1. Amerika Qo‘shma Shtatlari qishloq xo‘jaligi Kanada qishloq xo’jaligi


Download 56 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2023
Hajmi56 Kb.
#1336743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-МАВЗУ 160420222523

3.3.Frantsiya qishloq xo‘jaligi
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan er mamlakat hududining uchdan ikki qismini egallagan. Foydalanilayotgan erlarning 17 mln gektarini haydalaniladigan erlar, 14 mln gektarini yaylov va pichanzorlar, bog‘ va uzumzorlar 2,2 mln gektarini tashkil etadi va qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 43 foizi dehqonchilik , 57 foizini. chorvachilik sohalari beradi.
Frantsiya industrial agrar mamlakat bo‘lib, milliy daromadda qishloq xo‘jaligi ma’lum o‘rinni egallaydi. Unda mamlakat aholisining 5 mln. nafari band. Frantsiya uzum, qand lavlagi, sut va sut mahsulotlari etishtirish bo‘yicha dunyoda oldinggi o‘rinda turadi.
Frantsiyada 2 mingdan ortiq xo‘jalik mavjud. Ularning 1115 tasi 10 gektaridan, 532 mingtasi 10 – 20 gektardan, 375 mingtasi 20 – 30 gektardan, 75 mingtasi 50–100 gektardan, 20 mingtasi 100 gektardan oshiq erga ega xo‘jaliklardir.
Fransiyada qishloq xo'jaligi ko'p tarmoqli xo'jalikdir. Fransiya go'sht,sut tayyorlash,bug'doy, qand lavlagi yetishtirish jihatidan G'arbiy Evropada birinchi o'rinda turadi.
Fransiya uzum vinosi tayyorlash, pishloq navlarining soni jihatidan, shuningdek Atlantika okeanining sayoz qo'ltiqlarida urchitib ko'paytiriladigan ustrisa (yeyiladigan dengiz molyuskalari)larni yig'ish jihatidan dunyoda birinchi o'rinni egallaydi
Chorvachilik-qishloq xo'jaligi tovar mahsulotining 2/3 qismini beradi. Uning yetakchi tarmog'i qoramolchilikdir. Qoramollar mamlakatning Normandiya, Bretan va tog'li rayonlarida ko'p boqiladi.Qo’ychilik Sharqiy Pireney ,Berni,Orlean tekisliklarida birmuncha rivojlangan. Fransiya hayvon yog’i tayyorlash bo’yicha jahonda etakchi o’rin egallaydi. Bundan tashqari mamlakatda cho'chqa, parranda, quyon va kaptar boqiladi.
Dehqonchilik- don ekinlari orasida ekiladigan maydoni va hosili jihatdan bug'doy birinchi o'rinda turadi. Fransiyada bug'doy hosilining ko'p qismini Shimoliy Fransiya beradi. Mamlakatning janubi-g'arbida makkajo'xori, Rona daryosi etagidagi obikor yerlarda sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan-qand lavlagi yetishtiriladi.
Fransiya uzum yetishtirish bo'yicha Italiyadan keyin ikkinchi o'rinda turadi. O'rta dengiz bo'yidagi pasttekisliklarda uzum yetishtiriladi. Ayniqsa mamlakatning Shampan viloyatida mashhur shampan vinolari tayyorlanadi. Janubda Nissa rayonida katta maydonlarga gul ekiladi, bulardan atir-upa fabrikalarida ishlatiladigan essensiya olinadi.

Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling