng yirik kapitalistik mamlakat jahon imperializm tizimsining markazi va tayanchidir. Hududi 95189 ming km2,aholisi 331 427 186 nafarni tashkil etadi. (2019й 4 июнь).Qishloq xo‘jaligi yuksak tovarliligi, texnika bilan a’lo darajada qurollanganligi, tor ixtisoslanganligi, yollanma mehnatdan keng foydalanishi bilan ajralib turadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish jarayonida yuqori darajadagi kontsentratsiya joriy etilgan. Agar makkajo’ri doni 48 shtatda, moshning 50 foizi, asosan 5 shtatida etishitiriladi. Bug‘doy ning 72 foizi asosan 6 shtatida etishitiriladi, kartoshkaning 50 foizi, asosan Aydoxa va Vashington shtatlarida etishtiriladi. Fermerlar tomonidan etishitirilgan mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish uchun (500 mln.tonna), 25 ming referejerator vagonlari, 140 ming avtoreferejerator xizmat qiladi. Maxsus avtomobillardan bittasi 80 bosh qoramol, 260 bosh cho‘chqa va 6 ming bosh parrandani tashib o‘tish imkoniga ega. Kaliforniya shtati mamlakat pomidor mahsulotlarining 90 foizini etishtiradi. Texas shtati mamlakatda mol go‘shtini etishitirish bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi. Unda 226 qushxona, 76 ta go‘sht kombinati mavjud. AQSHda meva, sabzavot, poliz, kartoshka, go‘sht, tuxum kabi qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini sanitariya- gigiena talablari darajasida saqlash uchun ombor va muzxonalar etib ortadi. AQSH har yili qiymati 140-150 mlrd dollar bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qiladi, undan 45 mln tonnasi makkajo‘xori doni, 38 mln tonnasi bug‘doy, 20 mln tonnasini loviya tashkil etadi. AQSHning oziq-ovqat majmui yuqori darajada rivojlangan marketing xizmatiga ega. Marketing tizimiga haq to‘lash, o‘ramlash (qadoqlash), mahsulotni tayyorlash va transport harajatlari, yonilg‘i va elektrenergiya sarfi, amortizatsiya ajratmalari, reklama uchun ketgan harajatlar, asosiy fondlarni sotib olish va ularni ta’mirlash harajatlari kiradi. AQSH oziq-ovqat majmuida mamlakatdagi mehnat resurlarining 12 foizi band, shundan iqtisodiy faol aholining 1 foizi qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritadi. Oziq-ovqat modeli 3 sohadan iborat: 1-soha qishloq xo‘jaligi uchun mehnat vositalarini yaratuvchi, 2-soha qishloq xo‘jaligi, 3-soha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va sotishdan iborat.. AQSHda fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi uzoq davom etgan murakkab jarayondir. Oilaviy fermer xo‘jaliklari asosan a’zolardan tashkil topgan. Ular ayrim hollardagina yollanma mehnat resurslarini jalb etadilar. Qishloq xo‘jaligida fermerlar hajmi ular tomonidan bir yilda etishtirilgan mahsulotni realizatsiya etish hajmi bilan belgilanadi. Parrandachilik, go‘sht, sut, bug‘doy etishtirish kabi tarmoqlar sanoat negiziga ko‘chirilgan. Qishloq xo‘jaligining sanoatlashtirilishi, ishlab chiqarish kuchlarining sanoat darajasiga ko‘tarilishi shunga olib keldiki, qishloq xo‘jaligi endilikda o‘z mustaqilligini yo‘qotdi va tarmoqlar majmuining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. U agrobiznes, agrosanoat majmui nomini oldi. Mexanizatsiyaning yuksak darajada ekanligi fan yutuqlaridan keng foydalanish va tor doirada ixtisoslashishni taqozo etadi. Mamlakatda yer fondining katta qismi xususiy mulkdorlarga, qolgan yerlar davlatga tegishli yerlar hisoblanadi. Xususiy yer egaligining 62 foizini fermer yerlari tashkil etadi. AQShda fermerlarning 60 foizi to'liq yer egalari qolganlari esa qisman mulkdorlar yoki ijarachilar hisoblanadi. AQSH qishloq xo'jaligi uchun harakterli hususiyatlaridan biri tarmoqda chorvachilik sohasining ulushi yuqori, ya'ni 52 foizni tashkil etadi. Mamlakatda yaylovzorlar maydoni 266 mln gektar bo'lib, ularning kattaligiga ko'ra AQSH dunyoda Xitoydan keyinda 2-chi o'rinda turadi. Ayniqsa yaylovlar markaziy tekislikning ichki qismlarida va preriyalarida keng maydonni egallaydi. Mamlakatning Ayova shtati yer fondi tarkibida yaylovzorlar 90 foizni tashkil etadi. AQShning g'arbiy tog'li shtatlarida 90 foiz fermerlarning yerlarini yaylovzorlar tashkil etadi. AQSH donli ekinlar yalpi hosili bo'yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Bu yerda bug'doy va makkajo'xori,sholi,oq jo'xori yetishtiriladi. Bug'doy Kanada chegaralaridan Buyuk tekisliklar bo'ylab Texas shtatining markaziy qismigacha bo'lgan yerlarda ekiladi. Makkajo'xori asosan Ayova,Illinoys,Indiana shtatlaridagi preriyaning unumdor tuproqlarida yetishtiriladi. Ayova shtati makkajo'xori yalpi hosili bo'yicha AQShda birinchi o'rinni egallaydi. AQShda paxta janubda, shakarqamish Meksika qo'ltig'i va Gavayi orolida, tamaki Virginiya va Kentukki shtatlarida yetishtiriladi. Buyuk tekisliklar janubiy qismida go'sht qoramolchiligi, mamlakatning janubi-sharqida parrandachilik sohalari rivojlangan. AQShning bug'doy, makkajo'xori, soya, paxta yetishtiruvchi rayonlarida ixtisoslashgan sut chorvachiligi rivojlantirilgan. Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling